1. Dissertatsiyani yozish va rasmiylashtirishning asosiy qoidalari
Magistrlik dissertatsiyasiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri- bu uning to’g’ri rasmiylashtirilishi bo’lib, bu nafaqat ish sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga uning muvaffaqiyatini ham ta’minlaydi.
Magistrlik dissertatsiyasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy ish hisoblanadi, shuning uchun uning yozilishi va rasmiylashtirilishiga asosiy talablar nomzodlik dissertatsiyasiga talablarga yaqinlashtirilishi kerak.
Materialning aniq va izchil bayon qilinishi dissertatsiyani yozishning asosiy tamoyilidir.
Yangi fikrni boshlaydigan iboralar xat boshidan boshlab yoziladi.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa sahifalarga o’tkazishga yo’l qo’yilmaydi.
Agar matnda boshqa manbalardan olingan materiallar ishlatilsa, unda ko’chirmachilikda ayblanmaslik uchun ular manbaini albatta matnda qayd qilish kerak.
Ko’chirmalar sahifa tagida xat boshi bilan yoki qizil satr bilan teriladi. Agar bir necha manba qayd qilinsa, unda ular izchil tartibda raqamlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining umumiy hajmi kompyuterda 1,5 interval bilan terilgan, oq qog’ozga (A4, 210-297 mm) tushirilgan 60 dan 80 sahifagacha (kamida 10000 so’z) bo’lishi kerak.
Dissertatsiya tadqiqoti matni hoshiyalari o’lchamlari: yuqorisi - 20 mm,
pastkisi - 20 mm, o’ng - 10 mm, chap - 25 mm.
Sahifaning tartib raqami yuqoridagi o’ng burchakda qo’yiladi.
Magistrlik dissertatsiyasi standartlarga muvofiq keladigan bosmaxona usulida muqovalangan bo’lishi kerak.
Boblar va sarlavhalar nomlarining rasmiylashtirilishi
Dissertatsiya tadqiqotining har bir bobi yangi sahifadan boshlab yoziladi. Bobning nomidan keyin paragrafning sarlavhasi qo’yiladi.
Bob yoki sarlavhalarning nomi asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajratib yoziladi.
Boblar va paragraflar nomlari xatboshisidan yoziladi, nuqta qo’yilmaydi, tagiga chizib, ta’kidlanmaydi va bochqa betga ko’chirilmaydi. Agar bunday nomlar ikki yoki undan ko’proq gaplardan iborat bo’lsa, unda ularning o’rtasiga nuqta qo’yiladi.
Bob nomi bilan matn o’rtasidagi interval 15 mm bo’lichi kerak, bob bilan paragraf nomlari o’rtasidagi interval - 8 mm bo’ladi.
Paragraflar arabcha raqamlar bilan raqamlanadi. Paragraf raqami oldidan bob raqami yoziladi, so’ngra paragraf raqami va nomi qo’yiladi. Raqamlar oxirida nuqta qo’yilmaydi (1.1).
Titul varag‘ini rasmiylashtirish
Dissertatsiya titul varag’ini rasmiylashtirish quyidagi talablarga muvofiq bo’lishi kerak:
dissertatsiya nomi - shrift 16;
muallifning familiyasi, ismi - shrift 14;
malaka - shrift 14.
Dissertatsiya ishi mavzuining nomi, magistrantning familiyasi, ismi, otasining ismi, «magistrlik dissertatsiyasi» iborasi va yil katta harflar bilan yoziladi.
Shriftni tanlashda faqat Times New Roman yoki Arial shriftlaridan foydalanish maqbuldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |