Tog‘ jinsini tasvirlashda eng avvalo uning ichki va tashqi tuzilishini aniqlash lozim. Chunki uning ichki va tashqi tuzilishi qanday sharoitda hosil bo‘lganligidan, kristallashish darajasiga qarab chuqurlikda yoki yer yuzasida hosil bo‘lganligidan darak beradi. Masalan, intruziv jinslarning ichki tuzilishi effuziv jinslarnikidan tubdan farq qiladi. Bu esa ularning hosil bo‘lish sharoitlariga chambarchas bog‘liq. Effuziv jinslar yer yuzasida lavaning tez qotishidan hosil bo‘lib, shishasimon bo‘lsa, intruziv jinslar yer po‘stining chuqur qismlarida issiqlikni o‘zidan kam o‘tkazuvchan jinslar bilan chegaralanib magmaning sovib kristallanishidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ular to‘liq kristallanadi.
Ichki tuzilish, ya’ni struktura deganda – tog‘ jinsini tashkil qiluvchi minerallarning katta-kichikligi, shakli va bir-biri bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati va vulkan shishasining bor-yo‘qligi tushuniladi. Vulkan shishasi deb amorf tuzilishiga ega bo‘lib qotgan magmatik qotishmaga aytiladi.
Tog‘ jinslarining tashqi tuzilishi, ya’ni teksturasi mineral agregatlarining unda joylanish tartibi va ularning umumiy xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tog‘ jinslari kristallashish darajasiga ko‘ra uchta eng muhim strukturaga ega:
to‘liq kristalli struktura, bunda vulkan shishasi zarralari mutla-
qo bo‘lmaydi;
chala kristalli struktura, bunday ichki tuzilishda mineral kristal-
lari bilan birgalikda vulkan shishasi zarralari ham bo‘ladi;
d) shishasimon struktura, vulkan shishasidan, kristallar yoki oz-
gina mikrolitlardan tashkil topadi.
Kristall donalarining katta-kichikligiga qarab strukuturalar aniq kristalli (kristall zarralarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin), mikrokristalli (mineral zarralari mikroskop ostida ko‘rinadi) va yashirin kristalli (mikroskop ostida ham minerallarni ko‘rib bo‘lmaydi) strukturalarga ajratiladi.
Porfir struktura vulkan jinslarga mansub. Porfir strukturali jinslarning massasi juda mayda donali bo‘lib, bu massada yirik-yirik mineral donalari yaqqol ajralib turadi.
Minerallarning joylashish xarakteriga ko‘ra teksturalar bir xil, har xil va taksitli turlarga ajratiladi.
Bir xil teksturali tog‘ jinslarida jins hosil qiluvchi minerallarning hammasi jinsda bir tekisda tarqalgan bo‘ladi. Bir xil teksturaga ega jinslar – massiv va g‘ovakli bo‘ladi. Massiv tekstura asosan intruziv jinslarga xos bo‘ladi.
G‘ovakli tekstura ko‘pincha vulkan jinslarga xosdir. G‘ovaklar nisbatan yopishqoq lavalarda gaz pufakchalarining ko‘p to‘plangan joylarida mavjud. G‘ovaklar lavadan ajralib chiqib ketgan gaz pufakchalarining o‘rnini ifodalaydi.
Tog‘ jinslarida taksitli tekstura ham ko‘p tarqalgan. Bunday teksturaga ega tog‘ jinslarning turli qismlari ichki tuzilishi va tarkibining har xilligi bilan tavsiflanadi. «Taksit» – grekcha joylashish demakdir.
Minerallarning tog‘ jinsida joylashgan o‘rniga qarab quyidagi teksturalar ajratiladi:
chiziqli – minerallar bir xil yo‘nalishda joylashadi;
yo‘l-yo‘l – turli tarkibli va strukturali qatlamchalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi;
oqimsimon (flyuidal) bunda oqim izlari va jinsdagi minerallar xuddi oqimga o‘xshab joylashadi;
sharsimon – jinslar ichki konsentrik tuzilgan sferoidlarga bo‘linib ketgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |