bo‘lishi kerak. Tarada har xil hidlar, padanuvchi moddalar bo'lmasligi
kerak. Tara toza suv bilan to'ldiriladi. Suv haroratiga e’tibor beriladi.
Agarda zaruriyat tug'ilsa suv haroratini pasaytirish uchun albatta muz
bo'lishi kerak. Tovar baliq yoki segoletkalarni ovlash usuli 63-rasmda
ko'rsatilgan.
Suvda chavoq, ntalki, molod, segoletkalar (baliqchalar) tashiladi.
Katta yoshdagi baliqlar ham albatta suvda tashiladi. Barcha turdagi
baliqchalarni rivojlanishning ilk davrida tashish ma’qul. Ular erkin
suza boshlashi va taogen ovqatlanishga o'tishi bilan ancha chidamliroq
bo‘ladi, shunga qaramasdan yo‘lda kuchli chayqalish, kuchli tebranish-
larga yo'l qo'ymaslik kerak. Chunki baliq
chavoqlari nihoyatda nozik
bo'ladi, ular tezda jarohatlanadi va nobud bo'ladi.
Tirik baliqlarning muvaffaqiyatli tashilishi ko'pgina faktorlarga
bog‘liq: suv sifatiga, baliq o'tkazish zichligiga, ya’ni solinadigan baliqlar
soniga, masofadagi vaqt davomiyligi va baliqlarning fiziologik holatiga.
Asosiy faktorlardan yana biri bu suv harorati. Birinchidan, suv harorati
baliqning intensiv ravishda kislorodni iste’mol qilishini amalga oshirsa,
ikkinchidan, suvda erigan kislorod miqdorini belgilaydi. Harorati past
bo‘lgan suvda kislorod miqdori harorati yuqori bo'lgan
suvga nisbatan
ancha yuqori bo‘ladi. Baliq sovuq suvda bo‘lsa kislorodga nisbatan ta-
labi ancha kamroq bo'ladi. Demak, suvda baliq tashishda suv harorati
past bo'lgan paytda baliq tashishni tashkil qilish ntaqsadga muvofiq.
Suvda erigan kislorod miqdorining suv haroratiga bog'liqligi to'g'risida
ma’lumot tegishli jadvalda aks ettirilgan. Tarada ham suv harorati kes-
kin isib ketmasligi kerak. Bahor, yoz yoki kuz faslida rnayda tirik ba
liq transportirovkasida taradagi suv harorati 10—12°C dan oshmasligi
kerak. Agarda transport tarasidagi suv harorati 15—16°C bo'lsa, albatta
uni sovitib 10—12°C gacha keltirish zarur. Qishda suv harorati 1—2°C
bo'lganda tashilishi ma’qul. Tirik baliqni yilning qaysi faslida tashilishi
baliqlashtiradigan suvlikning gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimiga
bog'iiq. Qishlash hovuzlaridan segoletkalarni
ovlashda havo harorati
bilan suv harorati bir xil bo'lishi lozim. Agarda havo harorati — 5—6
gradus bo'lsa unda baliqlarning jabrasi shamollaydi va barchasi nobud
bo'ladi. Baliqlashtirish uchun har bir ko'lning biologik xususiyati chuqur
o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan ko'llarni baliqlashtirishni faqat
kuzda rejalashtirmaslik kerak. Ba'zi bir ko'llarni kuzda baliqlashtirishga
to'g'ri kelsa (Devxona, Og'itma, Dengizko'l) boshqalari uchun (Qora-
qir, Tuzkon, Zikri) erta bahorda baliqlashtirishni rejalashtirish zarur.
Masalan, Qoraqir ko'li sayoz ko'llardan hisoblanadi. O'rtacha cluiqurli-
255
gi 1,5—2,0 m, maksimal chuqurlik 3—4 m evtroflashgan ko‘l boiib qish-
da dimiqish (zamor) hodisasi yuz beradi. Shuning uchun ham bunday
ko'lda baliqlashtirish ishlarini kuzda emas, balki erta bahorda bajarish
maqsadga muvofiq. Agarda suvlikning maksimal chuqurligi 8—12 metr,
mezotrof tipiga tegishli bo'lsa, baliqlashtirish
ishlari kuzda bajarilsa
ham bo'ladi (Devxona, Og'itma, Dengizko‘l).
Tirik baliq tashish muvaffaqiyatliligi transport tarasidagi suvning
kislorod rejimi ham sharoit bo‘lib hisoblanadi. Suvda erigan kislorod
ko‘rsatkichi fiziologik normada 7—8 mg/1, yoki 100—114 % to'yinish
darajasiga teng bo'lishi kerak. Suvdagi kislorod miqdorining o‘zgarishi
undagi baliq soniga bogiiq.
Transport tarasida qancha baliq ko‘p bolsa kislorodga bo‘lgan talab
shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham baliq tashish paytida
ko'proq baliq olishga emas, balki baliq tashish normasiga rioya qilish
zarur. Baliq tashishda yana baliq turi, baliq
yoshi ham hisobga olinishi
kerak. Baliq qanchalik yosh boMsa, u shunchalik kislorodga nisbatan ta-
labchan bo'ladi. 63-rasmda tovar yoki ota-ona baliq tutish texnologiyasi
ko'rsatilgan. Masalan, o'rtacha og'irligi 500—700 g keladigan karp, suv
harorati 10°C bo'lganda har bir kg og'irligiga nisbatan bir soat ichida 45
mg kislorod talab qiladi. Karp segoletkasining og'irligi - 35 g / bo‘lsa,
har bir donasi, bir soat ichida 120 mg kislorodni yutadi. Oq amur,
oq va chipor do'ngpeshananing kislorodga bo'lgan talabi bir xil. Bu
baliqlarning kislorodga nisbatan miqdor ko'rsatkichi quyidagicha. Is-
siqsevar baliqlar uchun suvda erigan kislorod ko'rsatkichining minimal
miqdori 4,5—6,8 mg/1, sovuqsevar baliqlar (forel, peled) uchun 11—12
mg/1 gacha bo'ladi.
Tirik baliq tashishning muvaffaqiyati yana suv sifatiga hamda tara-
dagi suv hajmi va baliq massasiga ham bog'liq. Suv hajmi va baliq turi,
massasi,
yoshi optimal munosabatlari, xususiyatlari, tashish masofasi
hamda suv aeratsiyasi imkoniyatlari hisobga olinadi. Har bir litr suvda,
aeratsiya imkoniyati bo'lgan taqdirda baliq chavoqlari va malkilar uc
hun tashish paytida, havo orqali kislorod berib turganda tavsiya etiladi-
gan normasi 67-jadvalda keltirilgan.
Agarda transport vositasida aeratsiya imkoniyati mavjud bo'lsa,
tashiladigan chavoqlar va malki soni oshiriladi. Karp chavoqlarini
kislorodli polietilen paketlarga solish normasi quyidagicha: agarda ta
shish masofasi 5 soatdan ortiq bo'lsa, unda har bir paketga 2000 dona
chavoq solinadi, agarda 5 soatdan kamroq bo'lsa, 3500—4000 dona har
bir paketga chavoq joylashtirish mumkin.
2 5 6