16
d) birjaviy va nobirjaviy bozor;
e) milliy va halqaro bozorlar.
8. Kontinental modelida bozordagi moliyaviy vositachi
funksiyalari kim tomonidan bajariladi?
a) tijorat banklari;
b) nobank moliya institutlari;
d) qimmatli qogʻozlar boʻyicha kompaniyalar;
e) broker hamda dilerlar orqali.
9. Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishda asosan
qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish usulidan foyda-
laniladi?
a) Amerika qoʻshma shtatlari, Buyuk Britaniya;
b) Germaniya, Nirderlandiya;
d) Yaponiya, Shveysariya;
e) Shvetsiya, Fransiya.
10. Islom modelining shakllanish sababi toʻgʻri keltirilgan
javobni aniqlang.
a) neft eksportidan yuqori daromad kelishi sababli;
b) obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi sababli;
d) foiz olishga qoʻyilgan taʼqiq sababli;
e) biznesga investitsiya kiritishdagi turli cheklovlar sababli.
17
II BOB. PUL BOZORI
2.1. Pul bozorining iqtisodiy mohiyati,
vujudga kelishi va qo
ʻ
llanish xususiyatlari
Davlat, korporativ tuzilmalar va aholining pul mablagʻlariga
boʻlgan doimiy talabi va maʼlum shartlar asosida qisqa muddatlar
uchun vaqtinchalik pul mablagʻlarini boshqa shaxslardan jalb qilishga
ehtiyojning mavjudligi pul bozorining yuzaga kelishiga va
rivojlanishiga olib kelgan. Mamlakatimizda
ham pul bozorini
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
3
Pul bozori atamasi ushbu bozor uchun toʻliq mos kelmaydi.
Sababi, pul bozorida pul yoki valyuta oldi-sotdisi amalga oshirilmaydi.
Pul bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar qisqa muddatli
hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanadi
yaʼni ularning pulga aylanish jarayoni tez amalga oshadi.
Pul bozo-
ridagi qimmatli qogʻozlarning uchta asosiy xususiyatlari mavjud.
Bular quyidagilar
4
:
- ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi;
- ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanadi;
- ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha
boʻladi.
Pul bozoridagi aksariyat qimmatli qogʻozlarning muddati 120
kundan kam boʻladi. Pul bozoridagi tranzaksiyalar
aniq bir joy yoki
binoda amalga oshirilmaydi. Asosan treyderlar ishtirokchilar
oʻrtasidagi savdolarni elektron tarzda amalga oshiradilar. Pul bozori
instrumentlarining oldi-sotdi jarayoni ikkimlamchi bozorda birmuncha
tezlashadi. Yuqorida taʼkidlangan xususiyatlariga koʻra,
pul bozori
instrumentlari birlamchi bozorga joylashtirilgandan soʻng, ularni sotish
3
Monetar siyosatning 2018-yil uchun asosiy yoʻnalishlari. Oʻzbekiston Respublikasi Marka-
ziy Banki, 2017-yil.
4
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins.
Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall,
2012. P. 255
18
uchun kelajakda xaridorlarni topish unchalik qiyin boʻlmaydi. Pul
bozorining yana bir xususiyati ushbu bozor ulgurji bozor hisoblanadi,
yaʼni undagi aksariyat tranzaksiyalar yirik hajmda boʻlishi kuzatiladi.
Ilgʻor xorij mamlakatlari tajribasidan kelib chiqadigan boʻlsak, real
sektor korxonalari pul bozorining muhim ishtirokchilaridan hisob-
lanadi. Pul bozori asosan insvestorlarga yuqori darajadagi daromadlilik
darajasini
taklif etmasada, oʻzining yuqoridagi xususiyatlari sababli
ham investorlar mablagʻlarini yoʻnaltiruvchi investitsiya obyekti
sanaladi. Pul bozorida qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha
bitimlar tuzilishi ushbu bozorning jozibadorligini taʼminlaydi.
Pul bozori vujudga kelishiga toʻxtaladigan boʻlsak, 1970
yillarda
AQSHda inflyatsiya darajasi oshganligi sababli, banklar taklif etadigan
depozit stavkalari investorlarni qanoatlantirmagan, ushbu holatdan
foydalangan brokerlik agentliklari depozit stavkalaridan yuqoriroq foiz
stavkalari toʻlaydigan pul bozori instrumentlari
reklama qilishni
boshlagan. Bunga qarshi banklar depozit stavkalarini oshirish bilan
javob qaytara olmagan, sababi ular toʻlashi mumkin boʻlgan foiz
stavkalari Markaziy Bank tomonidan chegaralab qoʻyilgan. Ammo
Markaziy Bank bu holat boʻyicha qonunchilik hujjatlarini tezda koʻrib
chiqib, tegishli oʻzgartirishlar kiritdi. Shundan soʻng yana depozitlarga
nisbatan talab oshgan boʻlsada, pul bozori oʻz mavqeini saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: