Meymechit. Meymechitda olivin donachalari miqdori o‘rtacha 40–
50 %gacha etadi; kamroq avgit va ma’danli minerallar bo‘ladi. Jinsning asosiy massasida qayd etilgan minerallardan tashqari yana biotit, xromit, apatit va ikkilamchi minerallar-serpentin, kalsit, xlorit va leykoksen bo‘lishi mumkin. Ba’zi meymechitlarda vulkan shishasi saqlanib qoladi.
Teksturasi toshbodom va flyuidal (oqma).
Kimberlitlar. O‘ta asosli va yondosh jinslar bo‘laklari va olivin, diopsid, flogopit, pirop, xromit, ilmenit kabi minerallardan tarkib topgan.
O‘ta asosli jinslarning yotish shakllari. O‘ta asosli jinslarning yotish shakllari turlichadir. Peridotitlar, dunitlar va piroksenitlar intruziv shaklida yotadi va shtok hamda kichik massivlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |