O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov



Download 0,63 Mb.
bet155/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

Karbonatli jinslar


Bularga ohaktoshlar, dolomitlar va mergellar kiradi. Kimyoviy va biokimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan cho‘kindi jinslar orasida karbonatli jinslar eng ko‘p tarqalgan.

Ohaktoshlar bir mineraldan-kalsitdan (CaCO3) tashkil topgan. Toza holda ohaktosh 56 % CaO va 44 % CO2 dan iborat bo‘ladi. Hosil bo‘lishiga ko‘ra ohaktoshlarning ikki asosiy xili bo‘ladi:


  1. organik yo‘l bilan hosil bo‘lgan ohaktoshlar;


  2. kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan ohaktoshlar;


Goho bo‘lakli xili ham ajratiladi. Bular ohaktosh bo‘laklaridan iborat bo‘ladi.

Ohaktoshlar asoan organik yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Ular hayvonlarning ohakli skeletlari va chig‘anoq qoldiqlaridan hamda o‘simlik qoldiqlaridan (zoogen va fitogen ohaktoshlar) hosil bo‘ladi.

Hayvonlar skeletlari va chig‘anoqlari butunlayicha saqlanishi mumkin yoki maydalanishi, o‘zgarishi va qayta kristallanishi mumkin. Agarda ohaktosh chig‘anoq bo‘laklari va butun chig‘anoqlardan hosil bo‘lsa «chig‘anoqtosh» deb ataladi. Organik qoldiqlarning qaysi turlarining saqlanishiga qarab ohaktoshlar fuzulinali, nummulitli, mshankali va boshqa xillarga bo‘linadi (47-rasm).



47-rasm. Chig‘anoqli ohaktosh

Organik yo‘l bilan hosil bo‘lgan ohaktosh jinslarga bo‘r ham taalluqlidir. Bo‘r kalsitning upasimon zarralaridan, foraminifera va kokkolit chig‘anoqlaridan (ohak po‘stli bir hujayrali dengiz o‘tlari) tashkil topadi. Bo‘r davri jinslari bo‘rga juda boy hisoblanadi.

Kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan ohaktoshlar juda mayda donali bo‘lib, ko‘pincha oolit, konsentrik tuzilishda bo‘lib oqma shakllari (stalaktitlar, stalagmitlar, po‘stlar va h.k.) ham uchraydi.

Ohaktoshning rangi ko‘pincha oq, kul rang bo‘ladi. Qattiqligi – 3. Suvda erimaydi, ammo karbonat kislotasi ko‘p bo‘lgan suvda eriydi.



Dolomit – keng tarqalgan cho‘kindi jins bo‘lib, faqat dolomit mineralidan (CaMg [CO3]2) tashkil topadi. Dolomitda ko‘pincha kalsit va gil qo‘shimchalari, goho gips, flyuorit, selestin, opal zarralari bo‘lishi mumkin.

Dolomitning tashqi ko‘rinishi sarg‘ish oq, goho qo‘ng‘ir dog‘i bo‘ladi. Qattiqligi – 3,5–4; zichligi – 2,8–2,9. Sovuqda HСl kislotasida dolomit qiyinchilik bilan parchalanadi. Un xolidagi dolomit isitilganda ko‘pirmasdan yaxshi eriydi.

Dolomit hosil bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha fikrlar bor: a) ohaktoshlarning dolomitlashishidan;

b) ohaktoshli cho‘kindining dastlabki diagenez davrida dolomite-

lashishidan;

d) eritmalarning kimyoviy cho‘kishidan paydo bo‘lishi mumkin.



Mergel – ohaktosh-gilli jins. Gil materiali 30–50 %. Gilning miqdoriga qarab ohaktoshli gil, mergel va gilli ohaktosh ajratiladi.

Mergel rangi – ola-bula va kul rang.

Dengiz va ko‘lda hosil bo‘ladi. Sement sanoatida yaxshi xom ashe hisoblanadi.

Tuzlar


Tuzlar tipik kimyoviy cho‘kindilar hisoblanadi. Haqiqiy suv eritmalaridan cho‘kadi. Yopiq (berk) suv havzalarida, sayoz qo‘ltiqlarda va tuzli lagunalarda hosil bo‘ladi. Ko‘p bug‘lanish – asosiy sababchi.

Yer qurrasining arid (issiq) iqlimli zonalari uchun xosdir.

Tuz yig‘ilishi jarayonini rus olimi A.E.Fersman «galogenez jarayoni» deb atagan.

Dengiz suvidagi tuzlarning o‘rtacha miqdori 35 g/l, ya’ni 3,5 %.

Tuz hosil bo‘lishi jarayoni sodir bo‘layotgan maydonlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – ularning har xil miqdorda jadallik bilan cho‘kishi hisoblanadi. Jadal cho‘kayotgan maydonlarga juda ham konsentratsiyalashgan namakobli suvlar yig‘ilib, u yerlarda ko‘p bug‘lanish sodir bo‘lganda namakobdan tuzlar kristallanadi.

Sayyoramiz rivojlanishining ba’zi davrlarida juda ham katta tuz uyumlari hosil bo‘lgan. Masalan, Perm davrida tuz hosil bo‘lgan tuz havzasi Rossiyada Shimoliy Uraldan Kaspiy ko‘ligacha bo‘lgan maydonni egallagan. Kembriy davrida hosil bo‘lgan tuzli havza Sharqiy Sibirda juda katta maydonni egallagan.

Hamma tuzlarning 77,8 % NaCl, 10 foizchasi MgCl2 ga to‘g‘ri keladi. Boshqa tuzlar juda ham kam.

Tuzli cho‘kindilarga gips (Ca[SO4] · 2H2O) angidrit (Ca[SO4]), galit (NaCl), silvin (KCl) va karnallit ham kiradi.

Tuzlar odatda qat-qat qatlam holida yotadi. Goho tuzlar alohida linza holida, ba’zilari tuz gumbazlari shaklida uchraydi. Tuz uyumlarining qalinligi 500 m gacha boradi. Bir qancha o‘n, hatto 100 km2 maydonni egallashi mumkin.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish