Remont uchun ajratilgan zotlarni va zotdor ota-onalarni tashish uchun
yaxshi muddat bu kuz faslidir. Bu paytda suv harorati 5—7°C bo'lgani
ma’qul. Bir yashar va tovar baliqlarni transportirovka qilishda brezent cha-
nalardan yoki tirikbaliq tashiydigan mashinalardan foydalaniladi. Xo'jalik
ichidagi hovuzlarga tashish uchun suv hajmi baliqlar nisbati 1:3 ga tovar
baliqlar uchun esa suv hajmi nisbati 1:2 ga teng bo'lishi kerak.
Agarda avtosisterna-ATSJR-3 ni avtomashinaga tutashtirilgan bo‘lsa,
unda kompresser bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Bunday texnika orqali
tashilganda baliqlarning o'tkazish zichligi ancha yuqori bo'ladi. Bahor-
da va kuzda o'tkazilgan baliq materiallarni va tovar baliqlarni tashishda
hajmi 1300-1400 1 bo'lgan ANJ 2 mashinasidan foydalaniladi. Bunday
mashinalarda 400 kg gacha tovar baliq tashish inumkin. Bunday baliq
tashiydigan sisterna baliq solishdan oldin yaxshilab yuvilishi lozint.
Baliq o'tkazish materialini transportirovka qilishda va tovar baliqni
tashishda yo'lda to'xtash,
suv solish, yonilg'i quyish kabi ishlar uchun
bir soatdan ortiq vaqt sarflamasligi kerak. Transport harakati paytida
suv chayqaladi va ma’lum miqdorda kislorodga boyiydi. Transport vo-
sitasi to'xtaganda suv chayqalmaydi va suv to'xtab qoladi. Natijada,
suvdagi erigan kislorod miqdori kantayadi va baliqlarning nafas olish
faoliyati buziladi. Chunki suvdagi
organik chiqindilar oksidlanib, suv
dagi kislorod miqdorini kamaytiradi va eritrna holatiga keladi. Bunday
paytda majburiy aeratsiya oshiriladi. Nay orqali puflab havo yubori-
ladi. Agarda bu ishlar yordam bermasa, baliq ahvoli yomonlashaversa,
unda tara suvining bir qismini yangi suv bilan almashtiriladi. Yangi suv
qo'yilganda ko'l suvidan yoki hovuz suvidan foydalaniladi.
Quduq suvi yoki vodoprovod suvi solinmasligi kerak. Qo'yilgan suv
chiqarilgan suv miqdori bilan to'g'ri kelishi kerak.
Vodoprovod suvida xlor
bo'lib, baliqning moddalar almashinuvini buzadi. Quduq suvi esa kuchli
minerallashgan bo'lib, unda erigan kislorod (1—2 mg/1) kam bo'ladi.
Baliq tashiydigan taradagi baliqni suv havzasiga tushirilayotganda suv
havzasidagi suv harorati tara suv harorati bilan 1,5—2,0 °C gacha farq qili-
shi mumkin. Shuning uchun ham taradan baliqni suvga tushirishdan oldin
uning suv haroratini, suv havzasidagi suv harorati bilan muvofiqlashtiri-
ladi. Taradagi baliq suvga asta-sekinlik
bilan maxsus moslama, brezent-
nova orqali quyib yuboriladi. Bu ish tara suvining harorati hovuz suvi
bilan bir xil bo'lgandagina amalga oshiriladi. Agarda suv haroratlari farq
qilmasa, unda to'g'ridan to'g'ri baliqlar maxsus moslama brezent-nova
orqali baliqlar suv havzasiga qo'yib yuboriladi. Nova brezentdan qilingan
bo'lib, uzunligi 3 m, balandligi 20 sm bo'ladi. Quyidagi rasmga e’tibor
bering: bu usulda baliq nobud bo'lmaydi. 65-rasmda nova ko'rsatilgan.
258