Petrografiya – tog‘ jinslari to‘g‘risidagi fan. Yunoncha «petros» – tosh, qoya va «grafus» – yozaman so‘zlaridan kelib chiqqan. Binobarin, petrografiya tog‘ jinslarini tadqiq qiluvchi fan bo‘lib, geologiya fanining yirik sohasidir.
Yer po‘sti turli xil tog‘ jinslaridan tuzilgan. Tog‘ jinsi esa ma’lum shaklga, hajmga va yotish holatiga ega bo‘lgan geologik qatlamlarni hosil qiladi. Ular turli mineral agregatlardan tuzilgan bo‘lib, ma’lum tarkibga, ichki va tashqi tuzilishga egadir. Modomiki tog‘ jinslari turli minerallardan tuzilgan ekan, demak, petrografiya mineralogiya fani bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari petrografiya kristallografiya, kimyo va boshqa fanlar bilan aloqador.
Do'stlaringiz bilan baham: |