OROLSIMON SILIKATLAR
Olivin – (Mg,Fe)2[SiO4]. Tarkibida MgO – 45–50 %, FeO – 8–12 foiz, ba’zan 20 %gacha. U rombik singoniyali, rombo-dipiramidal. Odatda olivin donador agregatlar holida uchraydi. Olivinning rangi yashilroq tovlanuvchan sariq, ko‘pincha rangsiz, mutlaq shaffof xili «xrizolit» deyiladi. Yaltirashi shishadek, yog‘langandek, qattiqligi – 6,5–7; ancha mo‘rt, odatda chig‘anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Solishtirma og‘irligi 3,3–3,5. Uni kristallarning xol-xol bo‘lib joylashishiga, to‘q yashilroq sariq rangiga, shishadek yaltirashi va notekis sinishiga qarab ajratsa bo‘ladi. Olivin magmatik yo‘l bilan yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |