O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov



Download 0,63 Mb.
bet150/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

7144-§. Gilli jinslar


Bo‘lakli jinslar ichida gilli jinslar eng ko‘p tarqalgan.

Gillar – eng mayda dispers cho‘kindi jins hisoblanadi. Quruq holatda ular ersimon tuzilishda bo‘lib, qo‘l bilan osongina maydalash mumkin. Ho‘l holida yog‘simon bo‘ladi. Namlanganda gillar yopishqoq va plastik bo‘ladi. Quriganda ho‘l holidagi shaklini saqlab qoladi. Qizdirilsa qattiq toshga aylanadi. Gilning rangi turlicha. Gil qatlamlari suvo‘tkazmaydi.

Hosil bo‘lishiga ko‘ra gillar qoldiq va cho‘kindi (bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib kelingan) turlarga bo‘linadi.

Birinchi xil gillar yemirilganda o‘sha joyda to‘planib qolgan gil minerallaridan hosil bo‘ladi.

Cho‘kindi gillar suvdan juda mayda loyqa mahsulotlarning cho‘kishidan tarkib topadi.

Cho‘kindi gillar orasida yana dengizda (dengiz qirg‘oqlarida), lagunada (dengizdan ajralib qolgan sayoz suv havzasi), shelf zonasida hosil bo‘lgan va kontinental (daryoda, ko‘lda, delyuviy, prolyuviy lyosslari) gillar ajratiladi. Mineral tarkibiga qarab gillar kaolinitli, montmorillonitli va boshqa xillarga ajratiladi. Tarkibida ko‘p kaolinit bo‘lgan gil yog‘simon gil hisoblanadi.

Gillarning asosiy qismini SiO2 (40–70 %), Al2O3 (10–35 %), K2O, Na2O, MgO, Fe2O3 va H2O tashkil etadi.

Temir oksidi qo‘shimchalarining mavjudligi gillarga turlicha rang beradi. Gillarning eng ko‘p tarqalgan rangi – qizg‘ish-ko‘ng‘ir, kul rang va sarg‘ish-qo‘ng‘irdir.

Gil konlari juda ko‘p. Ular turli sohalarda: g‘isht tayyorlashda (g‘isht gillari), sopol idishlar, cherepitsalar, buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

Yagona mineralli gillar (kaolinitli, montmorillonitli va boshqalar) qimmatbaho hisoblanadi. Bunday gillar juda ko‘p tarqalgan.

Gillarning texnik xillaridan chinnisozlik gillari va o‘tga chidamli gillar ajratiladi.

Birinchi xili butunlay kaolinitdan tashkil topadi, ikkinchi xili 1700 °C da eriydi. Ularda aluminiyning gidrat oksidi va slyudalar bo‘ladi.

Argillitlar – zich, suvsizlangan va sementlashgan, suvda erimaydigan gil turi hisoblanadi. Ko‘pincha sement rolini xalsedon o‘taydi.

Toza gillardan tashqari tabiatda aralash qumtosh-gilli tog‘ jinslari ko‘p tarqalgan. Bularga supes va suglinkalar (qumloq va qumoqlar) taalluqlidir. Supeslar (qumloq) taxminan 20–30 %gacha gil zarralaridan, suglinkalar (qumoqlar) esa 20–30 %dan 40–50 %gacha gil zarralardan tashkil topadi.




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish