Ma’ruza 4: Jahon urbanizatsiyasi
Reja: 4.1. Shaharlarning geografik o’ziga xos xususiyatlari.
4.2.. Shaharlarning iqtisodiy geografik o’rnining turli yo’nalishlari va bosqichlari.
4.3. Jahon urbanizatsiya va uning mintaqaviy xususiyatlari.
4.4. Jahon urbanizatsiya jarayonlarini muammolari.
4.5.Urbanizatsiya va atrof- muhit. Tayanch so’z va iboralar: Geourbanistika, shaharlar geografiyasi, aholi manzilgohlari, iqtisodiy va sotsial geografiyaning eng rivojlangan yo’nalishi, shaharlarning farqlanishi, geografik xarita, shaharlarning iqtisodiy geografiyasi, urbanizatsiya, tarixiy shaharlar. Shaharlarning qudrati ularda mujassamlangan iqtisodiy salohiyat bilan belgilanadi. Shaharlar, eng avvalo, qishloq xo’jaligi bo’lmagan tarmoqlarning hududiy tashkil etish shakli sifatida iqtisodiy jihatdan samarali, serdaromad, harakatchan (dinamik) yo’nalishlarni o’zida mujassamlashtirgan. Shu bois har qanday mamlakat milliy iqtisodiyotining tarkibi, rivojlanganlik darajasi va xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, undagi mavjud shaharlar tizimi, urbanizatsiya jarayoni bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda shaharlarning ilmiy-texnikaviy, madaniy salohiyatlari ham salmoqlidir. Shaharning madaniy-ma’naviy, diniy, tarixiy jihatlarini ham unutmaslik lozim. Qadimda, xususan, dini islomda shaharlarga oydek nisbat berilgan, ular dorul, bayt-ul, sharif kabi iboralar bilan ulug’langan. Agar dashtiy yovuzlar shaharlar rivojlanishiga qarshi bo’lgan bo’lsalar, musulmon olamida shaharlarni barpo etish va ularni yuksaltirishga jiddiy e’tibor berilgan. O’tmishda shaharlarning goh avj olishi, goh tushkunlikka uchrashi madaniyat (sivilizatsiya), ijtimoiy rivojlanishning doimiy yo’ldoshi bo’lgan va ana shunday davriy notekisliklar tarix bosqichlarini belgilab turgan. Shuning uchun yurtning tarixi, tavsifi va taqdiri ko’p jihatdan uning shaharlari bilan bog’liqdir. Har qanday shaharlar azaliy va adabiy muqaddas joylardir, chunki bu joylarda buyuk avliyo va allomalar qabri mavjud. Ko’pgina shaharlar ana shunday fazilatga ega. Bu borada Makka va Madina, Buxoro, Turkiston, Samarqand, Xiva, Toshkent, Termiz, G’ijduvon, Shahrisabz, Chustga o’xshash shaharlarni tilga olish kifoyadir. Shaharlarimizning xosiyatli tuprog’i, yeru suvi dunyoga mashhur siymolarni bergan. Ular esa ismi-shariflari bilan o’z navbatida tug’ilgan va yashagan shaharlarni dunyoga mashhur qilishgan, adabiylashtirgan. Aglomeratsiyaning vujudga kelishi taxminan quyidagi sxemada (tartibda) amalga oshadi. Qulay iqtisodiy geografik o’ringa ega bo’lgan shahar asta-sekin yiriklashib boraveradi. Sababi-u o’ziga barcha yangi-yangi sanoat korxonalari, xizmat ko’rsatish muassasalari, oliy o’quv yurtlari, moliya-bank tashkilotlari va boshqalarni tortaveradi. Bu paytda shaharning tortish kuchi, markazga intiluvchi harakat avjda bo’ladi. «Urban» (urban) -shahar, «zatsiya»- jarayon demakdir. Shu ma’noda urbanizatsiya mamlakat yoki boshqa hududlarning shaharlashuvini anglatadi. U o’ta murakkab, ijtimoiy-iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Biroq uning geografik jihatlariham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o’zgacha sodir bo’lmoqda. Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko’rsatkich bilan ifodalash, o’lchash mumkin emas. Ammo, shunday bo’lsa-da, barcha uchun qulay bir o’lchov kerak. U ham bo’lsa mamlakat va boshqa hududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O’zbekiston Respublikasida bu ko’rsatkich 38%,Tojikistonda-32%, Afg’onistonda-19%, Turkmanistonda-48% va h.k. Rivojlangan mamlakatlarda urbanizatsiya koeffitsienti 90 va undan ortiq foizni tashkil etadi. Urbanizatsiyaning umumiy ko’rsatkichi bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo’lsa, u holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi; 50-70%-bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar; 30-50%- rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past bo’lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo’ladi. Ammo, shuni alohida ta’kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko’rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o’lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o’zimizning Qoraqalpog’istonda urbanizatsiya ko’rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatidan uncha rivojlanmagan. O’zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik ko’rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko’ra ancha yuqori. Vaholanki, iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto’g’ri bo’lardi Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Albatta, urbanizatsiya - bu obyektiv va umuman olganda ijobiy jarayon. Ammo uning salbiy tomonlari ham yo’q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolarning keskinlashuvi hozirgi zamon urbanizatsiyasining eng ko’zga ko’rinarli salbiy «yo’ldoshlaridir» . O’rta Osiyo va O’zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko’rsatkichini yaqin kelajakda 70-80 foiz bo’lishini tasavvur qilish qiyin va bunday aslo bo’lmaydi ham. Sababi-bizda shaharlar rivojlanishi qishloq xo’jaligi bilan qadimdan an’anaviy holda bog’liq. Urbanizatsiya va uning atrof muhitga ta’siri Urbanizatsiya Janubiycha shaharlanish ma’nosini anglatadi.U hozirgi zamonda barcha mamlakatlar va halqlarga dahldor muhim global voqeylikdir. Urbanizatsiya-bu dunyoda, mintaqalarda,mamlakatlarda shaharlarning o’sishi, aholi salmog’ining ortishidir. Urbanizatsiya shaharlarda ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni tarmoqlarni markazlashtirish, ularni jamiyat hayotida rolini oshirish.shahar hayot tarzini yoyilishi va sochilgan holda istagan aholini bir joyga to’planishi shakllarida namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon urbanizatsiyasi butun jahon jarayoni qiyofasida ko’pchilik mamlakatlar uchun xarakterli bo’lgan uchta asosiy umumiy belgi bilan xarakterlidir. Birinchi belgi- shahar aholisining jadal suratda o’sishi XX asr davomida jahonda shaharliklar soni 13 marta ko’paydi. Faqat 1950 -1970 yillarda u 80 % dan ko’proqqa oshdi. 1970-1990 yillarda esa salkam 70% ga o’sdi.Hozirgi kunda shaharlar aholisi Qishloqlarni ma’muriy jihatdan shaharlarga aylantirishni, qishloqdan shaharga ommaviy migratsiyaning kuchayishi tufayli qishloqqa qaraganda 3 marta tez o’smoqda. Bu jarayon XXI asrning birinchi yarmida ham saqlanib qolishi kerak. Taxminlarga ko’ra 2025- yilga borib shaharlar aholisi 5 mlrd kishiga yetar va jahon aholisidagi ulushi 60 % ga ko’tariladi Ikkinchi belgi – shahar aholisining to’planishi davom etmoqda,eng avvalo katta shaharlarda bu ishlab chiqarish xarakteri,uning fan,ta’lim,ishlab chiqarish sohalari bilan aloqasi murakkablashuvida namoyon bo’ladi. Katta shaharlar odatda odamlarning ma’naviy ehtiyojini qondiradi,to’rli xil tovarlar va xizmatlar mo’lligi bilan yaxshi ta’minlaydi. Axborot olish imkoniyatlarini kengaytiradi XX asr boshlarida dunyoda butun shaharlar aholisining 5 % yashayotgan 360 ta katta shaharlar sanalgan,1950 yilga kelib shaharlar soni 950 taga yetdi,aholisi 36 % ni tashkil etdi. 1990- yilda shaharlar 3500 ta bo’ldi,aholisi soni 68 % ga yetdi.Katta shaharlar orasida “Millioner” shaharlar alohida ajralib turadi va ularning soni ham ko’paymoqda. 2005 yilda “millioner” shaharlar jahonda 430 tadan ortdi, ularning aholisi 1,3 mlrd kishiga yetdi. Uchinchi belgi- shaharlarning siljishi, ya’ni ular xududlarining kengayishi urbanizatsiyaning hozirgi bosqichi uchun aniq nuqtada joylashgan shaharlarni shahar aglomeratsiyalariga qo’shilib keng shahar guruhlariga ko’chishi,ko’p qirrali birlashgan intensiv ishlab chiqarish,mehnat va madaniy aloqalari xarakterlidir.Bunda aglomeratsiya yadrosi bo’lib odatda poytaxtlar, yirik sanoat, port, ma’muriy va boshqa markazlar hisoblanadi. Urbanizatsiya darajasi va sur’atlari mamlakatlar o’rtasida farqlanadi. Yuksak urbanizatsiyalashgan deb, shahar aholisi ulushi 50 %ni tashkil etgan mamlakat hisoblanadi. Bu guruhga deyarli barcha iqtisodiy taraqqiy etgan shuningdek ko’pchilik taraqqiy etayotgan mamlakatlar kiradi. Ular orasida urbanizatsiya darajasi 80 % dan oshgan “chempion”mamlakatlar alohida ajralib turadi.Bunday mamlakatlarga Buyuk Britaniya, GFR, SHvetsiya, Avstraliya, Argentina, Birlashgan Arab Amirliklari misol bo’la oladi. O’rtacha urbanizatsiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi ulushi 20 dan 30 % gachasi tashkil etar. Bu guruhga Osiyoning rivojlanayotgan bir qator mamlakatlari ( Xitoy, Hindiston, Indoniziya va boshkalar), Janubiy Amerika mamlakatlari (Bolivya, Gvatemala va boshqalar), Afrika ( Misr, Marokash, Nigeriya, va boshkalar) kiradi. Sust urbanizatsiyalashgan mamlakatlar-bular shahar aholisi ulushi 20 % dan kam bo’lgan mamlakatlardir. Ularga ayrim qoloq mamlakatlar,ko’proq Afrika kiradi.Ularning ayrimlarida jumladan Ruanda va Burundida mamlakat aholisining 10 % dan kamrog’i shaharlarda yashaydi. Urbanizatsiyaning atrof muhitga ta’siri. Urbanizatsiya jarayoni atrof muhitga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa shaharlarning kattalashuvi, shahar aglomeratsiyalari atrof muhitga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shahardagi joylashgan sanoat korxonalaridan hamda transportdan chiqayotgan gazlar atmosfera havosining ifloslanishiga olib keladi. Shaharlarda sanoat korxonalari, komunal ho’jaligidan chiqayotgan ishlatilgan suvlar oqar suvlarning ifloslanishiga olib keladi. Iflos suvlar, har xil infektsiya kasalliklarni tarqatuvchi baktireyalarni rivojlanishi uchun asosiy muhit hisoblanadi. Katta shaharlarda korxonalar, transport vositalari shovqini qishloq joylariga nisbatan ancha katta. Bu esa shahar aholisining eshitish organlarining tezda ishdan chiqishiga olib keladi. Shu sababli dunyoda shaharlarning xaddan tashqari kattalashib ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |