Tadqiqot vazifalari bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun yo’llar va vositalarning tanlanishidir.
Vazifalarni maqsadga erishish uchun qilinishi zarur bo‘lgan narsaning tasdiqlanishi shaklida ifodalash eng ma’qul variantidir.
Vazifalarning qo’yilishi tadqiqot maqsadining kichik maqsadlarga bo’linishiga asoslanadi. Vazifalarning sanab o’tilishi unchalik murakkab bo’lmagan vazifalardan eng murakkab, ko’proq mehnat talab qiladigan vazifalarga tomon yurish tamoyili bo’yicha ko’riladi, ularning soni esa tadqiqotning teranligi bilan belgilanadi. Vazifalarni juda sinchiklab ifodalash zarur, chunki keyinchalik ular yechimlarining bayoni boblar mazmunini tashkil etadi. Boblar sarlavhalari ayni shu vazifalar ifodalaridan hosil bo’ladi.
Ilmiytadqiqotningtipikvazifalari
tadqiq qilinayotgan hodisani bayonqilish sabablar va shartlarni aniqlash sabablarni izohlash tadqiq qilinayotgan hodisalarning tasnifini qurish qonuniyatni aniqlashvaasoslashmazmunnitushunishvaizohlashaniqlangan, bayon qilingan va izohlangan hodisa uchun nomberish Anik ilmiy pedagogik vazifani hal etishga ehtiyojning aniqlanishi. Mavjud vaziyatdagi holatni qanday o’zgartirishni bilmagan, bunga hech kim yordam bera olmaydigan holda uni o’zgartirish yuzasidan kuchli xohish-istak paydo bo’lishida ifodalanadi (ma’lum texnologiyalar xohlagan samaraga erishishga imkon bermaydigan holda texnik yoki ma’muriy ziddiyat darajasida-empirik fakt yoki ta’sir ko’rsatish natijasini bashorat qilishni izohlash zarur bo’lganida ehtiyoj paydo bo’ladi).
Ilmiy tadqiqotni o’tkazishga ehtiyojning belgilanishi.
Agar ilmiy tadqiqot ma’lum va hamma tomonidan qilinishi mumkin bo’lsa, unda bunday tadqiqotni o’tkazish talab etilmaydi.
Markaziy ilmiy, ko’pincha ilmiy-ommaviy nashrlar bo’yicha batafsil tahlil o’tkazilganidan keyin va shunga o’xshash yechimlar topilmaganida tadqiqotchi original yechimni topish uchun to’liq ilmiy tadqiqotni o’tkazish bo’yicha reja tuzishi kerak bo’ladi.
Maqsad — ehtiyoj mahsuli. Aniq ifodalangan ehtiyoj ko’pincha maqsadni belgilaydi. Ilmiy tadqiqotni o’tkazishda asosiy maqsad shu asosiy maqsaddan kelib chiqadigan, jami bo’lib ilmiy-texnik ishga singib ketadigan kichik maqsadlarga bo’linib ketadi. Ularni o’z o’rinlariga to’g’ri joylashtirish zarur, shunda maqsadlarning joy-joyiga tushishi va ilmiy izlanishdagi muayyan izchillik hosil bo’ladi.