O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov



Download 0,63 Mb.
bet100/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

Granatlar guruhi. Granatlar guruhi minerallari ikki qatorga bo‘linadi:

1) almandin qatori



(Mg, Fe, Mn)3Al2[SiO4]3

pirop


Mg3 Al2[SiO4]3


almandin



Fe3 Al2[SiO4]3

spessartin



Mn3Al2[SiO4]3

2) andradit qatori



Ca3(Al,Fe,Cr)2[SiO4]3

grossulyar



Ca3Al2[SiO4]3

andradit



Ca2Fe2[SiO4]3

uvarovit



Ca3Cr2[SiO4]3

Granatlar guruhi minerallari kub singoniyali; simmetriya ko‘rinishi geksaoktaedrik. Kristall qiyofasi rombik dodekaedr, tetragon-trioktaedr. Ko‘pincha donador yaxlit massalar holida topiladi. Granatlarning rangi va tarkibi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Odatda ular qizil, qo‘ng‘irqizil, sariq, zumrad-yashil, qoramtir, ba’zan qora. Qattiqligi 6,5–7,5; notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og‘irligi 3,5–4,2. Granatlarga xos belgi-kristallarning o‘ziga xos qiyofasi, yog‘langandek yaltirashi, o‘ta qattiqligi. Granatlar kontakt-metasomatik, regional metamorfizmda yuzaga keladi. Granatlarning shaffof rangli chiroyli xillari zargarlik ishlarida qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.



Sirkon – ZrSiO4. nomi forscha «Sar» – oltin, «gun» – rang degan so‘zlarni anglatadi. Uning tarkibida ZrO2 – 67 % va SiO2 – 32 % bo‘ladi, aralashma tariqasida gafniy HfO2 – 4 %gacha, siyrak yer elementlaridan Y2O3 va Ce2O3 aniqlangan. Bularan tashqari Nb va Ta, ba’zan ThO2 – 1,5 % bo‘ladi.

Singoniyasi-tetragonal. Tabiatda tetragonal-dipiramidal, ba’zan prizma shaklida uchraydi.

Qattiqligi – 7–8. U notekis chig‘anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og‘irligi – 4,6–4,7; uning o‘zgargan xili – sirtalitlarda 3,8 gacha kamayadi. Sirkon turlari bo‘lgan malakon va sirtalit, odatda radioaktivdir.

Aniqlash belgilari. Sirkon kristallari ko‘proq tetragonal kalta ustunsimon hamda dipiramidal qiyofada uchraydi. Sirkon magmatik intruziv jinslar: nefelinli sienitlarda, granitlarda, gneyslarda xol-xol bo‘lib joylashgan shakllarda bo‘ladi. Odatda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida kengroq miqdorda uchraydi. Sirkonning shaffof hamda rangi chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi. Gafniy va sirkoniy ajratib olinadi.



Sfen – CaTiSiO5. yunoncha «sfen» – pona ma’nosini bildiradi.

Tarkibida: CaO – 28,6 %, TiO2 – 40,8 %, SiO2 30,6 %, bundan tashqari FeO – 6 %gacha, MnO –3 %gacha, (Y, Ce)2O3 – 12 %gacha aralashmalar borligi aniqlangan. U monoklin singoniyali, simmetriya ko‘rinishi rombo-prizmatik, kristallarining ko‘ndalang kesimi ponaga o‘xshash, ba’zan tabletkasimon. Sfenning rangi sariq, qo‘ng‘ir, yashil, ba’zan qora, pushti yoki qizil bo‘ladi. Yaltirashi olmosdek, yog‘langandek, qattiqligi 5–6, solishtirma og‘irligi 3,2–3,5, aniqlash belgisisarg‘ish-qo‘ng‘ir rangi va ponasimon shakli bilan ajraladi. U qizdirilgan HCl, H2SO3, kislotalarida kaltsiy sulfat (CaSO4) tuzi hosil qilib, butunlay parchalanadi. Sfen ikkinchi darajali mineral sifatida ishqorli va nordon o‘rta intruziv jinslarda dala shpatlari, nefelin, egirin, sirkon, apatit va boshqa minerallar bilan bir assotsiatsiyalarda uchraydi. Biroq uning yirik kristallari ishqorli pegmatitlarda bo‘ladi. U ba’zan metamorfik jinslar (gneyslar, kristallik slanetslar, amfibolit) uchun xos mineral holida yuzaga keladi.



Topaz – Al[SiO4](F,OH)2. Nomi Qizil dengizdagi Topazos orolidan kelib chiqqan. Tarkibida: Al2O3 – 62,0–48,2 %, SiO2 – 3–28,2 %, F – 13–20,4 %. H2O – 2,45 %gacha. U rombik singoniyali; uning yaxshi kristallari kam uchraydi, faqat bo‘shliqlarda topiladi. Topazning yirik kristallari (25–32 kg) pegmatitlarda topilgan (35-rasm). U ko‘pincha pinakoid, dipiramidalar va boshqa shakllari ko‘proq uchraydigan prizmatik qiyofalarda mavjud. U rangsiz, ba’zan och sariq, somon sariq va och havo rang, och pushti, kamdan kam och qizil tuslarda bo‘ladi. Yaltirashi shishadek; qattiqligi – 8.

35-rasm. Topaz.

Uning solishtirma og‘irligi 3,5–3,57. Topaz nordon intruziv jinslarda ikkinchi darajali mineral; ammo ularning pegmatitlarida ko‘p uchraydi. Bularda flyuorit, turmalin, kvars, berill, kassiterit, volframitlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalar hosil qiladi. Topaz ayniqsa greyzenlarda keng tarqalgan. U slanets, gneyslar oralaridagi yuqori haroratli gidrotermal tomirlarda ham yuzaga keladi. Topazning yirik, shaffof rangli chiroyli kristallari bezak tosh hisoblanadi.




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish