O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova


Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish



Download 292,31 Kb.
bet65/79
Sana06.04.2022
Hajmi292,31 Kb.
#532005
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова (1)

Matndagi qaydlar, ko’chirmalar va o’zlashtirilgan parchalarni rasmiylashtirish


Ishning bayoni jarayonida magistrant mazmun shartlariga muvofiq joylashtirilgan jadvallar, rasmlar, misollar, sxemalar, formulalar va boshqa elementlarni qayd qilib o’tishi mumkin, bunday qismlar o’zlari tegishli bo’lgan matn bilan yonma-yon qo’yilmasligi ham mumkin.
Boshqa manbalardan o’zlachtirilgan ma’lumotlar sahifa ostida izoh tarzida ko’rsatib o’tiladi. Izoh asosiy matndan uzun chiziq bilan ajratiladi va arabcha 123 raqamlari bilan raqamlanadi yoki *** kabi yulduzchalar bilan qayd qilinadi.
Dissertatsiya matnida ko’pincha boshqa mualliflar aniqlagan faktlarni qayd qilish yoki o’zlashtirilgan materialni matnga kiritishga to’g’ri keladi. O’zlashtirilgan parchalarni bayon ishida rasmiylashtirish shakllari xilma-xil, lekin nutqdagi akademik etiket bir qator barqaror nutq shtamplarini ishlab chiqqanki, ular o’zlashtirilgan material manbaini aniqroq va qisqaroq tarzda ko’rsatichga yordam beradi.
Boshqa manbalardan olingan barcha materiallarni izohda ko’rsatish kerak.
Masalan: (5. 42-bet).

Misollar:.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni1

Mirziyoyev.Sh.M Buyuk kelajakni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:O’zbekiston. 2017.(103 b)


Statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallarini rasmiylashtirish


Magistrlik dissertatsiyasida statistik materiallar, tahliliy va ishchi jadvallari beriladi.
Statistik materiallar matnda bayon qilingan axborotni qayd qilish uchun ishlatiladi.
Tahliliy jadvallar umumlashtiruvchi xulosalar va izohlarni talab qiladi. Ma’lumotlari ilgari matbuotda e’lon qilingan jadvallardan foydalanishda ushbu o’zlashtirilgan materialning ayni qaysi manbaida keltirilganligini izohda albatta ko’rsatish kerak. Agar matnda xorijiy tillardagi takliflar, qo’shimchalar yoki so’zlar mavjud bo’lsa, unda ular to’liq yozilishi kerak.
Ishlatilgan grafiklar, sxemalar, diagrammalar, rasmlar rasm ostidagi yozuv bilan to’ldirilishi lozim.

Foydalanilgan manbalarni bayon qilish qoidalari


Ishda foydalanilgan adabiyotlarning bibliografik ro’yxati ishning oxirida joylashtiriladi. Adabiyotlar bibliografik bayonda quyidagi izchillikda joylashtiriladi:

  • qonunlar, me’yoriy-uslubiy hujjatlar va materiallar;

  • mamlakatimizda va chet ellarda bosilgan ilmiy adabiyotlar (darsliklar, o’quv qo’llanmalari, monografiyalar, ilmiy maqolalar, ilmiy broshyuralar va hokazo);

  • statistik, yo’riqnomaviy materiallar va tashkilotlar va korxonalar hisobotlari;

  • internet – resurslar.

Har bir boshlang’ich manbalar bo’yicha quyidagilar ko’rsatiladi:

  • muallif familiyasi, so’ngra uning ismi-sharifi;

  • kitob nomi;

  • shahar nomi;

  • nashriyot nomi;

  • bosilgan yili.

Agar kitob mualliflari uch va undan ortiq kishilardan iborat bo’lsa, unda birinchi muallifning familiyasi, ismi-sharifini ko’rsatib, so’ngra “va boshqalar” deb qo’yish ham mumkin.
Shaharlar nomlari qisqartirmasdan bosh kelishikda yoziladi. Moskva, Leningrad, Sankt-Peterburg va Toshkent kabi shaharlar nomlarini qisqartirib yozish mumkin: Moskva - M., Leningrad - L., Sankt-Peterburg - SP., Toshkent - T. Agar kitob ikki shaharda bosilgan bo’lsa, unda ikkalasi ham yoziladi, masalan, M., L.
Agar kitobni ikki nashriyot chiqargan bo’lsa, unda har ikkala nashriyot nomi ham yoziladi, masalan: T.: «Fan», «Ekonomika».
Davriy matbuot haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

  • muallifning familiyasi, ismi-sharifi;

  • maqola nomi;

  • jurnal yoki gazeta nomi;

  • seriya nomi;

  • jurnal yoki gazetaning bosilgan yili;

  • jurnal yoki gazeta jildi va raqami;

  • sahifa raqami.

Ilmiy izlanish hisobotlarini bayon qilishda quyidagilar ko’rsatiladi: hisobot nomi (so’ngra, qavs ichida «hisobot» so’zi yoziladi); hisobotni chiqargan tashkilotning shifri, inventar raqami, nomi, ilmiy rahbarning familiyasi, ismi- sharifi, hisobotning chiqarilgan joyi, yili va sahifalari soni.

Download 292,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish