Temirli cho‘kindi jinslar
Bunday jinslar o‘ta asosli tog‘ jinslarining lateritli nurashidan yoki eritmalardan cho‘kib hosib bo‘ladi. Temir manbai bo‘lib magmatik yoki metamorfik jinslar hisoblanadi. Bularda temirning o‘rtacha miqdori 4,5 %dan ko‘p. Temir lateriti hosil bo‘layotganda temir tub jinslar nuragan joyda qolib to‘planib yirik konlar hosil qiladi.
Temirli jinslar ko‘l va dengiz havzalarida ham temir birikmalarini bir joydan ikkinchi joyga olib borib cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Bular ko‘p tarqalgan bo‘lib, muhim amaliy ahamiyatga ega.
Temirli cho‘kindi jinslarga gidrogyotit, gematit, limonit, siderit
kabi minerallarning gili ko‘proq, qumli jinslar aralashmasi kiradi. Ular qatlam va linza ko‘rinishida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |