O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov


-§. Cho‘kindi tog‘ jinslarining eng muhim belgilari



Download 0,63 Mb.
bet144/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

6639-§. Cho‘kindi tog‘ jinslarining eng muhim belgilari


Cho‘kindi tog‘ jinslarining eng muhim belgilariga ularning yotish shakllari, qatlamlanishi, qatlanishi, qazilma jo‘yaklari, ajralishi, sementi, g‘ovakliligi, rangi va izi (tamg‘alari) kiradi.

Qatlam. Cho‘kindi tog‘ jinslarining yotish shakli qatlam hisoblanadi. Qatlam shaklida yotish ikki xil: birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Birlamchi yotish gorizontal holatda bo‘ladi. Ikkilamchi yotish esa «buzilgan yotish» deyiladi, ya’ni turli tektonik harakatlar ta’sirida qatlam o‘zining birlamchi yotish holatini o‘zgartiradi va turli ko‘rinishdagi buzilgan yotish shakllarini hosil qiladi. Qatlamlarning eng oddiy buzilgan yotish shakllaridan biri – «monoklinal («mono» – bir, kline – qiya)», ya’ni «qiya yotish» deb ataladi.

Qatlamlanish. Turli qatlamlarning ketma-ket yoki ustma-ust takrorlanishi «qatlamlanish» deyiladi (41-rasm). Qatlamlanish qatlamni tashkil etuvchi maxsulotning tektonik, iqlimiy, gidrologik, biokimyoviy omillar ta’sirida davriy ravishda o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Cho‘kindi jinslar qatlamlari ko‘proq suvli muhitda (asosan dengizlarda) va kamroq quruqlik sharoitida hosil bo‘ladi.

Qatlamlanishning yirik, o‘rta, mayda, juda mayda, bir tekis va notekis, aniq va noaniq hamda ritmik turlari ajratiladi.



41-rasm. Cho‘kindi jinslarning gorizontal qatlamlanishi.

Qatlanish. Qatlanish deb bir qatlam ichida yupqa (bir necha mm dan bir necha o‘n sm.gacha) qatlamchalarning takrorlanishiga aytiladi.

Qatlanish qatlamning ichki teksturasi hisoblanadi.

Qatlanishning quyidagi asosiy turlari ajratiladi: 1. Parallel. 2. To‘lqinsimon. 3. Linzasimon 4. Qiyshiq. Har bir qatlanish turi qatlamning qanday sharoitda (dengiz, ko‘l, delta, daryo, shamol) hosil bo‘lgani haqida ma’lumot beradi.

Qazilma ryablar. Cho‘kindi tog‘ jinslari, ayniqsa qum, alevrolit va gil qatlamlari hosil bo‘layotganda, ularning qatlamlanish yuzalari tekis va silliq bo‘lishi, yoki aksincha, turli notekisliklardan va tamg‘alardan, ya’ni «belgi» lardan iborat bo‘lishi mumkin. Bu belgilar organizmlarning sudralish izlari yomg‘ir tomchilari izlari, chuvalchang va mollyuskalarning yorib kirgan izlari hamda to‘lqin, oqim va shamolning harakati natijasida qum yoki gil yuzasida hosil bo‘ladigan jo‘yaklar, ya’ni ryablar hisoblanadi. Ryablar odatda balandligi 1,5–2 sm keladigan, bir-biriga parallel, to‘g‘ri chiziqli yoki egilgan ariqchalar va jo‘yaklardan iborat bo‘ladi (42-rasm).

42-rasm. Alevrolit qatlamlaridagi qazilma jo‘yaklar.

Ajralish. Tog‘ jinslarining ma’lum tartibda joylashgan yoriqlar bo‘yicha bo‘linishiga «ajralish» deyiladi. Magmatik tog‘ jinslarida bo‘lgani kabi cho‘kindi jinslarga ham ajralish xos. Plitasimon va sharsimon (43-rasm) ajralishlar shular jumlasidandir.

43-rasm. Ohaktoshlarning sharsimon ajralishi.

Sement. Cho‘kindi jins bo‘laklari to‘plangan joyda ular orasiga erigan ohak yoki gillar kirib, bo‘laklarni biriktiradi. Tarkibi bo‘yicha sement turlicha bo‘lishi mumkin. Tabiatda eng ko‘p uchraydiganlari: gilli, alevritli, qumli, ohakli, temirli, kremniyli sementlar. Cho‘kindi jinslarni ta’riflashda ularning sementini aniqlash shart. Chunki jinsning qattiqligi uning sementiga bog‘liq.

G‘ovaklilik. Cho‘kindi tog‘ jinslarining g‘ovakliligi suv, neft va gaz konlarining paydo bo‘lishi hamda muhandislik geologiyasida ahamiyatli bo‘lgani uchun o‘rganiladi. G‘ovaklilik turli omillarga bog‘liq bo‘lib, ularga jins hosil qiluvchi sharoit, jins bo‘laklarining o‘lchamlari, sement kabilar kiradi.

Rang. Cho‘kindi tog‘ jinslari tabiatda mavjud bo‘lgan barcha ranglarga ega. Ularning rangi jins bo‘laklari rangiga, aralashmalari, sement va jins paydo bo‘lgan muhitga bog‘liq.

Qizil, qo‘ng‘ir va pushti ranglar jinslarning quruqlikda, issiq iqlimda hosil bo‘lganiga ishora qiladi. Qora rang uglerodli, marganetsli birikmalar hisobiga bo‘ladi. Sariq va qo‘ng‘ir rang limonitning borligidan darak beradi.

Ko‘pincha cho‘kindi tog‘ jinslarining rangini belgilashda qo‘shimcha rang nomlari qo‘shib ishlatiladi: jigarrang-qo‘ng‘ir, yashilkul rang va hokazo.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish