4.
Glikogenez -
glukozadan glikogen (glikogensintetaza fermenti ishtirokida)
hosil bo‘lishi.
Glikogenoliz -
glikogenning parchalanishi (gliikogenfosforilaza
fermenti ishtirokida) va glukoza hosil bo'lishi.
Glukoneogenez
glukozaning
aminokislotalar,
glitserin, sut va pirouzum kislotalari va Krebs sikli
metabolitlaridan sintezlanishidir.
5. Glikolizning hujayrada glukoza parchalaDishining uchta asosiy yo‘li
mavjud: 1 - sut kislota hosil bo'lishi va 1 mol glukozadan 2 mol ATF
ajralishigacha bo'lgan anaerob glikoliz; 2-1 mol glukozadan 36 mol ATF hosil
bo'lishi bilan C 02 va H20 ning aerob parchalanish; 3 - pentoz sikl - hujayrani
anabolik maqsadlarda NADFN va riboza bilan ta’minlaydi.
6. Yog'lar organizmda energiya manbai hisoblanadi: endogen suv manbai;
plasdk rol o'ynaydi - juda kerakli yog* kislotalarmi saqlaydi; himoya funksiyasini
bajaradi (a’zolami
shikastlanishdan, terini qurishdan, organizmni sovqotishdan
saqlaydi); yog'da erivchi vitaminlaming shimilishida ishtirok etadi.
7. Lipidlar peroksidlanishi (LPO) tarkibida to'yinmagan yog' kislotalarini
saqlovchi lipidlaming oksidlanishi bo'lib, har xil peroksidlanish mahsulotlari -
lipoperoksidlangan m oddalaming hosil b o 'lish i bilan tavsiflanadi.
Lipoperoksidlangan moddalaming hosil bo'lishi ko'pincha erkin radikalli (faol)
kislorod shakllarining ta’sirida lipoksigenaza fermentlari ishtirokida kechadi.
Kislorodning faol shakllari: superoksid anioni, vodorod peroksidi, gidroksil
radikali va b. organizm hujayralarida aerob glukoliz natijasida hosil bo'ladi.
Cadenas (1989) ma’lumotlariga ko'ra, iste’mol qilinadigan kislorodning 5
%
peroksidga aylanadi. Kislorodning erkin radikalli shakllari biologik membrana
LPO ni stimullaydi.
LPO jarayoni davomida ham peroksidlar, ham gidroperoksidlar hosil bo'ladi.
Bu murakkab zanjirli jarayonlaraing oxirgi mahsulotlari aldegidlar (malonli
dialdegid, geksanal va b.), ketonlar, past molekulali alkanlar va b. hisoblanadi.
Gidroperoksidlarning har xil shakllari linoleatlar, araxidonat va boshqa
to'yinmagan yog' kislotalari metabolitlarining peroksidlanishi
natijasida hosil
bo'lishi mumkin. LPO davomida hosil bo'luvchi siklik gidroperoksidlar
prostaglandinlar, prostatsiklin, tromboksan biosintezida ishtirok qilishi mumkin
(Lankin V. Z., 1981). Prostaglandinlar peroksidlari kuchli biologik ta’sir ko'rsatadi,
ichak silliq mushaklari, koronar tomirlar qisqarishini, trombotsitlar agregatsiyasini
chaqiradi. Sterinlar gidroperoksidlari steroid gormonlar sintezi va ulaming boshqa
mahsulotga aylanishida muhim rol o'ynaydi. Shunday qilib, LPO me’yoriy
metabolik jarayon hisoblanadi. Ammo me’yorda uning darajasi nihoyatda past.
Peroksidlar intensiv hosil bo'lishida biologik membranalarga shikastlovchi ta’sir
ko'rsatishi va hujayraning subhujayra organellalariga toksik ta’sir qilishi mumkin.
8. Yog' almashinuvining asosiy bosqichlari. Ovqat yog'lari emulgirlanadi,
oshqozon-ichak trakti lipolitik fermentlari (me’da shirasi, pankreatik shira
lipazasi) ta’sirida glitserin va yog' kislotalariga qadar parchalanadi. Glitserin
qonga so'riladi, yog' kislotalari o't
kislotalari bilan birikib, xoleinatlar hosil
qiladi va u limfaga so‘riladi. Ichak devoridayoq yog* qisman glitserin va yog‘
kislotalardan resintezlanadi, oqsil bilan bog‘lanadi va lipoproteidlar shaklida
qonda sirkulatsiya qiladi. Lipoproteidlaming to‘rt sinfi: xilomikronlar (ekzogen
yog‘ning transportlanadigan shakli), o‘ta past zichlikka ega bo‘lgan lipoproteidlar
- 0 ‘PZL (yoki prebeta - lipoproteidlar), past zichlikka ega lipoproteidlar - PZL
(yoki beta -lipoproteidlar), yuqori zichlikka ega lipoproteidlar - YUZL (yoki
alfa - lipoproteidlar) farq qilinadi. Lipoproteidlar asosan 0 ‘PZL va xilomikronlar
tarkibida qon plazmasida yog‘ uchglitseridlar ko'rinishida transportlanadi
(tashiladi). Me’yorida uning miqdori 1-2,3 mmol/l. Transportlangan yog‘ning
boshqa bir shakli - esterifitsirlanmagan yog‘ kislotalari (E - lanmagan YOK)
hisoblanadi, ulaming miqdori qonda me’yorda 640- 880 mk mmol/l tashkil qiladi.
Yog‘ uchun birinchi baryer (to‘siq) o‘pka hisoblanadi, u Upopeksik funksiyani
bajaradi, ya’ni yog‘lami ushlab qoladi va parchalaydi. Hosil bo‘ladigan yog‘
kislotalari qisman oksidlanadi va o‘pkada gaz almashinuvi uchun energiya beradi.
Lipoproteinlar o‘pka baryeridan o‘tgach, lipoprotein lipaza fermenti ta’siriga
uchraydi. Geparin lipoprotein lipazani faollashtiruvchi (tiniqlashtiruvchi omil)
hisoblanadi, u biriktiruvchi to‘qima semiz hujayralaridan ajraladi.
Lipoprotein
lipaza fermenti a’zolar kapillarlari endoteliyasida hosil bo‘ladi, lipoproteinlardagi
yog‘ni e - lanmagan YOK va glitseringacha gidrolizlanishini va gidroliz
mahsulotlarini hujayraga kirishini ta’minlaydi. Hujayralarda e - lanmagan YOK
oksidlanishi asosiy almashinuvning yarmini ta’minlaydi (Leytes S. М., Lapteva
N. N., 1967). Yog‘ kislotalari (3 - oksidlanishga uchraydi. Yog‘ kislotalari
yonishining oxirgi mahsulotlari (Krebs siklida) C 02 va H20 hisoblanadi. Yog‘
almashinuvi oraliq m ahsulotlari keton tanachalaridir (P-gidroksim oy,
atsetosirkokislota, atseton). Me’yorda qonda ulaming miqdori 0,08-0,43 mmol/
1.
9. Organizmda doimo lipoliz va liposintez jarayonlari kechadi. To‘qimada
liposintezni ikkita gormon: insulin va prolaktin kuchaytiradi. Lipoliz ko'pgina
gormonlar: somatotrop, tirotrop, adrenalin, tiroksin va b. yog‘ mobilizatsiyalovchi
gormonlar ta’sirida kuchayadi. Ular hujayra qobig‘idagi adenilsiklazani
faollashtiradi, bu esa ATF dan siklik AMF hosil bo‘lishiga
olib keladi,
uchglitserinlipaza fermenti faollashadi, natijada lipoliz va e - lanmagan YOK
ajralishi kuzatiladi.
10. Me’yorida sogiom katta odam qonida umumiy lipidlar 4-7 g/l va
xolesterin 3,9-6,3 mmol/l tashkil qiladi.
11.
Do'stlaringiz bilan baham: