Bog'liq Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)
Birinchidan , o`zbek xonlikninglari o`zaro mol-dunyo, davlat va yer talashib bir-
birlarining tinka madorlarini shu darajada quritgan edilarki, ular tashqi dushmanga qarshi
birlashib kurashish u yoqda tursin, hatto o`zlarini biror bir darajada himoya qilishga ham
qodir emas edilar. Bu hol Chor ma`murlariga juda qo`l kelar edi.
Ikkinchidan , Chor Rossiyasining harbiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli shuni talab qilar
ediki, rivojlanayotgan rus kapitalistlari uchun yangi-yangi bozorlar, foyda manbalari kerak
edi. Rossiya sanoat korxonalariga esa tabiiy yer osti boyliklari, hom ashyo bazalari; paxta,
ipaq qorako`l, teri va boshqalar zarur edi. 1861-1862 yillardagi fuqarolar urushi tufayli
Amrerikadan keladigan paxtaning kamayib ketishi o`zbek paxtasiga bo`lgan talabni xaddan
tashqari oshirib yubordi.
Uchinchidan , O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus munosabatlarining keskinlashib
borishi Rossiya bosqinining tezlashishiga sabab bo`ldi. Rossiya hukmronlik doiralari XIX
asrning boshidanoq ingliz josuslarining o`zbek xonlikninglaridagi xatti-harakatlarini ziyraklik
va
shubha
bilan
kuzatib
bordilar.
Darhaqiqat
Hindistonni
Angliyaning
mustamlakasigaaylantirgan Ost-Hindiston kompaniyasi oltinga boy, hamda iqtisodiy va
strategik ahamiyati katta bo`lgan Turkiston o`lkasidagi voqealarni anchadan beri diqqat bilan
kuzatib borar va bu o`lkani o`z tasarrufiga olish uchun qulay paytni poylardi. Buni Ost-
Hindiston kompaniyasining O’rta Osiyoga bir necha marta o`z razvedkachilarini
yuborganliklaridan bilsa bo`ladi. Jumladan, 1824 yilda mazkur kompaniya ayg`oqchisi
Murkfort Buxoroda bo`ladi., biroq u qaytish chog`ida yo`lda halok bo`ladi. 1831 yilda
BuxorogaA.Byorns tashrif buyurdi. 1843 yilda 33 yashar kapitan Ebbot Xivaga yuborildi.
O`sha yili Volf Buxoroga kelgan edi. U 1838 yildan buyon Buxoro amiri Nasrulloxon
zindonida saqlanayotgan polkovnik Stoddart bilan mayor Konollini (bular 1842 yili qatl
etilgan) qutqarish niyatida edi.
Ost-Hindiston kompaniyasi Buxoro amirligi va Xiva xonligiga Rossiyaga qarshi
ittifoq tuzishni taklif qiladi va birlashib Rossiya tajovuziga qarshi kurashishni tavsiya etadi.
Lekin bu takliflar amalga oshmaydi. Inglizlarning O’rta Osiyoni bosib olishdan iborat
rejasining amalga oshuviga Hindiston bilan o`zbek xonlikninglari o`rtasida joylashgan
Afg`oniston to`siq bo`ladi. Hatto 1838-1842 yillarda va 1878-1880 yillarda inglizlar bilan
Afg`oniston o`rtasida ikki marta urush ham kelib chiqadi. Ammo inglizlar afg`on xalqining
qarchiligini bostira olmaydilar. O`z milliy mustaqilligi uchun kurashga otlangan xalqni
yengib bo`lmasligini o`sha davr ingliz-afg`on urushlari ochiq-oydin ko`rsatadi. Albatta,
Rossiya hukumati inglizlarning ishtaxasi karnay bo`lib O’rta Osiyoga intilayotganligiga
befarq qaray olmasdi va bu hududlarni tezroq egallash ishtiyoqida yonardi. Chor
Rossiyasining Turkistonni bosib olishi podsho Aleksandr II hukumronligi davrida nihoyatda
tezlashdi. Chor Rossiyasining Turkistonni bosib olishi to’rt bosqichga bo’linadi.