O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/219
Sana31.03.2022
Hajmi11,17 Mb.
#520458
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y. (1)

Oqsilning asosiy funksiyalari.
Organizmga ovqat bilan kiruvchi oqsil 
plastik va energetik maqsadlarda xizmat qiladi. Oqsilning plastik ahamiyati 
hujayraning turli tuzilish komponentlarining o‘mini to‘ldirish va ulami yangidan 
hosil qilishdan iborat. Uning energetik ahamiyati esa organizmni oqsil 
parchalanishida hosil bo‘luvchi energiya bilan ta’minlashdan iborat. Shuningdek 
oqsil modda almashinuvining hamma turlarini ta’minlash funksiyasini ham 
bajaradi. Bu fermentlar, gormonlar va boshqa biologik muhim birikmalaming 
sintezlanishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari oqsillar qonning kolloid-osmotik


bosimini saqlaydi, transport funksiyasi (karbonsuvlar, lipidlar, gormonlar va boshqa 
moddalaming tashilishi) bajaradi, qon ivishi va h.k. larda ishtirok etadi. 
Oqsillaming biologik qiymati tushunchasi ularda almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalaming bo‘lishi (ular 8 ta: valin, leysin, izoleysin, treonin, metionin, 
fenilalanin, triptofan, lizin) bilan bog‘liq.
12. 
Oqsil almashinuvi bosqichlari.
Oshqozon-ichak traktida oqsillar 
proteolitik fermentlar: me’da shirasidagi pepsin, pankreatik shiradagi tripsin 
va xemotripsin, ichak shirasi peptidazalari ta’sirida oxirgi mahsulotlar -
aminokislotalargacha parchalanadi. Katta odam qon plazmasida oqsillar 
umumiy miqdori 65-85 g/l tashkil qiladi. Oqsilning asosiy fraksiyalari 
albuminlar (40-50 g/l), globulinlar (20 -3 0 g/l) va fibrinogen (2-4 g/l) 
hisoblanadi. Tarkibida fibrinogen bo‘lmagan qon plazmasi zardob deyiladi. 
Organizm hujayralarida kechadigan oqsil oraliq almashinuvi dezaminirlanish, 
transaminirlanish va dekarboksilirlanish jarayonlarini o ‘z ichiga oladi. 
Aminokislotalar parchalanishini oxirgi mahsulotlari ammiak, siydikchil, biogen 
aminlar, C 0 2va H ,0 hisoblanadi. Aminokislotalaming dezaminirlanishi 
natijasida hamma to‘qimalarda ammiak hosil bo'ladi. Siydikchil jigarda 
ammiakdan sitrullin - arginino - amitin siklida hosil bo‘ladi.
13. To'qimalarda doimiy oqsil parchalanishi bilan bir qatorda, oqsil sintezi 
ham kechadi. Oqsil parchalanishini kuchaytiruvchi, ya’ni katabolik gormonlarga 
glukokortikoidlar va tiroksin kiradi. Katabolik gormonlaming asosiy ta’sir qilish 
mexanizmi oqsil parchalanishini ta’m inlovchi ferm entlar sintezining 
induksiyalanishidan iborat. Anabolik, ya’ni oqsil sintezini kuchaytiruvchi 
gormonlarga somatotrop gormonlar, insulin, anabolik steroidlar kiradi. Anabolik 
gormonlaming asosiy ta’sir qilish mexanizmi - aminokislotalar uchun hujayra 
o'tkazuvchanligining oshishi, i - RNK, ATF sintezining kuchayishidan iborat.
14-mashg‘ulot
1. 
Katta odamlar organizmida suv tana og‘irligining 60 % ni, chaqaloqlarda 
esa 75 % ni tashkil qiladi.
2. Suv hujayralarda, a ’zolarda va to‘qimalarda modda almashinuvi jarayoni 
kechadigan muhit hisloblanadi. Suvning organizmga uzliksiz kirishi hayot- 
faoliyatni saqlovchi asosiy shartlardan bin hisoblanadi. Bola organizmida modda 
almashinuvi intensivligining yuqori bo‘lishi, ko‘p miqdorda suv talab qiladi.
3. Suvning ko‘p qismi (35- 45 %) hujayra ichida bo‘ladi. Bu intratsellular 
suvdir. Uning kam qismi (15-25 %) hujayra tashqarisidagi yoki ektratsellular 
suvdir. U 
tomir
ichidagi, hujayralar orasidagi va transselluJar suyuqliklarga (ovqat 
hazm qilish kanali sekreti, seroz bo‘shliqlar, orqa miyadagi suyuqliklar) bo‘linadi.
4. Katta odam bir kunda o‘rtacha 2,51 suv qabul qiladi. Undan 1,21 - ichish 
bilan, 11 - ovqatlar bilan kiradi, 0,3 1 -
endogen suv
hisoblanadi (almashinuv 
kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladi).
5. Bir kunda katta odam organizmidan o‘rtacha 2,5 1 suv ajraladi: 1-1,5 1 
buyraklar, 0,5-11 teri, 0,4 1-o‘pka, 0,1—
0,2 1 axlat orqali.


6. Suv almashinuvini regulatsiya qiiuvchi asab markazi gipotalamusda 
joylashgan. Suv-elektrolit gomeostazi ikkita mexanizm: tomirlar va yurak 
bo‘shlig‘ining hajmiy yoki volumoretseptorlarni ta’sirlantirish, organizm 
suyuqlikiari va to‘qimalarida tuzlaming osmotik konsentratsiyasi o'zgarishini 
qabol qiiuvchi osm oretseptorlam i ta ’sirlantirish orqali saqlanadi. 
Osmoretseptorlaming qitiqlanishi gipofiz orqa boMagi antidiuretik gormoni 
ajralishini stimullaydi. Natijada buyrak kanalchalarida suv reabsorbsiyasi 
kuchayadi (osmoregulatsiya refleksi). Qon hajmining kamayishida yurak o‘ng 
bo‘lmachasi volumoretseptorlarining qitiqlanishi aldosteron sekretsiyasini 
oshiradi. Bu gormon natriy reabsorbsiyasini kuchaytiradi va suvning saqlanishiga 
imkon beradi.
7. Natriy asosan hujayra tashqarisida saqlanadi. Hujayralarda kam miqdorda 
35 mmol/I boMadi, qonda esa uning miqdori 143 mmol/l ga teng. Kaliy hujayra 
ichi elektroliti hisoblanadi: 98 % hujayra ichida va faqat 2 % hujayra 
tashqarisidagi bo‘shliqda bo‘ladi. Qon plazmasida kaliy miqdori 3,8-5,1 mmol/ 
1 atrofida. Natriy va kaliy asosiy potensial hosil qiiuvchi ionlar hisoblanadi. Asab 
impulslarining hosil boiishida ishtirok qiladi. Kaliy va natriy ionlarining o‘zaro 
ta’siri organizm hujayralari qo‘zg‘aluvchanligini aniqlaydi. Hujayralarda natriy- 
kaliy nasos deb nomlanuvchi va hujayradan natriy ionlarining chiqishini, 
hujayraga kaliy ionlarining kirishini ta’minlovchi mexanizm mavjud. Natriy va 
kaiiy asosiy kationlar sifatida kislota-asos muvozanatini saqlashda ishtirok qiladi, 
yurak-tomir tizimi funksional holatiga ta’sir ko'rsatadi. Natriy organizm 
suyuqlikiari osmotik bosimini regulatsiya qiladi, to‘qimalarda suvni ushlaydi, 
ionlar balansini saqlaydi.
8. Qon plazmasida me’yorda kalsiy miqdori 2,5 mmol/l (10-11 mg %); 
noorganik fosfor 0,06 mmol/l; magniy 0,75-1,2 mmol/l. Kalsiy skelet tuzilisbi 
uchun zarur; uning 90 % suyak to‘qimasida bo‘ladi (kalsiy fosfat va kalsiy 
karbonat shaklida cho‘kadi). Kalsiy asab impulslarining uzatilishi, skelet va silliq 
mushaklar qisqarishi, yurak mushaklar faoliyati va qon ivishi jarayonida ishtirok 
qiladi. Magniy ko‘pgina fermentli jarayonlarining faollashishida, mushaklar 
qisqarishi, asab tolalari orqali qo‘zg‘aluvchanlikning o‘tkazilishida muhim rol 
o‘ynaydi. Magniy o‘zining asab va mushak to‘qimasi funksiyaga ta’siri bo‘yicha, 
kalsiyning antagonisti hisoblanadi. Fosfor muhim bioorganik birikmalar 
(nukleotidlar, nuklein kislotalari, fosfolipidlar, fosfor efirlari, karbonsuvlar, qator 
vitaminlar va kofermentlar) tarkibiga kiradi, organizm hayot-faoliyatining har xil 
metabolik jarayonlarida ishtirok etadi.
9. 
Fosfor-kalsiy almashinuviga qalqonsimon old bezi (paratgormon). 
qalqonsimon bez (kalsitonin) gormonlari, vitamin D, oshqozon-ichak trakti rN 
ta’sir ko‘rsatadi. Paratgormon kalsiyning oshqozon-ichak traktida shimilishini 
stimullaydi va buyrakda fosfor reabsorbsiyasini susaytiradi. U kalsiyni 
suyaklardan mobilizatsiya qiladi. Shuning uchun paratgormonning ortiqcha 
bo‘lishi giperkalsiemiya va gipofosfatemiyaga imkon tug‘diradi. Kalsitonin


paratgonnonning antagonisti boMib, kalsiyning qondan suyakka o‘tishini 
stimullaydi. Shu bilan birga gipokalsiemiya va suyaklar mineralizatsiyasiga olib 
keladi, buyrak kanalchalarida fosfor reabsorbsiyasini kuchaytiradi, 
giperfosfatemiya chaqiradi. Oshqozon-ichak traktining kislotalik muhiti, 
shuningdek vitamin D ichakda kalsiy shimilishiga yordam beradi, ishqoriy muhit 
esa unga qarshilik ko‘rsaladi.
10. 
Organizm to‘qimalarida mikroelementlar 1:100 000 va undan kam 
konsentratsiyada bo‘ladi. Temir, mis, rux, marganets, kobalt, molibden, oltingugurt, 
brom va boshqalar organizm hayot-faoliyati uchun nihoyatda zarur.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish