O ’qu V u sl ubiy m a jmu a


Amirlikning xo’jalik hayoti



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Amirlikning xo’jalik hayoti 
Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 1) davlat yerlari (bu 
amlok
yerlar deb ham atalgan); 2) mulk ― yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. 
Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib 
berilgan bo’lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to’lar edilar. 
Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron 
sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari 
evaziga suyurg’ol shaklida in’om etilgan edi. Suyurg’ol olganlar u yerni boshqarish huquqini 
ham olganlar. Suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lashi hamda oliy hukmdorning 
chaqirig’iga ko’ra o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. 
XVI asrdan boshlab davlat yerlarini «
tanho
» deb nom olgan shaklda in’om etish qaror 
topa borgan. Bunday in’omga sazovor bo’lgan kishi yerga emas, shu yerdan olinadigan 
soliqqa egalik qilgan. XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanholarning soni 12 mingdan 
36 ming nafarga etgan. Eng kichik tanho yeri 3—5 gektarni tashkil etgan. 
Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko’p 
soliq ham ana shu yerlardan tushar edi. 


120 
Xususiy yerlar (mulk) ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo’lib, ularning bu 
yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog’liq bo’lmagan. Bunday yerlar, asosan, 
amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga qarashli yerlar bo’lgan. Bu yerlardan 1/10 
qismi miqdorida o’lpon to’lanardi. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (
mulki hur
yoki 
mulki 
hurri
xolis
) davlat xizmati bilan bog’liq bo’lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ko’rsatgan 
yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko’rsatgan shaxslarga berish 
natijasida vujudga kelgan. Bunday yerga ega bo’lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan 
hamda ular barcha soliqlardan ozod etilganlar. 
Vaqf yerlari ― bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan 
yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya 
etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-
xarajatlari, shuningdek, talaba, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va 
maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli 
tasarrruf etishi belgilab qo’yilgan edi. 
Shohmurod zamonida har bir ziroatchidan 
qo’shpuli
(har qo’sh (48—50 tanob) yerdan 
40 tiyin) olingan. 1807-yili amir Haydarning bir yorlig’ida har tanob yerdan bir tillodan 
tanobona olinishi zarurligi ko’rsatilgan. Agar ekinzor egasi tanobona to’lashdan bosh tortib, 
hosilning uchdan bir qismi mol (xiroj) tariqasida olingan. Ba’zida xiroj hosilning yarmini 
tashkil etgan. 
XV-XVII asrdan zakot solig’i beva-bechoralar, musofirlar foydasiga olingan bo’lsa, 
XVIII asrdan boshlab xazina foydasiga olinadigan bo’ldi. 
Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri hashar yo’li bilan amalga 
oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab 
hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo’lgan. 
O’rta Osiyoda, jumladan, Buxoro davlatida ham qishloq xo’jaligining taqdiri sun’iy
sug’orishning qanchalik to’g’ri hal etilganligiga bog’liq edi. 
Shuning uchun ham XVIII asrda sug’orish tarmoqlarining kengaytirilishiga alohida 
e’tibor berildi. Zarafshon daryosida 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish