O’. Asqarova, Z. Qoraboeva, M. Samidjonova



Download 292,31 Kb.
bet39/79
Sana06.04.2022
Hajmi292,31 Kb.
#532005
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
5. QO\'LLANMA qo\'lyozmasi Ў.Асқарова (1)

Bilimning mukammalligi - buni aniqlash uchun tushunchaning barcha belgilari va ularning bir-biri bilan aloqasini ajratish kerak.

  • Bilimning chuqurligi — buning uchun u yoki bu tushunchalar va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini hamda ulardagi muhim belgilar sonini aniqlash lozim.

  • Bilimning operativligi (tezkorligi) - bu o‘rganilgan bilimlar o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli vaziyatlarni taqdim etish va ulardagi qarorlar qabul qilishni o‘z vaqtida bajarishligi bilan aniqlanadi.

  • Bilimning ixchamliligi — buni tekshirish topshiriqni hal qilishda bir necha usullarni uyushtirish yoki o‘xshash masalalarni hal qilishda bir shaklda bo‘lmagan yondashuvlar ichidan masalaga qulay va mosini tanlash orqali amalga oshiriladi.

  • Bilimning aniqligi va umumiyligi — umumlashtirilgan bilimning aniq namoyon bo‘lishini ochib berish mahorati, aniq bilimlarni umumlashtirish

    ostida yakunlash, xususiylikdan umumiylikka (induksiya) o‘tkazish qobiliyatini aniqlash bilan tekshiriladi.

      1. Bilimning tizimiyligi — buni topshiriqlarni tushunchaning ierarxiyasini aniqlashdagi ularning izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi tizimi bilan tekshiriladi.

    Endi bular asosida bilimni tekshirish va nazorat qilish masalasi bayoniga o‘tadigan bo‘lsak, uning ko‘p qirraligi va ko‘p variantliligiga e’tibor berish kerak. Ularning ko‘pchiligi bilimni, bu muammoning umumiy va xususiy masalalarini baholash va nazorat qilishni, ularni tashkil etishning funksiyalari, metodlari va tamoyillariga tegishlidir.
    Nazorat qilishni tashkil etuvchi funksiya, uning butun o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga ta’sir qilishida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilarning talabalar bilimini o‘zlashtirishdagi qiziqishi, faolligi, ijodiy mustaqilligini oshirishga, ularni amaliy faoliyatga tadbiq etish, mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirishda yordam beruvchi o‘qish - o‘qitishning mazmuni, shakllari, usul va vositalarini ishlab chiqish va foydalanishga yo‘naltirilgan bir maqsadga qaratilgan faoliyati tushuniladigan faollik, pedagogik jarayonning tashkil etuvchi markaziy jihati hisoblanadi.
    Maqsadli tashkil etilgan pedagogik nazorat katta tarbiyaviy natija beradi. Sohadagi ilmiy izlanishlar natijalari shuni ko’rsatadiki, o‘qitish natijalarini tekshirish bilimni takomillashtirishga katta yordam beradi, ularni aniqlashtiradi va muayyan tizim bo’yicha shakllantiradi, xotira hamda fikrning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Ishoritning ta’lim, o‘qish-o‘qitish va tarbiya bilan aloqasi tamoyili, nazoratning oliy o‘quv yurti umumpedagogik nazoratining ajralmas qismi sifatida zarurligini tasdiqlaydi. Bunda nazorat rolini me’yorida saqlash muhim ahamiyatga ega, chunki ta’lim-tarbiya ishining muvaffaqiyati umumpedagogik jarayonda nazoratning qo‘yilish darajasi bilan aniqlanadi. Bu borada pedagogik nazoratning xolislik tamoyiliga turli yo‘llar bilan erishiladi. Bundagi birinchi yo‘l - jamoaviy baholashni shakllantirish. Bunda olingan baholar bir qancha sub’ektiv fikrlar doim ham ob’ektiv bo‘lavermasada, ko‘pincha uni xolis deb qabul qiladilar.
    1. Mustahkamlashni ta’minlashga oid savollar:


    • Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
    • Pedagogik diagnostika termini fanga kim tomonidan va qachon kiritilgan?
    • Bilimlarga qo‘yilgan talablarni sanab bering.
    • Nazorat turlari va ularning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
    • Reyting so‘zining lug‘aviy ma’nosini ayting.
    1. Mavzu bo‘yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:


    • Fanga pedagogik diagnostika tushunchasi 1968 yilda K.Ingenkamp tomonidan kiritilgan;
    • Bilimlarga qo‘yilgan talablar quyidagilardan iborat: bilimning tushunarliligi; bilimni tushunishlik; bilimning mukammalligi; bilimning chuqurligi; bilimning operativligi (tezkorligi); bilimning ixchamligi; bilimning aniqligi va umumiyligi; bilimning tizimiyligi;
    • So‘nggi nazorat. Bu yakuniy nazoratlar natijalari to‘g‘risida qarorni jamoaviy bo‘lib qabul qilish kerak bo‘lgan komissiya tarkibida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Talabalarga nafaqa belgilash va ularni kursdan - kursga o‘tkazish hamda yakuniy davlat attestatsiyasi so’nggi nazoratga tegishli.


    1. Mavzu bo‘yicha muammoli savollar va topshiriqlar:


    • Talabalar bilimini o‘lchash va baholash zamonaviy o‘qish - o‘qitish nazariyasida qanday ahamiyatga ega?


    • Bayon qilinadigan ma’lumot bilan o‘zlashtiriladigan ma’lumot orasidagi funksional bog‘lanish haqida yozma ma’lumot tayyorlang. Ularni muayyan misollar asosida tahliliy xulosasini (hosil bo‘lgan qonuniyatni) e’tiboridan chetda qoldirmang;
    • Ijodiy faoliyatda bilimga qo‘yilgan talablarga e’tibor berish shartmi? Agar shart bo‘lsa nima uchun?



    Download 292,31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish