Intruziv tog‘ jinslarining yotish shakllari asosan magmaning yopishqoqlik darajasiga, yer po‘stida o‘rnashish hollariga, atrof jinslarning ichki tuzilishiga va intruziv jinslar paydo bo‘layotgan joyning tektonik tuzilishiga bog‘liqdir.
Morfologik tasnifga ko‘ra intruziv tog‘ jinslarining atrof jinslar bilan munosabatiga asoslanib ularning yotish shakllari ikki guruhga ajratilgan: mos (atrof jinslar bilan moslashgan) va nomos (atrof jinslarni kesib o‘tuvchi) yotish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |