O’simlikshunoslik.
O’simlikshunoslik – qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i bo’lib, u o’z ichiga – dehkonchilik – don, texnika ekinlari, poliz mahsulotlari yetishtirish va boshqa tarmoqlarni oladi.
Don ekinlari. Hozirgi vaqtda don ekinlarini uch ko’rsatkich bo’yicha tahlil qilinadi, ya’ni – ekish maydoni, yalpi hosil va xalqaro savdosi.
Jahon bo’yicha 720 mln.gektar yerga donli ekinlar ekilmoqda. Ular jami ekin maydonining Buyuk Britaniya, Frantsiya va Italiyada 50-60% ini, Rossiya, Polsha, Vengriya, Ruminiya va Yaponiyada 60-65% ini, GFR da – 70%, Vetnam va Mongoliyada 80% egallagan.
Jahonda jami ekin maydonining asosiy qismini 3ta ekin, ya’ni bug’doy (23 mln.ga), sholi (140 mln.ga), makkajuxori (180 mln.ga) egallaydi.
Sholichilik – Sharqiy, Janubiy-Sharqiy va Janubiy Osiyoda keng tarqalgan. SHolizorlar juda ko’p bo’lgan Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ikkinchi hosil quruq mavsumda sun’iy sug’orish usulini qo’llab olinadi. Makkajo’xori ham deyarli bug’doy ekiladigan hududlarda ekiladi.
Eng ko’p don yetishtiruvchi mamlakatlarga Xitoy, AQSH, Hindiston va Rossiya misol bo’ladi.
Don yetishtirishda salmokli o’rinni egallovchi mamlakatlarga – Frantsiya, Kanada, Ukraina, Gollandiya va Braziliya kiradi.
Jahonda donli ekinlarning 55% aholi uchun oziq-ovqat, 45% i esa chorva mollari uchun yem sifatida ishlatiladi. Jahon bo’yicha har yili tahminan 200 mln.t.dan, shu jumladan 90-100 mln.t. bug’doy va 60-70 mln.t. makkajuxori eksportga chiqariladi.
Sholi 10-15 mln.t. chetga schiqariladi. SHolini eksport qiluvchi mamlakatlarga Tayland, AQSH kiradi.
Donli import qiluvchi mamlakatlarning yarmi rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri keladi. Jumladan Misr 10 mln.t., Braziliya 5 mln.t. don sotib oladi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya har yili 30 mln.t. don import qiladi.
Yiliga jahon bo’yicha moyli urug’lar ishlab chiqarish 220 mln.t.ga yetdi. SHuning soya – 100 mln.t., paxta chigiti 35 mln.t., raps – 25 mln.t. kungaboqar – 20 mln.t. yer yong’oq – 20 mln.ga teng.
Aloyli ekinlardan soyaning vatani Sharqiy Osiyoda Xitoy va Koreya bo’ladi, hozirgi kunda u AQSH (55 mln.t.), Braziliya (20 mln.t.) va Argentinada (10 mln.t.) yetishtiriladi.
Kungaboqarning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy qismi bo’lib, u Yevropaga XVI asrda olib kelindi. Kungaboqar asosan – Rossiya, Ukraina, Janubiy Yevropa, AQSH, Argentinada ekiladi.
Chigit asosida yog’ ishlab chiqarish Hindiston, Pokiston, Xitoy, AQSH va O’zbekistonda rivojlangan.
Raps – Yevropa, Xitoy, Kanadada ko’p tarqalgan.
Yer yong’oqning vatani Braziliya hisoblanadi. U XV asrda Yevropaga keltirilgan. Hozirgi vaqtda yer yong’oq tropik va subtropik mamlakatlarda (Janubiy va SHarqiy Osiyoda, G’arbiy-Afrikada, AQSH , Braziliya, Argentinada) katta maydonlarni egallaydi.
Zig’ir asosan mu’tadil mamlakatlarda ko’p ekiladi.
Zaytun daraxti – O’rta yer dengizi atrofida, palma esa G’arbiy Afrikada va Malayziyada ko’p tarqalgan.
Korpu (kokos yong’og’ining quritilgani) – Janubiy, Janubiy Sharqiy Osiyo va Okeaniyada yetishtiriladi.
Kartoshka – oziq-ovqat va texnik jihatda qayta ishlanib turli maqsadlarda foydalaniladi. Uning vatani – Jdanubiy Amerika (Peru, Ekvador, Boliviya) 1536 yilda olib kelingan. Hozirgi vaqtda kartoshka dunyoda 18 mln.gektar yerga ekiladi. Kartoshka Yevropadan tashqari Xitoy va Shimoliy Amerikada ko’p ekiladi. Jon boshiga kartoshka yetishtirishda Belorusiya va Polsha yetakchi davlatlar hisoblanadi.
Shakarqamichning vatani Bengaliya hisoblanadi. VIII – IX asrlarda u Markaziy Amerikada yetishtira boshlandi.
Qandlavlagidan shakar olish dastlab Germaniyada omalga oshirildi. U muhtadil iqlim mintaqasida keng tarqalgan. Jahonda yiliga 110 mln.t. ishlab chiqariladi. Shuning 30 mln.t.si eksport qilinadi.
Quvvat beruvchi ekinlarga choy, kofe va kakao kiradi. Choyning vatani Xitoy. Keyinchalik u Xitoydan Yaponiyaga keltirilgan. Yevropaga choy Angliya orqali XVII asrda kirib keldi. Rossiyada ham choy XVII asrda iste’mol qilina boshlandi. Choy Hindiston, so’ngra Seylon, Shri-Lankada va Keniyada yetishtira boshlandi.
Kofening vatani Efiopiya hislblanadi. XI asrda kofe Yemenga keltirildi va undan keyin Yevropaga keltirildi. O’rta asrlarga kelib kofe Italiya, Frantsiya, Angliya, Niderlandiyada iste’mol qilina boshlandi. Kofe hozirgi kunda Gvineya va Braziliyada ko’p ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |