1-seminar mavzusi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar. Sharq va G‘arb tajribalaridan foydalanish
Reja.
Ta’lim jarayonida o’qituvchining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishi.
Zamonaviy ta’limda jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan talablari.
Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar
Sharq va G‘arb tajribalaridan foydalanish
O’qituvchining pedagoogik-psixologik va metodik bilimlari.
I.Yuqoridagi reja asosida ma’lumot tayyorlang.
II. Mavzuga oid masalalarni yechimini toping.
Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar. Sharq va G‘arb tajribalaridan foydalanish seminar mavzusiga doir yo’naltiruvchi topshiriqlar.
1- topshiriq. Quyida keltirilgan fikrlar bilan tanishing va ularni mazmunan boshlang’ich maktab rahbarining qaysi funktsiyasini ifoda etishini aniqlang.
hududiy, mikromuhit, ta’lim muassasasi, o‘quvchilarning o‘zlarini rivojlantirish bilan bog‘liq ulardagi ijobiy tashabbuskorlikniqo‘llab-quvvatlash;
o‘quvchilar tarbiyasidagi mavjud holat va doimiy o‘zgarishlarni aniqlab borish, tarbiyalanuvchi shaxsi hamda individual rivojlanishini tadqiq va taxlil etish, samarali natijalarga erishilmayotganligining sabablarini izlash;
o‘quvchilar bilan birgalikda tarbiyaviy faoliyatga doir maqsadlarni aniqlashtirish, sinf rahbarining burchi o‘quvchilarning yoshi va sinf jamoasining shakllanganlik darajasini hisobga olish;
o‘z-o‘zining va sinf jamoasi faoliyatini oqilona tashkil etishga yordam berish, pedagogikfaoliyatning ketma-ketligini belgilash, pedagogik jarayonning ketma-ketligi, izchilligi, tizimliligini ta’minlash;
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy, ma’naviy-axloqiy jihatdan to’g‘ro’ rivojlanishi uchun shart- sharoit yaratish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlash.
2-topshiriq.Quyida keltirilgan fikrlarni o‘rganib va ularni ikki — sinf rahbarining huquqlari va majburiyatlari tarzida turkumlang.
1.Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishi haqida ta’limotlar olish.
Murakkab muammolarni hal etishda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish.
Har bir o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish.
O‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini nazorat qilish.
O‘quvchilarning aqliy rivojlanishi,sinfda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.
Mazkur sinfda dars beradigan o‘qituvchilar ishini muvofiqlashtirish.
Maktab jamoasidan zarur pedagogik yordamolish.
Ota-onalar bilan aloqa o‘rnatish va ularga tarbiyaviy ishda yordamberish.
Bolalar bilan individual ishlash tartibini aniqlashtirish.
«Kichik pedagogik kengash», pedagogik konsilium,boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali sinf o‘quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni tashkiletish.
Boshlang’ich sinf rahbarining huquqlari
|
Boshlang’ich sinf rahbarining
majburiyatlari
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |