O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov



Download 0,63 Mb.
bet157/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

7346-§. Kaustobiolitlar


Kaustobiolit – yunonchadan «organik yo‘l bilan hosil bo‘lgan yonuvchi toshlar» demakdir. Kaustobiolitlarga ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar kiradi. Neft bilan yonuvchi gazlar kaustobiolitlar bilan genetik va geologik jihatdan bog‘liq. Bu tabiiy mahsulotlarning hammasi birgalikda yonuvchi foydali qazilmalarni tashkil etadi.

Ko‘mirlar. Hozirgi paytda ko‘mirning o‘simliklardan hosil bo‘lganligi aniq isbotlangan. Mikroskop yordamida olib borilgan tekshirishlar ko‘mirdagi hamma moddalar torfda ham borligini ko‘rsatadi.

Ko‘mir qatlamlarining ustida va ostida o‘simliklar qoldig‘i uchraydi. Masalan: ildizi, po‘sti, tanasi, bargi va hokazo. Ko‘mirning hosil bo‘lishida odatda o‘simliklarning ikki guruhi qatnashadi: quyi tabaqa o‘simliklar guruhiga taalluqli vodorosllar (suvo‘tlari) va oliy tabaqa o‘simliklar.

Ko‘mirning hosil bo‘lishini bir qancha bosqichlarga bo‘lish mumkin.

Birinchi bosqichda ko‘p miqdorda o‘simlik qoldiqlari to‘planib, ular buzila boshlaydi (parchalanadi). Ikkinchi bosqichda torflarning ko‘mirlanishi sodir bo‘lib turli qazilma ko‘mirlar hosil bo‘ladi. Torf uyumi gil yoki qumtosh-gilli qatlamlar bilan qoplangandan keyin torfning suvsizlanishi boshlanadi. Natijada torf zichlashadi, undagi organik moddalar (gumuslar) biokimyoviy jarayonlar natijasida va bakteriyalar ishtirokida tobora o‘zgarib boradi. Agar bu jarayonlar past haroratda (60–70 °C) va past bosimda sodir bo‘lsa, qo‘ng‘ir ko‘mir hosil bo‘ladi. Bunday ko‘mir torfdan qattiqligi, suvliligi (namligi) va parchalanmay qolgan o‘simlik qoldiqlarining yo‘qligi bilan farqlanadi.

Qo‘ng‘ir ko‘mirdan toshko‘mirning hosil bo‘lishi uchun yuqori bosim va harorat (300 °C) zarur bo‘ladi. Ko‘mirning qattiq xili «antratsit» deb ataladi. U metallsimon yaltiraydi va bir xil tuzilgan bo‘ladi. Ular uglerodga juda boy bo‘lib, juda oz miqdorda o‘zida kislorod saqlaydi.

Ko‘mirning issiqlik berish darajasi: qo‘ng‘ir ko‘mir – 3500–6000 kkal/kg; toshko‘mir 6000–8500 kkal/kg, antratsit 8000 kkal/kg gacha.



Torf o‘simlik mahsulotining to‘planib chirishidan (parchalanishidan) hosil bo‘ladi. Asosan torf botqoqliklarda hosil bo‘ladi. Nam torf yarim suyuq atala holida bo‘ladi. Tarkibida 85–90 % suv saqlaydi. Bunday torf quritilib, undagi suv miqdori 25 %gacha kamaytiriladi. Buning natijasida uning hajmi 3–7 marta qisqaradi. Bunday torfning issiqlik berish darajasi 1500 kkal/kg dan 4200 kkal/kg gacha. Agar torfdan 25 % kul chiqsa, u sifatsiz hisoblanadi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish