O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Uchinchidan,
O’zbek xonliklari o’rtasida ichki iqtisodiy va savdo birligi shakllanmadi. 
Natijada bu davlatlar hududlarida yashagan xalqlar o’rtasida yagona xalq, yagona millat, 
yagona vatan his-tuyg’usi shakllanmadi. Aksincha, bunday olijanob his tuyg’ularning 
rivojlanishi va kamol topishiga to’sqinlik qilindi. Bu XVIII–XIX o’rtalarida O’rta Osiyoda 
iqtisodiy va siyosiy hayot turg’unligining eng asosiy sabablaridan biri edi. 
To’rtinchidan
, qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik qilishdan iborat ishlab 
chiqarish munosabatlari saqlanib qolinganligidir. Yer barcha boyliklarning manbaidir. Unga 
bo’lgan mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantiruvchi asosiy omil bo’lib 
hisoblanadi. Yevropa va dunyodagi boshqa mamlakatlarda mavjud yerga egalik qilishning 
xususiy mulk shakli qishloq xo’jaligi taraqqiyoti va dastlabki kapital jamg’arish jarayonining 
qudratli vositasi bo’ldi. Osiyoda, jumladan, O’rta Osiyo xonliklarida esa mulk shakllari va 
dehqonchilik shakllari asrlar mobaynida o’zgarmadi, yerga xususiy mulkchilikka asoslangan 
ishlab chiqarish munosabatlari o’zgarishsiz qolaverdi. Yerning asosiy egasi ilgarigidek oliy 
hukmdorligicha qoldi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan bir egasi bo’lib, yer 
ishlovchilarga dehqonlarga ijara tarzida xatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, 
yerdan olinadigan hosilning egasi edi xolos. Shu bois, dehqon yerni asrab-avaylashga, uning 
unumdorligini oshirishga intilmadi. Hukmdor yerni foydalanish uchun mahalliy yer egalari va 
masjidlarga ulashardi. 
Beshinchidan
, xonliklarda sanoat rivojiga e’tibor kuchaymadi. Oltingugurt, rangli 
metallar, marmar, toshko’mir, neft kabi boyliklarga serob konlar bo’lsada, ularni qazib olish, 
tog’-kon ishlarini rivojlantirish, kemasozlikni yo’lga qo’yish masalalari hal qilinmadi. 
Oltinchidan,
tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste’mol va qo’shin 
xarajatlarini zo’rg’a qoplab, kapitalga aylanmadi. Pul, oltin, kumush xon va amaldorlarning 
xazina to’plash manbai bo’lib qolgan edi. 
Yettinchidan
, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom 
etardi. O’rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda yagona ichki bozor ham 
tashkil topmadi. 
Sakkizinchidan
, XIX asr ikkinchi yarmida Vatan istiqboli uchun qayg’uradigan, 
odamlarni bir g’oya va bir ezgu maqsad yo’lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtira 


190 
oladigan yo’lboshchi-sardor bo’lmadi. Buxoro amirligida ham, Qo’qon va Xiva xonliklarida 
ham shunday arbob tarix sahnasiga chiqmadi. Bosqinchilarga ko’ksini qalqon qilib ko’hna 
Turon jangovar shavkatini namoyish qila oladigan va Turkistonni bir umum milliy makon, uy 
deb bilgan yurtboshi topilmadi. 
Xullas, O’rta Osiyodagi yuqorida tavsifilangan omillar, bu yerdagi iqtisodiy va harbiy 
tang holat o’ziga qo’shni bo’lgan mamlakatlarni o’z mustamlakasiga aylantirish siyosatini avj 
oldirayotgan chor Rossiyasi saltanatiga juda ham qo’l keldi. Mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy qoloqlik, parokandalik, o’zaro nizo va urushlar pirovard natijada O’rta Osiyoning 
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishiga olib keldi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish