O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova


Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi



Download 292,31 Kb.
bet60/79
Sana06.04.2022
Hajmi292,31 Kb.
#532005
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова (1)

Muammoning ishlab chiqilganlik darajasi.


Bu yerda ushbu muammoning turli jihatlari bilan shug’ullangan mamlakatdagi va chet ellardagi olimlarni sanab o’tish, yetarli darajada yoritilmagan masalalarni qayd qilish kerak. Muallif mavzuni yaxshi o’zlashtirganligi, ilmiy matnlar va bibliografik material bilan ishlash uslubini egallaganligini namoyish etishi, bundan oldingi tadqiqotchilar va zamondoshlarning bu muammo yechimiga qo’shgan hissasini to’g’ri baholay olishini tasdiqlahhi lozim.
Mabodo bu muammo yetarli darajada yaxshi o’rganilgan bo’lsa, unda mazkur muammoga mavjud nuqtai nazarlarning tasnifini taklif qilish yanada yaxshi bo’ladi. Agar muammo yaxshi o’rganilmagan, olimlarning diqqatini o’ziga jalb etmagan bo’lsa, unda buni qayd qilib o’tish kerak bo’ladi, chunki bunda ijod qilish imkoniyati yanada kengayadi.
Pirovard natijada adabiyotlar tahlili ayni shu mavzuning hali ochib berilmaganligi (yoki faqat qisman ochib berilganligi yoki boshqa jihatdan ochib berilganligi) va shuning uchun bundan keyin ishlab chiqilishi zarurligi to’g’risidagi xulosaga olib kelishi kerak.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi.


Bu yerda tadqiqot jarayonida asosiy xulosa sifatida olingan, to’g’ri qo’yilgan masaladan va bu masalaga javob beradigan tadqiq etilgan zaruriy va yetarli holatlardan mantiqan kelib chiqadigan fikrlar qisqacha bayon qilinadi. Bu aniqlangan yangi fakt, qo’yilgan vazifaning asosli yechimi, yangi ma’lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirilishi, ma’lum faktning yangicha sharoitlar uchun tasdiqlashi bo’lishi mumkin. Yangilikni olingan natijani ma’lum bo’lgan natijalar bilan solishtirish orqali ko’rgazmali tarzda ko’rsatish ham mumkin.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti.


Tadqiqot ob’ekti va predmeti o’zaro bir-biri bilan umumiy va xususiy sifatida o’zaro nisbatda bo‘ladi. Ob’yektda uning tadqiqot predmeti bo’lib xizmat qiladigan qismi ajratib ko’rsatiladi. Dissertantning asosiy e’tibori ayni shu narsaga qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti dissertatsiya ishining titul varag’ida sarlavha sifatida ifodalangan mavzuini belgilaydi.

Download 292,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish