Yirik bo‘lakli tog‘ jinslari
Xarsang toshlar – bular tog‘ jinslarining silliqlanmagan qirrali yirik bo‘laklaridan tashkil topadi. Bo‘laklarning kattaligi > 1 m.
Yirik g‘o‘la toshlar – bular tog‘ jinsining silliqlangan bo‘laklaridan iborat. Bo‘laklar kattaligi 100 mm. Ular suv oqimlari juda katta kuchga ega bo‘lgan tog‘liq viloyatlarda ko‘pincha allyuvial yotqiziqlar orasida uchrab turadi. Muzlik hosil qilgan yotqiziqlar orasida ham xarsangtoshlar keng tarqalgan.
8-jadval
Bo‘lakli jinslar tasnifi
Bo‘laklar kattaligi; mm
|
Bo‘laklar xarakteri va joylashishi
|
|
Bo‘shoq
|
Sementlashgan
|
asosiy struktura
|
qirrali bo‘laklar
|
silliqlangan
bo‘laklar
|
qirrali bo‘laklar
|
silliqlanga n bo‘laklar
|
|
1000 dan katta
|
Xarsang tosh
|
Yirik g‘o‘latosh
|
|
|
Psefitli
(dag‘al bo‘lakli)
|
100–1000
|
Xarsang tosh
|
G‘o‘latosh
|
|
|
10–100
|
Maydalangan tosh
(shcheben)
|
Shag‘altosh
|
Brekchiya
Dresvelit
|
Konglomerat
Gravelit
|
2–10
|
Yirik qum (dresva)
|
Mayda shag‘al
|
|
0,1–2
|
Qum 1–2 mm qo‘pol
zarrali
0,5–1 mm yirik zarrali
0,25–0,5 o‘rtacha zarrali
0,1–0,25 mayda
zarrali
|
qumtosh
|
Psammitli (qumli)
|
|
0,01–0,1
|
Alevrit
|
Alevrolit
|
Alevritli
(ilsimon)
|
|
0,01 mm dan kichik
|
Gil
|
Argillit
(suvda erimaydi, zich)
|
Pelitli (gilli)
|
Maydalangan tosh – o‘tkir qirrali bo‘laklardan iborat bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi. Bo‘laklar kattaligi 10–100 mm. Bular asosan tog‘ jinslarining mexanik yo‘l bilan yemirilishidan hosil bo‘lib, tog‘ yon bag‘irlarida to‘planadi.
Yirik qum – silliqlanmagan zarrachalardan tashkil topadi. Zarrachalar kattaligi 2–10 mm. Ko‘pincha granit elyuviysidan iborat bo‘ladi.
Shag‘al tosh va shag‘al – tog‘ jinsi bo‘laklarini suv oqimlari bilan bir joydan ikkinchi joyga eltib yotqizilishidan hosil bo‘ladi. Qirg‘oq to‘lqinlari geologik ishi natijasida ham paydo bo‘ladi. Bo‘laklar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilganda ular silliqlanadi. Shag‘altosh bo‘laklarining kattaligi 10–100 mm, shag‘alniki – 2–10 mm ga teng. Mayda shag‘al «dag‘al zarrali qum» deb ham ataladi.
Hosil bo‘lishiga ko‘ra shag‘altoshlar va shag‘allar daryoda hosil bo‘lgan, ko‘lda hosil bo‘lgan, dengizda hosil bo‘lgan va muzlik hosil qilgan turlarga bo‘linadi. Shag‘altosh va shag‘al muhim qurilish mahsuloti hisoblanadi. Yo‘l qurilishlarida ko‘p ishlatiladi.
Brekchiya (ital. «brekchiya» – bo‘lak). O‘tkir qirrali sementlashgan bo‘laklardan tashkil topgan jinslarga aytiladi. Bo‘laklar kattaligi 2 mm dan katta bo‘ladi. Sement turli xil bo‘ladi, bo‘laklar bir xil va har xil tarkibli bo‘lishi mumkin. Brekchiyalar qulashlar, silkinib tushishlar (opolzen), ishqorsizlanish hamda tektonik harakatlar natijasida hosil bo‘ladi (tektonik brekchiyalar). Bulardan tashqari vulkan harakatidan ham hosil bo‘ladi
Konglomerat (lot. «konglomerat» – to‘dalamoq) – shag‘alning sementlashgan turi hisoblanadi (44-rasm).
44-rasm. Konglomerat.
Odatda konglomeratning geologik yoshi to‘rtlamchi davrdan qari bo‘ladi. Uni tashkil etgan shag‘al va sementli tarkibi turlicha bo‘ladi.
Cho‘kindi tog‘ jinsi qatlamlarining quyi qismida (tubida) joylashgan konglomeratlar «bazal konglomeratlar» deb ataladi. Ular yuvilish jarayoni va sayozlikdan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |