O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Davlat boshqaruvi tizimi.
Buxoro amirligida XVIII asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab mang’itlar sulolasining vakillari hukmronlik qiladilar. Sulola hukmronligining 
asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy biroz muddat (1747 yildan keyin) Abdulfayzxonning 
o’g’illariga otaliq bo’lgan bo’lib, 1756 yilda sayidlar, xo’jalar va ruhoniylar tomonidan 
Buxoro taxtiga o’tqaziladi. Rahimbiy xon unvonini olmasdan o’zini “noib ulhukumat” 
(“hokim o’rinbosari”) deb bilgan. Doniyolbiy otaliq ham xonlikka da’vo qilmay avval 


116 
Fozilto’rani, keyin esa Abdulg’oziyni(1758- 1784 yy.) xon deb e’lon qilib, o’zi ularga noib 
hisoblangan. Shohmurod 1785 yilda Buxoroda “amir” unvoni bilan taxtga o’tiradi. Buxoro 
amirligining siyosiy tizimi, idora etish tartib-qoidalari, davlat ramzlari, unvon va mansablar 
haqida ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu tadqiqotlarning tahlillari shuni 
ko’rsatadiki, mang’itlar hukumronligi davrida davlat tizmida jiddiy o’zgarishlar amalga 
oshirilmagan. Bu davrda oliy hukumdor garchi amir unvoni bilan hokimiyatni boshqargan 
bo’lsa-da, Buxoro amirligi ham o’z tizimi, qonun-qoidalari, boshqaruv tartiblari va butun 
mohiyati bilan, o’rta asrlar Movarounnahrdagi musulmon davlatlari, xususan, shayboniylar va 
ashtarxoniylar davlat tizmidan deyarli farq qilmagan. Buxoro amiri Sayyid Olimxon o’zining 
“Buxoro xalqining hasrati tarixi” asarida Buxoro amirligining siyosiy va idoraviy tashkilotlari 
hamda davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar berib, jumladan quyidagilarni yozadi: “Buxoro 
amirlari hukm yuritishlarida – shariat usul va odatlariga rioya qilar edilar. Buxoroning islom 
ulamolari amirni payg’ambar xalifasi-o’rinbosari, usul va shariat himoyachisi deb bilar edi. 
Amirning tirikchiligi butunlay shariatga mos bo’lardi, uni buzish mumkin emas edi. Buxoro 
xonlari butunlay mang’itlarning o’zbek toifasidan bo’lgan. 
Buxoro podshohlarini o’zbek odatlariga ko’ra, to’shakcha ustiga tabarrukona 
o’tqazib, sayyidlar, xo’jalar va mullolar uni yerdan ko’taradilar. Buxoro mamlakati 28 ta 
viloyat (bog’ot)ga bo’linar edi. Eng katta viloyatlarga amirning o’zi hokimlarni tayinlar edi. 
Bu viloyatlarga Nurota, Qorako’l, Boysun, Hisor, Dehnov, Qo’rg’on, Boljuvon, Ko’lob, 
Qubodiyon, Darvoz, Ro’shon, Samarqand, Miyonqol, Farob, Urmeton va Maschohlar kirar 
edi. Valiahdga qarashli mulk Qarshi hisoblanar edi.” Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo’lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat 
ahmiyatiga molik bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,diniy va boshqa masalalar Buxorodagi 
bosh qarorgoh – Arkda ko’rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh hisoblangan Arkda 
amir va uning oilasidan tashqari qo’shbegi, shig’ovul, to’pchiboshi, mirzaboshi kabi saroy 
amaldorlari o’z oilalari va xizmatkorlari bilan yashagan. Zaruratga qarab mamlakat poytaxtida 
amir boshchiligida Davlat Kengashi chaqirilib turilgan.
An’anaga ko’ra, lavozimlariga qarab 5 tadan 20 tagacha amaldorlar a’zo bo’lgan 
ushbu kengashda mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar ko’rib chiqilgan. Ilgarigi 
davrlarda bo’lagani kabi mang’itlar davrida ham davlat boshqaruvi tizimi ikki bo’g’in – 
markaziy va mahalliy boshqaruv tizimidan iborat bo’lgan. Bu tizimlar musulmon davlatlariga 
xos bo’lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega bo’lgan hamda asosan amir, saroy 
amladorlari, o’zbek urug’lari va qabila boshliqlari, ulamolar, harbiy boshliqlardan tashkil 
topgan. Amirlikdagi markaziy hokmiyat amir boshchiligidagi saroy a’yonlari qo’lida bo’lsa, 
mahalliy boshqaruv viloyat noiblari qo’lida edi. Viloyat beklari amir tomonidan asosan 
mang’it urug’i vakillaridan tayinlangan. Amirlikning poytaxti Buxoro va uning atrofidagi 
tumanlar amir tomonidan boshqarilgan. Viloyat beklari nisbatan kichik hududiy bo’linmalar 
amlok mulklar hisoblanib, ularning boshqaruvchilari amaldor deb atalgan. Amirlikning 
ma’muriy tuzilishidagi eng quyi bo’g’in qishloq jamoalari bo’lib, ularni oqsoqollar 
boshqargan. Xullas, Buxoro amirligi rus istilosiga qadar hozirgi O’zbekiston, Tojikiston va 
Turkmaniston respublikalarining katta qismini o’z ichiga olgan O’rta Osiyodagi yirik davlat 
edi. 
Buxoro amirligining davlat boshqaruvi ikki qismdan iborat bo’lgan.Birinchisi, amir 
saroyining xizmati bo’lsa, ikkinchisi bevosita davlat boshqaruvi hisoblangan.Saroyda 
quyidagi aniq vazifalar mavjud bo’lgan: 
Udaychi – ularning vazifasiga doim amirning yonida bo’lish, unga ish yuzasidan 
ma’lumotlar berib turish, shuningdek, Peterburg va Turkiston general-gubernatori qoshidagi 
elchixonalarda alohida topshiriqlarni bajarish kirgan; 
Shig’ovul – shaxsiy adyutantlar; 
Mirzo, munshiy – amirning shaxsiy kotiblari; 
Mirzo- mushrif – amirning ikkinchi darajali kotiblari; 
Mehmonxona amaldori (mehmonxudoy) – amir mehmonxonasi xodimi; 
Devonbegi – daromad, xarajat va xo’jalikni boshqaruvchi mansabdor shaxs; 
Miroxurboshi – otlar, anjom va harakatlanish qismlarini boshqaruvchi shaxs; 
Mirshabboshi – politsiya qismini boshqaruvchi shaxs; 


117 
Jamoat – mehmon kutish va yig’ilishlarda ishtirok etuvchi shaxslar; 
Yurtchi – amirning chiqishlarida oldinga chiqib yo’l ochib boruvchi shaxs; 
Shogird-pesha – amirning maxsus farmonlari bitilgan pochtani yetkazib berish bilan 
shug’ullanganlar va alohida topshiriqlarni bajarib turganlar; 
Sarkarda – qabila boshliqlari, sobiq beklar ham tayinlanganlar, ular Buxoro navkarini 
boshqarganlar; 
Mahramlar – yaqin shaxsiy himoyachilar; 
Farroshboshi, sharbatdor, oftobachi (yuvinish asboblarining mutasaddisi), bakovul-
oshpaz, shabgard (tungi qorovullar) va boshqalar; 
Ma’muriy boshqaruvni maxsus tashkil etilgan quyidagi to’rtta markaziy organ amalga 
oshirgan: davlat devonxonasi, moliya-soliq organi, diniy sud organi va nazorat organi. 
Davlat devonxonasi boshqaruv organi sifatida amaldorlar tarkibini to’ldirish, ularni 
almashtirish, Rossiya siyosiy agenti va mahalliy (joylardagi) amaldorlar bilan yozishmalar 
olib borish, chet el mahsulotlaridan soliq yig’ish ishlarini boshqarish bilan shug’ullangan. 
Devonxonani mamlakatning bosh vaziri Qo’shbegi boshqargan. Amir mamlakatda 
bo’lmagan paytlarda davlat boshqaruvi uning qo’lida bo’lgan. Ikkinchi boshqaruv moliya-
soliq organi bo’lib, ma’muriy boshqaruv organi hisoblangan va uni Devonbegi boshqargan. 
Devonbegi lavozimi Qo’shbegidan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Bu organ mamlakatda soliq 
yig’ish, xazinaning daromad va xarajatlarini hisoblash bilan shug’ullangan. Uning qoshida 
mirzolar, shogirdpeshalar, mehmonxona amaldorlari, zakotchilar, miroxurboshi, sharbatdor, 
mahramlar, navkarlar (300 nafarga yaqin) va quyi izmatchilar bo’lgan. Barcha amaldorlar 
Devonbegi tomonidan lavozimiga tayinlangan va amir tomonidan unvon berilgan. 
Uchinchi ma’muriy boshqaruv diniy sud organi hisoblanib, uni amirning bosh din 
peshvosi Qozikalon boshqargan. Bu organ sud ishlari, notarial vazifalar, din veshvolariga 
bog’liq masalalarni hal qilish va o’quv muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qilgan. Uning 
qoshida mirzolar (ish yurituvchilar), qozilar, mullai azimlar (tergov ishlarida jalb etiladigan 
vakillar), devonbegi (xo’jalik yurituvchi shaxs), miroxurboshi, mahramlar hamda quyi 
xizmatchilar faoliyat ko’rsatgan. Mazkur mansabdorlarni Qozikalon tayinlagan va vazifasidan 
ozod qilgan. 
To’rtinchi ma’muriy nazorat organi Rais qaramog’ida bo’lib, uning vakolatiga 
qonunlarning bajarilishi, axloqiy soflik, diniy e’tiqodni himoya qilish hamda bozorlarda tosh-
tarozi va o’lchov birliklarining aniqligi ustidan nazorat qilish kirgan. Uning qoshida mirzalar, 
raislar (topshiriqlarning bajarilishiga mutasaddi amaldor), mahramlar, devonbegi(xo’jalik 
boshqaruvchisi), miroxurboshi va quyi xizmat vakillari faoliyat ko’rsatgan. Barcha 
amaldorlarni Bosh Raisning o’zi tayinlagan. Bosh Rais bevosita amir va Qozi kalon oldida 
javob bergan. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish