Moliya bozorining asoslari



Download 278,22 Kb.
bet1/2
Sana17.07.2022
Hajmi278,22 Kb.
#811810
  1   2
Bog'liq
1-mavzu. Moliya bozorining nazariy asoslari


MOLIYA BOZORINING ASOSLARI

1.Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari, tarkibiy qismlari


2.Moliya bozori modellari


1.1. Moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, ahamiyatli jihatlari, tarkibiy qismlari
Biznes samaradorligi (rentabelligi)ni oshirish masalasi bugungi iqtisodiy sharoitda eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Biznes samaradorligining oshib borishi oʻz navbatida davlat moliyaviy barqarorligi taʼminlanishi bilan birga keskin raqobat sharoitida jahon bozorida mustahkam oʻrin egallashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda arzon kapital jalb qilish va boshqa tomondan kapitalni samarali joylashtirish muhim omillardan biridir. Qoʻyilgan har ikkala vazifani ijobiy hal qilishda moliya bozorining amal qilish mexanizmi yordamga keladi. Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida amal qilishi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bozordan chiqib ketishiga sabab boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz faoliyatini toʻgʻri tashkil etishga majbur qiladi, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkonini beruvchi texnologik innovatsiyalarni doimiy qoʻllab-quvvatlaydi, investitsiya loyihalaridan eng samaralisini tanlashni shart qilib qoʻyadi.
Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogʻozlar, valyutalar, su-gʻurta polislari, pensiya jamgʻarmalari, qimmatbaho metallar, hosila-viy moliyaviy instrumentlar va boshqalar maxsus tovar sifatida muomalada boʻladi. Bunda tijorat banklari, birjalar, jamgʻarma institutlari, jamoaviy investitsiyalash kompaniyalari va boshqalar asosiy vositachilar sifatida koʻzga tashlanadi. Moliya bozorida capital-ga boʻlgan talab va taklif asosida vositachilar yordamida kapitalni kreditor va qarz oluvchi oʻrtasida qayta taqsimlash mexanizmi amal qiladi. Shundan kelib chiqqan holda amaliyotda pul mablagʻlari oqimini haqiqiy egasidan qarz oluvchiga va aksincha yoʻnaltiruvchi moliya-kredit institutlari faoliyati tashkil etiladi. Moliya bozorining asosiy funksiyasi boʻsh pul mablagʻlarini ssuda kapitaliga aylan-tirishda ham namoyon boʻladi. Tashkiliy nuqtai nazardan moliya bozoriga moliyaviy instrumentlar emissiyasi, xaridi va savdosini amal-ga oshiruvchi iqtisodiy subyektlar, moliya institutlari jamlanmasi sifa-tida ham qaralishi mumkin. Har bir moliya instituti moliyaviy instru-mentlarning aniq bir toʻplami bilan u yoki bu operatsiyani amalga oshirish boʻyicha aniq vakolatga egaligini alohida taʼkidlash lozim.
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning yakuniy isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni taʼminlash masalasi qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv, ham subyektiv sabablarga koʻra murakkablik kasb etadi. Chunki moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga qarama-qarshiligi, moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning yuqoriligi va boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. Moliya bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga aylantirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi. Yuqoridagilar asosida moliya bozori mohiyatiga toʻxtalib oʻtamiz.
Gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida moliya bozorlari pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga yoʻnaltiruvchi bozor insti-tutlari jamlanmasi sifatida keltiriladi.1 Frederik Mishkin ortiqcha mablagʻlarga ega odamlardagi pul mablagʻlarini pul mablagʻlari yetishmayotganlariga oʻtkazib berishga xizmat qiluvchi bozorlarni moliya bozorlari deb ataydi.2 Keltirilayotgan taʼriflar asosida taʼkid-lash mumkinki, moliya bozori – moliyaviy instrumentlardan foydana-nish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozordir.
Moliya bozorining rolini chuqurroq anglash uchun uning funksiyalarini bilish talab etiladi. 1997 yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati Robert Merton moliya bozorining quyidagi funksiyalarini ajratib koʻrsatadi:
- kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash;
- kapital jamlash va korxonalarga ulush kiritish;
- toʻlov-hisob-kitob;
- risklarni boshqarish;
- axborot;
- axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish.
Moliya bozorining ishtirokchilari sifatida kapital jalb qiluvchilar, investorlar, vositachilarni ajratib koʻrsatish mumkin. Bunda oʻz-oʻzi-dan ayonki kapital jalb qiluvchilar mohiyatan qarz oluvchilar sifatida namoyon boʻladi. Investorlar esa oʻz kapitallarini vositachilar orqali joylashtiradilar (1.1-rasm).

1.1-rasm. Moliya bozori ishtirokchilari

Tijorat banklari, birjalar, jamgʻarma institutlari, kollektiv investitsiyalash institutlari va boshqalar moliya bozorida asosiy vositachilar hisoblanadilar. Ularning barchasi alohida operatsiyalarni bajarish orqali kapital egasi va kapitalga ehtiyojmand shaxslarning oʻzaro birlashishiga koʻmaklashadi (1.2-rasm).


Moliya bozoriga moliyaviy instumentlar bozori sifatida yondashiladi. Moliyaviy instrument – qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktivdir. Moliyaviy instrumentlar bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi bitim natijasida shakl-langan. Bunda bitimning bir ishtirokchisi moliyaviy aktivni qoʻlga kiritganda ikkinchi tomonda moliyaviy majburiyat yuzaga keladi. Shunday qilib, moliyaviy aktiv moliyaviy majburiyatlar boʻyicha toʻlovlarni talab qilish huquqini beradi, tashkilot yoki fuqarolarga tegishli mulkiy huquqlarni oʻzida jamlaydi.
instrumentlar bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi bitim natijasida shakl-langan. Bunda bitimning bir ishtirokchisi moliyaviy aktivni qoʻlga kiritganda ikkinchi tomonda moliyaviy majburiyat yuzaga keladi. Shunday qilib, moliyaviy aktiv moliyaviy majburiyatlar boʻyicha toʻlovlarni talab qilish huquqini beradi, tashkilot yoki fuqarolarga tegishli mulkiy huquqlarni oʻzida jamlaydi.



1.2-rasm. Moliya bozorida vositachilar tiplari
Har qanday bozor oʻz segmentlariga ega boʻlgani kabi moliya bo-zori maʼlum bir xususiyatlariga koʻra tarkibiy qismlarga ega. Moliya bozori tarkibi odatda unda muomalada boʻladigan aktivlarga koʻra ajratiladi (1.3-rasm).

1.3-rasm. Moliya bozori tarkibi



Download 278,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish