Dars tahlili uning ahamiyati nimada?



Download 27,5 Kb.
Sana23.01.2022
Hajmi27,5 Kb.
#405609
Bog'liq
Dars taxlili


Dars tahlili - uning ahamiyati nimada?
O`qituvchi mahoratini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri - darslarni qanchalik darajada samarali tashkil etishi bilan bog`liq. Bu esa mutaxassislar tomonidan darslar tahlil qilinganda aniqlanadi. Metodist va dars o`tuvchi o´rtasida ijodiy hamkorlikka asoslangan ushbu jarayonda mavjud kamchiliklar o´zaro, ochiq-oshkoralik ruhida to´ldiriladi. Bir so´z bilan aytganda, dars tahlili pedagogning dars o´tish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buning uchun esa kuzatuvchi dars tahlilining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat ekanligini yaxshi bilishi lozim. Xo´sh, ular nimalardan iborat? O`qituvchining darsga qanday tayyorgarlik ko´rganini aniqlash: O`qituvchida o´quv reja, dars konspekti va mavzu bo´yicha ishlanmalarning borligi, didaktik tarqatma material va ko´rgazmali qurollarning tayyorligi mashg`ulotga hozirlikning asosi hisoblanadi. Lekin, ta'kidlash joizki, o´qituvchining mashg`ulotga tayyorgarligini faqat shu bilangina (darsning kirish qismida) emas, balki butun mashg`ulot mobaynida kuzatish va tahlil etish lozim. Bu borada o´qituvchining ijodiy ko´rgazmalardan o´z o´rnida va samarali foydalanish mahorati ham hisobga olinishi kerak.
Darsning taxminiy rejalashtirilgan loyihasini ishlab chiqish, nazariy ma'lumot qismining amaliy mashg`ulot jarayonidan farqli jihatlarini ko`rsatish yoki texnologik xaritasini tayyorlash kabilar ham muhim ahamiyatga ega. Maqsad va vazifaning qo´yilishi. O`qituvchi har bir darsga aniq maqsad qo´yadimi? Maqsad qanchalik to´g`ri belgilangan? Vazifalar aniqmi? Dars bosqichlari uchun vaqtning to´g`ri taqsimlanishi, maqsad va vazifaning o´quvchi yoshi, imkoniyatiga mos kelishi mavzuning to´liq o´zlashtirilishida e'tibortalab jihat hisoblanadi.
Masalan, biologiya fanidan "O`simliklar olami" mavzusi misolida darsning maqsadi va vazifalarini ko´rib chiqamiz: o´quvchilarning o´simliklar olami haqidagi bilimlarini oshirish, o´simlik turlari haqida yangi ma'lumotlar berish, tabiat, atrof-muhitni asrash, nabotot olami haqidagi tasavvurlarini kengaytiradilar (Metodikada maqsad ko`pincha vazifaga aylanadi).
Tashkiliy ishlar tahlili. Bunda, mashg`ulot o`tkaziladigan xonaning darsga tayyorligi - gigienik talablar: o`quv xonasi va stolining tozaligi, o`quvchilarning kayfiyati va sog`ligi, yangi darsga hozirligi hamda eng asosiysi, dars jihozlari - bo`r va namlangan lattaning borligi. Shuningdek, o`qituvchining darsga taraddudi va uning tashqi qiyofasiga ham e'tibor beriladi.
Didaktik (yoki ta'limiy) tahlil. Tahlilning bu turida mavzuning ilmiyligi va izchilligi, oddiydan murakkabga tomon yo`nalishi, ko`rgazmaliligi va berilayotgan bilim, yangi axborotlarning hayotiyligi, ularning jonli va ravon tilda ochib berilishi, ta'lim mazmunining uzviyligi nazarda tutiladi. Bunda foydalanilishi lozim bo`lgan adabiyotlar va manbalar, didaktik materiallar, resurs va vositalar ham tavsiya etiladi. Darsda faqat o`qituvchi tomonidan tayyorlangan ko`rgazma materiallari emas, balki o`quvchilarning ijodiy ishlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq.
Uslubiy tahlil. Bunda o`qituvchi faoliyatining ikki tomoni: birinchidan, o`rganilayotgan mavzuning dasturda mo`ljallangan soat davomida, qanday usullar yordamida, o`quvchilarning yoshi va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yetkazib bera olishi, ularni o`ylashga, izlanishga yo`naltirishi va bunga sharoit yaratishi; ikkinchidan, o`qituvchi sifatidagi tajribalari qay darajada ekanligini namoyish eta olishi nazarda tutiladi. O`qituvchining faoliyati tahlil qilinayotganda, uning ijodkorligi, uslubiy mahorati, fanni nechog`li bilishi va didaktikasi ko`zga tashlanishi lozim. O`qituvchining ilg`or pedagogik va novatorlik tajribalari hamda innovasion faoliyatda mashg`ulot olib borishiga ham e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu o`rinda dars mazmunini yoki dasturini annotasiya shaklida quyidagicha tavsiya qilish mumkin: masalan, o`simliklar haqida tushuncha berish, ularning turlari haqida ma'lumotlar keltirish; o`simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyatini misollar orqali tushuntirish; o`simliklar olamini asrab-avaylash, muhofaza qilish va hokazo.
Dastur mazmunidan kelib chiqqan holda o`quv jarayonini tashkil etish texnologiyasini taxminan mana shu ko`rinishda berish mumkin:
dars shakli: suhbat, munozara, amaliy mashg`ulot;
dars metodi: juftlikda va kichik guruhda ishlash;
dars vositalari: tarqatma materiallar, gerbariylar, videolavhalar;
dars usuli: yozma, og`zaki, ko`rgazmali;
darsni nazorat qilish turi: testlar, savollar orqali;
darsni baholash: o`z-o`zini baholash, yakka tartibda baholash, rag`bat asosida baholash.
Metodologik tahlil. Ushbu tahlil asosida o`tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga uyg`un holda jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning o`quvchilarga yetkazilishi e'tiborga olinadi. Dunyo yangiliklari, globallashuv jarayonidagi o`zgarishlarga munosabat va boshqalarning dars mobaynida qay darajada aks ettirilishi metodologik tahlilda o`z bahosini topadi. Bunda o`qituvchi badiiy asarlar va ularning namunalari, xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanishi mumkin.
Psixologik tahlil. Bu tahlilda, avvalo, o`quvchilarning ruhiy holati, kayfiyati, ularning sog`ligi, jamoadagi sog`lom muhit, fanga bo`lgan qiziqishlari, dars berayotgan o`qituvchiga munosabati, hozirjavobligi, sezgir va topqirligi, idroki, yangi va avvalgi materiallarni esda saqlashlari, obrazli va mantiqiy tafakkurlari, fantaziyasi, mas'uliyati, qobiliyati va bilim, ko`nikma hamda malakalar darajasi tahlil etiladi. O`qituvchining favqulodda vujudga kelgan vaziyatdan o`z obro`sini saqlagan holda chiqa olishi, mashg`ulot jarayonida ishtirokchilar holatini his qilishi, o`zini boshqara olishi ham inobatga olinadi.
Pedagogik tahlil. Tahlilning bu turi ancha murakkab va mas'uliyatli bo`lib, o`qituvchining tashqi qiyofasi, o`quvchilar bilan til topisha olish mahorati, madaniyati, odobi bilan birgalikda dars jarayonida umuminsoniy tarbiyaning tarkibiy qismlarini o`quvchilarga bera olishi va uning nutq madaniyati ham nazarda tutiladi. Shuningdek, pedagogik kvalimetriya (kasbiy rivojlanish) - turli mavzularni ochishda pedagogik mahoratdan foydalana olish, mavzuga mos sun'iy vaziyatlar yarata olish va ushbu vaziyatlarni tahlil qilish, pedagogik deontologiya (kasbiy axloq odobi) - o`quvchilar bilan mavzu doirasida mantiqiy fikrlar orqali munozaraga kirisha olish va ana shu jarayonlarni to`g`ri boshqarish kabilar chuqur tahlilga tortiladi.
Eng asosiysi, mashg`ulot mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan milliy tarbiya (ekologik, iqtisodiy, axloqiy, jinsiy, mehnat, nafosat va milliy istiqlol g`oyasini singdirish) elementlari qanday amalga oshiriladi? Bu tarbiya turlaridan qay biriga aynan shu darsda ko`proq e'tibor berildi? Darsning tarbiyaviy ta'sir samarasi qanday bo`ldi kabi savollar pedagogik tahlilning asosini tashkil etadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o`qituvchining nutqi dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ovozdan to`g`ri va o`rinli foydalanish, mimika va jestlar ham o`z o`rnida bo`lishi kerakligiga e'tibor beriladi.
O`qituvchining hamkorlikdagi vazifasi tahlili. Dars o`qituvchi va o`quvchi hamkorligi natijasida yuzaga keluvchi jarayondir. Bu hamkorlikning qanday yo`lga qo`yilishi va uning samarasi pedagogning mahorati hamda bu borada belgilab olingan aniq maqsad-vazifalarga bog`liq. O`qituvchining hamkorlikdagi vazifasi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
o`quvchilarni fikrlashga o`rgatishi, kichik tadqiqotlarga yo`naltirishi (yakka tartibda, juftlikda, kichik guruhda ishlash ko`nikmalari ham alohida mazmun kasb etadi);
o`quvchilarning aniq fakt va materiallarni o`rganib, mulohaza yuritish, fikr bildirishini ta'minlashi, ularning tizimli fikrlash ko`nikmalarini shakllantirishi;
o`quvchilarni izlanishga, muhim ma'lumotni yordamchi ma'lumotlardan ajratib olish, mavzudagi asosiy maqsadni qidirib topishga o`rgatish;
o`quvchining mustaqil fikrini shakllantirishi hamda tizimli tafakkur qilish texnologiyasini rivojlantiruvchi mexanizmlardan samarali foydalana olishi.
Yakuniy tahlil (yoki xulosa). Tahlil yakunida o`qituvchining qanday mutaxassis ekanligi bo`yicha fikrlar va turli takliflar, yo`l-yo`riqlar bayon etiladi, pedagogning dars o`tish mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi omillar tavsiya qilinadi.

Nilufar YO`LDOSHEVA,



A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Maqola sanasi: 27 Oktyabr
Download 27,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish