O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov


-§. Tog‘ jinslari va ularni o‘rganish usullari



Download 0,63 Mb.
bet124/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

5427-§. Tog‘ jinslari va ularni o‘rganish usullari


Tog‘ jinslari faqat bitta mineraldan (labradorit, olivinit, ohaktosh) yoki ko‘p mineraldan (diorit, granodiorit) tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Tog‘ jinsining kimyoviy tarkibi uning qanday minerallardan tashkil topganiga bog‘liqdir. Tog‘ jinslari ma’lum geologik sharoitlarda tarkib topadilar. Bunday sharoitlar tog‘ jinslarining yotish shakliga, tog‘ jinsidagi minerallarning xossalariga va ularning bir-birlariga bo‘lgan munosabatiga ta’sir ko‘rsatadi.

Tog‘ jinslari bir-birlaridan yana fizik xossalari, ya’ni rangi, zichligi, mexanik mustahkamligi, eruvchanligi, g‘ovakliligi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Tog‘ jinslari hosil bo‘lishiga ko‘ra 3 ta katta guruhga bo‘linadilar:


  1. magmatik jinslar – magmaning yer po‘stida sovib kristallanishidan tarkib topadi;


  2. cho‘kindi jinslar – ekzogen (tashqi) jarayonlar natijasida magmatik va metamorfik jinslarning nuragan hosilalarining keyinchalik diagenez (zichlashish, sementlashish) natijasida organizmlar qoldiqlarining to‘planishidan hamda suv havzalarida elementlarning birikib cho‘kishidan hosil bo‘ladi;


  3. metamorfik jinslar – magmatik va cho‘kindi jinslarning turli omillar ta’siridan o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Ammo, bu jinslar yer po‘stida bir xil tarqalmagan. Mutaxassis olimlarning hisoblashlariga ko‘ra litosfera 15–20 km chuqurlikda 95 % magmatik va metamorfik jinslar bilan band va faqatgina 5 %ni cho‘kindi jinslar tashkil etadi. Ammo yer yuzasida cho‘kindi jinslar ko‘p, ya’ni yer yuzasining 75 % cho‘kindi jinslar va 25 %ni magmatik va metamorfik jinslar qoplaydi.


Petrografiya fanining tekshirish usullari ikkiga bo‘linadi: dala va laboratoriya usullari.

Dala usuli muhim hisoblanadi. Chunki tog‘ jinsining eng avvalo rangi, mineral tarkibi, yotish shakllari, jinslararo munosabati ta’riflanadi, so‘ngra uning nomi aniqlanadi. Bundan tashqari tog‘ jinsining ichki va tashqi tuzilishi, atrof jinslarga bo‘lgan munosabati, tutash zonalari va ulardagi ma’danli minerallar makroskopik usulda aniqlanadi. Tog‘ jinsining yotish shakli o‘rganilib uning qanday sharoitda hosil bo‘lganligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Tog‘ jinsidan turli namunalar olinadi. Olingan namunalar laboratoriya sharoitida turli usullar yordamida mukammal tekshiriladi. Eng avvalo, tog‘ jinsining tarkibi va tuzilishi, undan shaffof shlif tayyorlanib polyarizatsion mikroskopda kristallarning optik xususiyatlari o‘rganiladi. Shlif qalinligi – 0,03 mm qalinlikdagi tog‘ jinsining kesimi bo‘lib, u maxsus kleykanada balzami yordamida shisha plastinkaga yopishtiriladi.

Juda aniq va mufassal kristallooptik tadqiqotlar uchun Fedorov stolchasidan foydalaniladi. Ma’danli minerallar maxsus mikroskop yordamida o‘rganiladi. Buning uchun jinsdan yuzalari jilolangan preparat – anshliflar tayyorlanadi.

Tog‘ jinsi minerallarini og‘ir suyuqliklarda o‘rganish usuli ham katta ahamiyatga ega. Bu usulda solishtirma og‘irliklari ma’lum bo‘lgan suyuqliklar tizimi yordamida minerallar solishtirma og‘irligi aniqlanadi.

Cho‘kindi jinslarni o‘rganishda ko‘proq granulometrik usul qo‘llaniladi. Bu usulda avval tog‘ jinsi sementi eritilib jinsni tashkil qiluvchi minerallar va bo‘laklar maxsus elaklar yordamida o‘lchami bo‘yicha fraksiyalarga (guruhlarga) ajratiladi.

Bulardan tashqari tog‘ jinslari yana kimyoviy, shlix, rentgenostruktura, termik tahlillar yordamida ham o‘rganiladi.


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish