Reparativ regeneratsiya -
shikastlovchi omil ta’siridan keyin, tuzilma
shikastlanishlarining yo‘qotilish (likvidatsiya) jarayoni. U to‘liq (restitutsiya) -
o‘lgan to'qimaning xuddi o‘ziga o'xshash to‘qima bilan tiklanishi va to‘liq
bo‘Imagan (substitutsiya) - shikastlanish hududida chandiq hosil bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladi.
7. Kraxmalga sifatli reaksiya yod bilan reaksiya hisoblanadi: ko‘k rangga
bo‘yalish kuzatiladi. Oqsilga sifatli reaksiya - sulfosalitsil (yoki azot) kislota
bilan reaksiya hisoblanib, bunda eritma loyqalanadi.
8. Fenolftalein indikatori nordon va neytral muhitda rangsiz, ishqoriy muhitda
to‘q qizil (malina) rangni beradi.
11-mashg‘uIot
1.
Izotermiya
tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan tana
haroratining doimiyligidir. Odam va oliy hayvonlar izotermiya xususiyatiga ega.
Ular hayotida harorat gom eostazining roli nihoyatda yuqori. Chunki
fermentlaming - biologik katalizatorlaming me’yorda ishlashi uchun optimal
harorat (36 - 37° C) zarur.
2. Tana haroratiga bog‘liq holda ikki xil: gomoyoterm - issiq qonli va
poykiloterm - sovuq qonli hayvonlar ajratiladi. Tana harorati
gomoyoterm
hayvonlarda doimiy, poykilotermlarda o ‘zgarib turuvchi va tashqi muhit
haroratidan kam farq qiladi. Gomoyoterm hayvonlarga qushlar, sut emuvchilar,
odam kiradi. Poykilotermlarga oddiy hayvonlar (baliqlar, suvda va quruqlikda
yashovchilar, sudraluvchilar va b.) kiradi.
3. Termoregulatsiya markazi gipotalamusda joylashgan. U issiqlik hosil
bo‘lishi va tashqariga berilishini boshqaradi va tana haroratining doimiyligini
saqlaydi.
4. Haroratning doitniyligi kimyoviy va fizik tennoregulatsiya orqali amalga
oshiriladi. Kimyoviy termoregulatsiya - issiqlik hosil bo'lishi, fizik - issiqlikning
tashqariga berilishining boshqarilishidir. Issiqlik hosil bo'lishi organizm
hujayralarida modda almashinuvi natijasida kechadi; issiqlikning tashqariga
berilishi fizik jarayonlar (bug‘lanish, nurlanish, o‘tkazilish yoki konveksiya)
orqali amalga oshiriladi.
5. Sog‘lom odamning tana harorati (qo‘ltiq ostida) 36,5-36,9° C, to‘g ‘ri
ichakda 37,2-37,5° C. Kun davomida tana harorati 0,5-0,7° С atrofida o*zgarib
turadi. Tinch holat va uyqu haroratni kamaytiradi, mushak faoliyati esa uni oshiradi.
6.
Gipotermiya
(organizmni sovitish) issiqlik balansining buzilishi bo‘lib,
tana haroratining kamayishiga olib keladi.
7.
Gipertermiya
(organizmning ortiqcha qizishi) tana haroratining vaqtincha
ko‘tarilishi bo‘lib, termoregulatsiya mexanizmining buzilishi, issiqlikning
tashqariga berilishi, issiqlik hosil bo'lishining bir-biriga mos kelmasligi natijasida
kelib chiqadi.
12-mashg‘ulot
1.
Immunitet
(lotincha «immunitas» - «nimadandir ozod bo‘lish») - har qanday
genetik yot agentlami, kasal chaqiruvchi mikroblar va ulaming toksinlarini, qabul
qilmaslik, yuqtirmaslik. Immunitetning biologik roli infeksiyaga qarshi kurash,
o‘sma o'sishining oldini olish, qarilikka qarshi kurash, organizmning individual
antigen xususiyati (antigen gomeostazi)ni saqlashdan iborat.
2. Immunitet to‘g‘risidagi fan
immunologiya
deyiladi. Eduard Djenner (1796)
chechakka qarshi emlash usulini kashf qildi. Ilmiy immunologiya asoschisi Lui
Paster (XIX asr ikkinchi yarmi) infeksion kasalliklar (tovuq vabosi, sibir yarasi,
quturish) qo'zg'atuvchilarini kuchsizlantirish usulini ishlab chiqdi, infeksiyaga
qarshi spetsifik immunizatsiya mumkin ekanligini isbotladi. I. I. Mechnikov
hujayra immuniteti (fagotsitoz) rolini isbotladi; P. Erlix kasal qabul qilmaslikda
gumoral omillar (antitanalar) rolini tasdiqladi.
3. Nasliy (tur) va orttirilgan immunitet farq qilinadi. Nasliy immunitet nasldan-
naslga beriladi va tur rezistentligi (chidamliligi) bilan bog'liq. U mutloq va nisbiy
bo'lishi mumkin. Mutloq tur immunitetiga misol: odamda it va shoxli hayvonlar
tounini (chuma) yuqtirmaslik xususiyati bor. Hayvonlar vabo va bo'g'ma kasalligi
bilan kasallanmaydi. Nisbiy tur immunitetiga misol: noqulay sharoit (sovqotish,
ortiqcha qizish, avitaminozlar va h.k.) yaratish orqali kasallik yuqtirmaslikni
o'zgartirish mumkin. Masalan, sovqotishda tovuqlarga sibir yarasini yuqtirish
mumkin. Odatda esa ular bu kasallik bilan kasallanmaydi. Odamda orttirilgan
immunitet uning hayoti davomida shakllanadi va nasldan-naslga berilmaydi.
4. Orttirilgan immunitet tabiiy va sun’iy xillarga bo'linadi. Ulaming har
biri o ‘z navbatida faol va passiv bo'lishi mumkin. Orttirilgan tabiiy faol
immunitet yuqumli kasalliklami o‘tkazgandan keyin hosil bo‘ladi. Passivga
chaqaloqlar immuniteti (onadan homilaga yo‘ldosh yoki ona suti orqali o'tadi)
kiradi. Sun’iy faol immunitet vaksina, passiv immun zardob, y a’ni tayyor
antitanalar yuborish orqali chaqiriladi.
5.
Antigenlar
organizm uchun genetik yot m oddalar (oqsillar,
nukleoproteidlar, polisaxaridlar va b.) bo‘lib, ulaming yuborilishiga organizm
spetsifik immun reaksiyalaming rivojlanishi bilan javob beradi. Antigenlar ikkita
xususiyatga ega: antitana va immun (sensibilizatsiyalangan) limfotsitlar hosil
bo‘lishini chaqiradi, antitanalar va immun limfotsitlar bilan o‘zaro ta’sirga kiradi.
6.
Gaptenlar -
antigen xususiyatga ega bo‘lmagan moddalar. Ularga ko‘pgina
makromolekular birikmalar, masalan, dorivor preparatlar, oddiy kimyoviy
moddalar (brom, yod, xrom, nikel va b.), shuningdek oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan
murakkabroq mahsulotlar (ayrim mikrob mahsulotlari, polisaxaridlar va b.) kiradi.
Gaptenlar organizmga kirganda immun mexanizmlar ishga tushmaydi, ular
organizm to'qimasi oqsili bilan birikkandan keyingina antigen (allergen) bo‘lib
qoladi. Bunda konugatsiyalangan yoki kompleks deb nomlanuvchi antigenlar
hosil bo‘ladi va organizmni sensibilizatsiyalaydi. Bu gaptenlar (allergenlar)
organizmga takroran tushganda, ko‘pincba hosil boigan antitanalar va (yoki)
sensibilizatsiyalangan limfotsitlar bilan mustaqil ravishda, oldindan oqsil bilan
birikmasdan bog‘lanadi.
7.
Antitanalar -
antigen yuborilishiga javoban hosil bo'luvchi va u bilan
spetsifik reaksiya berishga qodir, qonning spetsifik oqsillari
immunoglobulinlardir. Immunoglobulinlaming besh sinfi: IgG, IgM, IgA, IgE,
IgD farq qilinadi. IgG hamma globulinlaming 80
%
ni tashkil qiladi, yo‘ldosh
orqali yengil o‘tadi. Juda faol ravishda bakteriya, ekzotoksin, virus antigenlarini
o'ziga bog‘laydi. Antigen stimulatsiyasidan keyin birinchi bo‘lib IgM paydo
bo‘ladi, qonga kiruvchi grammanfiy bakteriyalarga ta ’sir k o ‘rsatadi,
fagotsitozni faollaydi, IgG ga nisbatan bir necha marta faolroq IgA nafas va
oshqozon-ichak trakti shilliq pardalarini mikroorganizmlardan himoya qiladi.
IgE yoki reaginlar, allergik reaksiyalar rivojlanishida rol o‘ynaydi. IgD yaxshi
o ‘rgamlmagan. Ulaming aufoallergik jarayonlar, jumladan, qalqonsimon bez
shikastlanishida ishtirok qilishi taxmin qilinadi.
8. Organizmda immun javobni limfoid tizim amalga oshiradi. Unda antitanalar
ishlab chiqariladi yoki sensibilizatsiyalangan lim fotsitlar to ‘planadi.
Immunitetning markaziy a’zolari: ayrisimon bez (timus), ko‘mik, Fabritsius
to‘rvasi (qushlarda), odamda uning mumkin bo‘lgan analoglari - ichak peyer
toshmalari, ko‘mik, embrional jigar. Immunitetning periferik a’zolari: taloq,
limfatik tugunlar, solitar (yirik) follikulalar (pufakchalar), qon va b. dir.
9. Qon va limfada immunokompetent hujayralar - limfotsitlar mavjud. T, В
va no‘l limfotsitlar farq qilinadi. T - limfotsitlar hujayra immunitetga, В -
limfotsitlar esa gumoral immunitetga (antitanalar ishlab chiqarilishi) jabov beradi.
«No‘l» hujayralar membranasida T va В - limfotsitlaming tipik markeri bo‘lmaydi.
Ular komplement ishtirokini talab qilmaydigan hujayra-nishonining antitanaga
tobe bo‘lgan lizisini amalga oshiradi. T va B-Iimfotsitlar ko'm ik ustun
hujayralaridan hosil bo‘ladi. Ammo T-limfotsitlar timusda yetiladi (ulami
tumusga tobe degani shundan kelib chiqadi), B-Iimfotsitlar esa bursa fabriciusda
(yoki ularning analoglari) yetiladi, bursaga bogiiq hujayralar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |