Hokimlikning Monarxiya shaklida oliy davlat hokimiyati monarxlarga: qirol, knyaz, sulton, shoh, amirga qarashli bo’lib, hokimiyat meros orqali avloddan-avlodga o’tadi. Dunyo siyosiy kartasida 30 ta davlat monarxiya bor, shu jumladan, Osiyoda 14, Yevropada 12, Afrikada 3, Okeaniyada 1.
Monarxiyalar – konstitutsion, mutloq va teokratik tiplarga bo’linadi. Ularning ko’pchiligi Konstitutsion monarxiya bo’lib, unda monarx ramziy “podshohlik” qiladi, lekin davlatni boshqarmaydi. (Buyuk Britaniya, Norvegiya, SHvetsiya), qonun chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyati hukumatga qarashli hisoblanadi. Mutloq monarxiyada monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan, hukumat va boshqa hokimiyat organlari faqat monarx oldida ma’sul va javobgardir. (Birlashgan Arab Amirliklari, Omon, Bruney, Quvayt va boshqalar).Teokratik monarxiya – bunda podsho bir vaqtning o’zida ham hokimiyat ham din boshlig’i xisoblanadi. Bunga Saudiya Arabistoni, Vatikan misol bo’la oladi.
Hokimlikning yana bir keng tarqalgan shakli Buyuk Britaniya boshchilik qiladigan Britaniya hamdo’stligidir. U 1931 yilda huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan bo’lib, uning tarkibida Buyuk Britaniya dominionlari – Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi va Irlandiya kirgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin va Britaniya Imperiyasi barbod bo’lgach, hamdo’stlik tarkibiga Britaniya sobiq mustamlakalarining ko’pchiligi kirdi.Uning tarkibida 50 davlat bo’lib, ularning umumiy hududi 30 mln.kv.km, aholisi 1,2 mlrd nafardan ortiq. Ular o’zlarining umumiy muammolarini har ikki yilda bir marta bo’ladigan konferentsiyada bosh vazirlar va moliya vazirlari ishtirokida muhokama qiladilar. Hamdo’stlik yagona konstitutsiya va ittifoq - shartnoma kelishmalari, norasmiy atributlarga ega emas, u halqaro maydonda ham ishtirok etmaydi. Hamdo’stlik a’zolari undan istagan paytda so’zsiz chiqib ketish huquqiga ega. SHunday huquqdan Birma va Pokiston foydalangan.
Hamkorlikka kirgan barcha davlatlar o’zlarining ichki va tashqi ishlarida to’la suverenitetga ega. Hamdo’stlikning ko’pchilik a’zolari an’anaviy davlat boshqaruv shakllariga ega: Ular yoki respublikalar (Hindiston, Bangladesh, Nigeriya, Gana, Zambiya, Zimbabvi va boshqalar) yoki monarxiyalar (Buyuk Britaniya, Malayziya, Bruney, Svazilenya va boshqalar) hisoblanadi. Ularning ba’zi a’zolari – Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Tuvalu, Antigua va Barbuda, Mavrikiy, Bagam orollari xamkorligi, Barbados, Beliz, Grenada, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kristofer va Nevis, Sent-Lyusiya, Yamayka O’zlarini respublika, monarxiya hisoblamaydi. Ularning aholisi amaliyotda O’zlarini Buyuk Britaniya qirolichasining fuqarosi ham sanashmaydi, faqat O’z mamlakatining fuqarosi deb hisoblaydilar.
Dunyoda faqat bitta mamlakat–Liviya Arab Sotsialistik Xalq monarxiyasi deb rasman ataladigan davlatda hokimlikning o’ziga xos shakli mavjud. Bu shakl dunyoda mavjud bo’lgan birorta davlat hokimiyatiga o’xshamaydi. Shu sababdan Liviya rahbarlari barcha vaziyatda o’z mamlakatini aynan jamaxariya deb tan olishni talab qiladilar. Bu so’z arabcha “omma davlati”, “xalq hokimiyati” ma’nosini anglatadi). 1977- yilda mamlakatda o’tkazilgan islohotlar asosida barcha an’anaviy respublika hokimiyati va boshqaruv organlari yuqorigacha saylanadigan doimiy boshqaruv majlislari va xalq qo’mitalariga almashtirildi. Yiliga ikki martadan kam bo’lmagan muddatlarda chaqiriladigan Umumiy xalq kongressi davlat hokimiyatining oliy organi ekanligi tantanali sur’atda e’lon qilindi. Bundan ko’zlagan asosiy maqsad:
- markazning joylar (hududlar) ustidan nazoratini o’rnatish;
- sharoitga moslashgan iqtisodiy-ijtimoiy, regional siyosatni amalga oshirish;
- saylov kompaniyalarini o’tkazish va boshqalardir;
Bundan tashqari jahon mamlakatlari ma’muriy-hududiy bo’linishi bilan ham farq qiladi. Ma’muriy-hududiy bo’linishiga ko’ra davlatlar unitar(Janubiycha unites–birlik), federativ (Janubiycha ftdtratio–ittifoq) konfederativ kabi turlarga bo’linadi.
Unitar–davlatning hududiy tashkil etishining shunday shaklini, bunda mamlakatda bir butun qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat bo’ladi. Unitar davlatlarga Yaponiya, Vengriya kabi davlatlar misol bo’ladi.
Federativ davlat, shunday ma’muriy-hududiy tuzimi shakliga egaki, unda yagona (federal) qonunlar va mamlakat organlari bilan birga davlat tarkibida yirik hududiy birliklar (respublika, yerlar, shtatlar va h.k.) mavjud bo’lib, ular mustaqil qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud qonunlariga hamda hokimiyat organlariga ega. Bunday davlatlarga, Rossiya, AQSH, Germaniya, Hindiston, Nigeriya, Kamerun kabi davlatlar misol bo’la oladi.
Konfederativ boshqaruv tizimiga ega bo’lgan davlatlarda har bir viloyat yoki shtat o’zining Konstitutsiyasi, o’zining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga ega. Ular tashqi faoliyat yagona pul birligi va harbiy sohalarda birgalikda harakat qilish uchun yagona davlat boshqaruviga bo’ysinadi. Bunga Shveytsariya konfederatsiyasi misol bo’la oladi.
Jahon mamlakatlarining rivojlanish darajasiga ko’ra guruhlarga ajratilishi
Jahon mamlakatlari faqat maydonining katta-kichikligi, geografik o’rni bilangina farq qilib qolmay, balki sotsial – iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra ham bir-birlaridan farq qiladi.
- Jahon mamlakatlarining rivojlanish darajasiga ko’ra iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish qabul qilingan.
Shunga ko’ra jahon mamlakatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: - sanoati rivojlangan mamlakatlar,rivojlanayotgan mamlakatlar, o’tkinchi iqtisodiyotli mamlakatlar.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar.Ularda 1 milliardan ortiq aholi yashaydi. Ular ulushiga jahon YaIMning 50 % to’g’ri keladi. Yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 10-25 ming dollarni tashkil qiladi. Jahon xo’jaligidagi roli buyicha ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
-“Sakkizlik” (AQSH, Yaponiya, Rossiya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Kanada, Buyuk Britaniya) davlatlari.
-G’arbiy Yevropaning uncha katta bo’lmagan rivojlangan mamlakatlari;
-Ko’chma kapital (Avstraliya, JAR, Isroil) mamlakatlar.
Rivojlanayotgan mamlakatlar.Ularga yer yuzi aholisining 70 % i, jahon meniral xom-ashyo mahsulotlarining 50 %i to’g’ri keladi. Jahon sanoat eksporteda ularning ulushi 30% ni tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining past darajadaligi, ko’p ukladlilik (natural, mayda tovarlik, xususiy kapitalistik, davlat ho’jaligi), jahon bozorida qishloq xo’jaligi xom-ashyosi va meniral yarim fabrikatlar bilan tovar almashish, madaniy vositalarning yetishmasligi xarakterlidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- Janubiy Amerika,Tinch okeani va Osiyo hududidagi yangi industirial mamlakatlar.Ularga Argentina, Braziliya, Venesuella, Meksika, Urugvay, Singapur, Janubiy Koriya, Tayvan kabi mamlakatlar kiradi.
- Neft eksport qiluvchi OPEK mamlakatlari (Katar, Quvayt, Baxreyn, Jazoir, Venusuela, Indoneziya, Eron, Iroq, Liveya, Negiriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Aribistoni va boshkalar);
- Demografik jihatdan gigant davlatlar Xitoy, Hindiston, Pokiston, Indoniziya.
- Sust rivojlangan mamlakatlar-Avgoniston, Bangladish, Benin, Burkino-Faso, Niger, Somali,Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va boshqalar.
O’tkinchi iqtisodiyotli davlatlar (Sharqiy Yevropa mamlakatlari va MDH)
Ulardan tashqari norasmiy ravishda markazlashgan rejali iqtisodiyotli davlatlarni ham ko’rsatish mumkin. Bularga Vetnam, KXDR, Kuba misol bo’ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, keltirilgan jahon mamlakatlarining tipologiyasi shartli bo’lsa-da, ular insoniyat tsevilizatsiyasi taraqqiyoti istiqbollarini belgilashda juda zarurdir.
Xalqaro munosabatlarning dunyo siyosiy kartasiga ta’siri
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo siyosiy kartasida o’nlab sotsialistik davlatlarning paydo bo’lishi, mustamlakachilik sistemasining parchalanishi va yuzlab mustaqil davlatlarning vujudga kelishi xarakterlanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrning asosini G’arb bilan Sharqning jahon bo’ylab qarama–qarshi turishi, ular o’rtasidagi “sovuq urush” tashkil etdi. Ko’plab “harbiy–siyosiy ittifoqlar”, shu jumladan Shimoliy Atlantika ittifoqi (NATO) va Varshava shartnomasi vujudga keldi. Yer yuzasining turli joylarida ko’plab harbiy bazalar bunyod etildi, mahalliy urushlar bo’lib turdi. Bunga Fors qo’ltig’ini o’z ichiga olgan Yaqin sharq mojarosi misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |