19
Korxonalar
Oʻzining moliyaviy
faoliyatini yaxshilash maq-
sadida qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarni
emissiya qiladi yoki sotib oladi;
Investitsiya
kompaniyalari
Investitsion portfelni shakllantirib, uning risklilik
darajasini pasaytirish maqsadida pul bozori instru-
mentlarini sotib oladi;
Moliyaviy kompaniyalar
Individual investorlarga kreditlar taqdim etadi;
Sugʻurta kompaniyalar
Oʻz likvidliligini yoʻqotmaslik uchun pul bozoriga
investitsiya kiritadi;
Pensiya fondlari
Risklilik darajasi past boʻlganligi
uchun pul bo-
zori instrumentlariga oʻz mablagʻini investitsiya
qiladi;
Individual investorlar
Oʻz mablagʻlarini pul bozori investitsiya fondiga
yoʻnaltiradi;
Pul bozorining
investitsiya fondlari
Kichik investorlarga oʻz mablagʻlarini yirik miq-
dorda sotiladigan pul bozori instrumentlarini sotib
olish uchun investitsiya qilish imkonini beradi
Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va
sotib oluvchilar kabi ishtirokchilarga boʻlishning iloji yoʻq.
Sababi
ishtirokchilarning asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi. Misol
uchun, banklar yirik miqdorda depozit sertifikatlarini emissiya qilish
orqali mablagʻlarni jalb qilishi hamda korxonalarga qisqa muddatli
kreditlarni ham berishi mumkin.
Pul bozori ishtirokchilari va ularning pul bozoridagi oʻrniga
atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Xalqaro amaliyotga koʻra, Moliya vazirliklarining asosiy vazifa-
laridan biri Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyo-
satini barqarorlashtirish hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi.
Bu vazifani amalga oshirish uchun ular qisqa muddatli qimmatli
qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya
qiladi va joylashtirilgan
qimmatli qogʻozlar hisobiga jalb qilingan mablagʻlar tegishli
maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti
kelganida esa davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.
Tijorat banklari hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli
qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning
asosiy sabablaridan biri banklarga investitsion faoliyat uchun
qoʻyilgan cheklovlar hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab
20
mamlkatlarda banklarga risklilik darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda
korporativ obligatsiyalarni sotib olish taʼqiqlangan. Risklilik darajasi
pastligi hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlganligi
sababli davlat
qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar mavjud emas.
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi,
yaʼni ular oʻz qimmatli qogʻozlarini emissiya qilib, pul bozoriga
joylashtirish orqali sotishi, shuningdek qoʻshimcha pul mablagʻlarini
foyda koʻrish maqsadida pul bozori instrumentlariga investitsiya
qilishlari ham mumkin. Ammo, pul bozori instrumentlariga investit-
siya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda koʻrish emas, oʻz
mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini ushlab turish hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyalari pul bozorining
likvidlilik darajasini
taʼminlovchi vositachilar hisoblanishadi. Chunki, ular asosan indi-
vidual investorlarning mablagʻlaridan investitsion fondni shakllantiradi
va kompaniya menejeri tomonidan maʼqul koʻrilgan qimmatli
qogʻozlarga investitsiya kiritiladi. Agarda biror bir individual investor
oʻz mablagʻlarini qaytarib olmoqchi boʻlsa, investitsiya fondi ushbu
investorga oʻz mablagʻlarini qaytarib beradi. Shu sababli pul bozori
instrumentlari uchun ikkilamchi bozor talab etilmaydi.
Bundan
tashqari investitsiya kompaniyalari yuqori daromadli investitsion
loyihaning uchrab qolish ehtimolini inobatga olgan holda, aksariyat
mablagʻlarini pul bozori instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.
Xorijiy amaliyotga koʻra moliyaviy kompaniyalar tijorat qogʻoz-
larini sotish orqali dastlab mablagʻni shakllantirib oladi, soʻngra esa
ushbu mablagʻni mijozlarga qisqa muddatli kreditlar sifatida taqdim
etadi va pul bozorida oʻz faolligi bilan ajralib turadi.
Asosan mol-mulkni hamda tabiiy ofatlarga qarshi sugʻurtalovchi
sugʻurta kompaniyalari pul bozorining faol
ishtirokchilaridan hisob-
lanadi. Sababi bu turdagi sugʻurta kompaniyalarida kutilmagan vazi-
yatda katta miqdordagi mablagʻga zarurat tugʻilishi mumkin. Shu
sababdan ular oʻzlarining likvidliligini yoʻqotmaslik uchun oʻz
mablagʻlarining asosiy qismini pul bozoriga yoʻnaltiradi. Misol uchun,
2004 yilda AQSHning Florida shtatida yuz bergan kuchli toʻfon tufayli
sugʻurta kompaniyalari qariyb 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan
miqdordagi mablagʻni ushbu toʻfondan tafolat koʻrganlarga sugʻurta
badali sifatida toʻlagan. Ushbu majburiyatni bajarish uchun sugʻurta
21
kompaniyalari oʻzlaridagi pul bozori instrumentlarining bir qismini
sotgan. Pensiya fondlari oʻz mablagʻlarining bir qismini aksiya va
obligatsiya bozorida foydaliroq investitsion imkoniyatlar yuzaga
kelgan vaqtda undan foydalanish maqsadida yetarli mablagʻga ega
boʻlish uchun pul bozoriga investitsiya kiritadi. Sugʻurta
kompaniyalari singari pensiya fondlari ham yuqori likvidlilikga ega
boʻlishi lozim. Sugʻurta kompaniyalaridan farqli oʻlaroq
pensiya
fondlarining majburiyatlari miqdori va ularni bajarish vaqtlarini
oldindan tahlil qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: