O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

2.2. Pul bozori ishtirokchilari 
Bugungi kunda xorijiy amaliyotda pul bozori ishtirokchilari 
quyidagilar hisolanadi (2.1-jadval). 
2.1-jadval 
Pul bozori ishtirokchilari
5
 
 
Ishtirokchilar 
Ularning pul bozoridagi oʻrni 
Moliya vazirligi yoki 
Gʻaznachilik boshqarmasi 
Davlat qarzlarini qoplash maqsadida qisqa mud-
datli davlat qimmatli qogʻozlarini emissiya qiladi 
Tijorat banklari 
Davlat qimmatli qogʻozlarini xarid qiladi; depozit 
sertifikatlarini sotadi; pul bozorida ishtirok etuv-
chi investorlarga qisqa muddatli kreditlar beradi;
5
 Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins.
Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall, 
2012. P. 259. 


19 
Korxonalar 
Oʻzining moliyaviy faoliyatini yaxshilash maq-
sadida qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarni 
emissiya qiladi yoki sotib oladi; 
Investitsiya 
kompaniyalari 
Investitsion portfelni shakllantirib, uning risklilik 
darajasini pasaytirish maqsadida pul bozori instru-
mentlarini sotib oladi;
Moliyaviy kompaniyalar 
Individual investorlarga kreditlar taqdim etadi; 
Sugʻurta kompaniyalar 
Oʻz likvidliligini yoʻqotmaslik uchun pul bozoriga 
investitsiya kiritadi; 
Pensiya fondlari 
Risklilik darajasi past boʻlganligi uchun pul bo-
zori instrumentlariga oʻz mablagʻini investitsiya 
qiladi; 
Individual investorlar 
Oʻz mablagʻlarini pul bozori investitsiya fondiga 
yoʻnaltiradi; 
Pul bozorining 
investitsiya fondlari 
Kichik investorlarga oʻz mablagʻlarini yirik miq-
dorda sotiladigan pul bozori instrumentlarini sotib 
olish uchun investitsiya qilish imkonini beradi 
Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va 
sotib oluvchilar kabi ishtirokchilarga boʻlishning iloji yoʻq. Sababi 
ishtirokchilarning asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi. Misol 
uchun, banklar yirik miqdorda depozit sertifikatlarini emissiya qilish 
orqali mablagʻlarni jalb qilishi hamda korxonalarga qisqa muddatli 
kreditlarni ham berishi mumkin.
Pul bozori ishtirokchilari va ularning pul bozoridagi oʻrniga 
atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Xalqaro amaliyotga koʻra, Moliya vazirliklarining asosiy vazifa-
laridan biri Markaziy bank bilan hamkorlikda davlatning monetar siyo-
satini barqarorlashtirish hamda byudjet defitsitini qoplash hisoblanadi. 
Bu vazifani amalga oshirish uchun ular qisqa muddatli qimmatli 
qogʻozlar (xazina majburiyatlari)ni emissiya qiladi va joylashtirilgan 
qimmatli qogʻozlar hisobiga jalb qilingan mablagʻlar tegishli 
maqsadlarda ishlatiladi. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish vaqti 
kelganida esa davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ular qoplanadi.
Tijorat banklari hukumat tomonidan emissiya qilingan qimmatli 
qogʻozlarning eng asosiy sotib oluvchilaridan biri hisoblanadi. Buning 
asosiy sabablaridan biri banklarga investitsion faoliyat uchun 
qoʻyilgan cheklovlar hisoblanadi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, koʻplab 


20 
mamlkatlarda banklarga risklilik darajasi yuqori boʻlgan aksiyalar hamda 
korporativ obligatsiyalarni sotib olish taʼqiqlangan. Risklilik darajasi 
pastligi hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlganligi sababli davlat 
qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha cheklovlar mavjud emas.
Koʻplab korxonalar pul bozorida faol tarzda ishtirok etishadi, 
yaʼni ular oʻz qimmatli qogʻozlarini emissiya qilib, pul bozoriga 
joylashtirish orqali sotishi, shuningdek qoʻshimcha pul mablagʻlarini 
foyda koʻrish maqsadida pul bozori instrumentlariga investitsiya 
qilishlari ham mumkin. Ammo, pul bozori instrumentlariga investit-
siya kiritishdan asosiy koʻzlangan maqsad bu foyda koʻrish emas, oʻz 
mablagʻlarini qiymatini hamda likvidliligini ushlab turish hisoblanadi.
Investitsiya kompaniyalari pul bozorining likvidlilik darajasini 
taʼminlovchi vositachilar hisoblanishadi. Chunki, ular asosan indi-
vidual investorlarning mablagʻlaridan investitsion fondni shakllantiradi 
va kompaniya menejeri tomonidan maʼqul koʻrilgan qimmatli 
qogʻozlarga investitsiya kiritiladi. Agarda biror bir individual investor 
oʻz mablagʻlarini qaytarib olmoqchi boʻlsa, investitsiya fondi ushbu 
investorga oʻz mablagʻlarini qaytarib beradi. Shu sababli pul bozori 
instrumentlari uchun ikkilamchi bozor talab etilmaydi. Bundan 
tashqari investitsiya kompaniyalari yuqori daromadli investitsion 
loyihaning uchrab qolish ehtimolini inobatga olgan holda, aksariyat 
mablagʻlarini pul bozori instrumentlarini sotib olishga yoʻnaltiradi.
Xorijiy amaliyotga koʻra moliyaviy kompaniyalar tijorat qogʻoz-
larini sotish orqali dastlab mablagʻni shakllantirib oladi, soʻngra esa 
ushbu mablagʻni mijozlarga qisqa muddatli kreditlar sifatida taqdim 
etadi va pul bozorida oʻz faolligi bilan ajralib turadi. 
 
Asosan mol-mulkni hamda tabiiy ofatlarga qarshi sugʻurtalovchi 
sugʻurta kompaniyalari pul bozorining faol ishtirokchilaridan hisob-
lanadi. Sababi bu turdagi sugʻurta kompaniyalarida kutilmagan vazi-
yatda katta miqdordagi mablagʻga zarurat tugʻilishi mumkin. Shu 
sababdan ular oʻzlarining likvidliligini yoʻqotmaslik uchun oʻz 
mablagʻlarining asosiy qismini pul bozoriga yoʻnaltiradi. Misol uchun, 
2004 yilda AQSHning Florida shtatida yuz bergan kuchli toʻfon tufayli 
sugʻurta kompaniyalari qariyb 1 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan 
miqdordagi mablagʻni ushbu toʻfondan tafolat koʻrganlarga sugʻurta 
badali sifatida toʻlagan. Ushbu majburiyatni bajarish uchun sugʻurta 


21 
kompaniyalari oʻzlaridagi pul bozori instrumentlarining bir qismini 
sotgan. Pensiya fondlari oʻz mablagʻlarining bir qismini aksiya va 
obligatsiya bozorida foydaliroq investitsion imkoniyatlar yuzaga 
kelgan vaqtda undan foydalanish maqsadida yetarli mablagʻga ega 
boʻlish uchun pul bozoriga investitsiya kiritadi. Sugʻurta 
kompaniyalari singari pensiya fondlari ham yuqori likvidlilikga ega 
boʻlishi lozim. Sugʻurta kompaniyalaridan farqli oʻlaroq pensiya 
fondlarining majburiyatlari miqdori va ularni bajarish vaqtlarini 
oldindan tahlil qilish unchalik qiyin hisoblanmaydi.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish