Tadqiqot ob’ekti sifatida maktabgacha katta va tayyorlov guruh yoshidagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik jarayonlari bo’lib, Namangan, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi (jami 7 ta) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borildi.
Tadqiqot predmeti maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, nazariy- pedagogik tizimi.
Tadqiqot usullari Tadqiqot jarayonida ko’zlangan maqsadlarga erishish va qo’yilgan vazifalar yechimini topish uchun pedagogik kuzatuv, tanqidiy-qiyosiy tahlil, so’rovnoma, test, matematik-statistik tahlil, natijalarni umumlashtirish usullaridan kompleks foydalanildi
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning baholash mezonlari va xaritasi, indeksi orqali aniklashtirilgan;
xalqaro tajribalardagi maktabgacha yoshdagi bolalar integrallashgan faoliyatning kontseptual yo’nalishlarini komparativ tahlili asosida bolalar ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmi takomillashtirilgan;
bolalar faoliyatining ma’naviy-axloqiy tarbiya vositasida rivojlantirish modeli sub’ektlar faoliyati (o’yin, ijtimoiy, bilish, mehnat)ga oid xaritalar, integrativ-variativ dasturlari mazmuni asosida takomillashtirilan;
maktabgacha yoshdagibolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladigan (“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi
asosida ilg’or tajribalar, badiiy adabiyotlarni o’rganish, umumlashtirish va ulardan foydalanish yo’llarini ishlab chikilgan;
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash texnologiyasi takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning didaktik shart-sharoitlari tizimlashtirilgan;
“Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik tizimi” nomli monografiya va “Katta va tayyorlov guruhlar uchun integratsiyalashgan mashg’ulotlar ishlanmalari” (“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida), metodik qo’llanma, “Maktabgacha ta’limni integratsiyalash” nomli o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim amaliyotiga joriy etilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatini integratsiyalash jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modelidan foydalanishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |