Reja: Hindiston Respublikasining tashkil topishi



Download 40,5 Kb.
Sana07.09.2017
Hajmi40,5 Kb.
#19104

Aim.uz

Hindiston

Reja:

1.Hindiston Respublikasining tashkil topishi.

2.Taraqqiyot yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy muammolar.

3.Tashqi siyosat.

4.Hindiston va O’zbekiston munosabatlari.
1. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Hindiston xalqining milliy-ozodlik kurashi yanada kuchaydi.1946 yilning fevralida Bombey harbiy-dengiz bazasi matros -larining bosh ko’tarishini deyarli butun Hindiston qo’llab- quvvatladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga mustaqillik berilishini e’lon qilishga majbur bo’ldi.1947 yilning 15 –avgustida Hindiston mustaqilligi to’g’risida qonun qabulqilindi.Shu tariqa Buyuk Britaniya yana bir marta o’zining “bo’libtashla va hukmronlik qil!” shioriga sodiqlikni namoyon qildi.Bu bo’linishni eng nozik belgi-diniy belgi asosida amalga oshirdi.Bir davlatning ikkiga bo’linishi jarayoni katta diniy to’qnashuvlar,qirg’inlar sharoitida amalga oshirildi.Ikki tomondan qochoqlar soni 8 mln. dan ortiqni tashkil etdi.Ayniqsa, Kashmir viloyatining Hindistonda qoldirilishi (bu viloyat aholisi asosan musulmonlardan iborat edi).Hindiston va Pokiston o’rtasida urushharakatlarini keltirib chiqardi.1947 yil kuzida Pokiston qo’shinlari Kashmirga bostirib kirdi.Hindiston armiyasi bilan jangler bo’ldi. M.K.Gandi bu diniy to’qnashivga qarshi chiqdi. Hindiston musulmonlarning hayot kechirishi uchun zarur sharoit yaratishni talab qildi. Bunga shovinist hind burju-aziyasi qarshi chiqdi.1948 yil 30-yanvarda 70 yoshli M.K.Gandi o’ldirildi.1949 yilning 1 yanvarida bu ikki dominion o’rtasida urushni to’xtatish haqida bitim imzolanishiga erishildi.1949 yilda Hindiston Ta’sis majlisi mamlakat konsti-tutsiyasini qabul qildi va u 1950 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.1950 yilning 26 yanvarida Hindiston respublika deb e’lon qilindi.Mustaqilllikdan so’ng tuzilgan 1- hukumatni HMK rahbari J.Neru (1889-1964) boshqardi.Ayni paytda Hindiston Britaniya millatlar hamdo’stligi tarkibida qoldi.Yangi hukumat o’tkazgan dastlabki muhim islohot agrar islohot bo’ldi.Unga ko’ra ,yer bevosita unda ishlayotganlarga berilishi ko’zda tutildi,biroq zamindorlarning qattiq qarshilik ko’rsatishi oqibatida hamma dehqonlar ham yerli bo’la olmadi.Shunga qaramay,yerni zamindorlardan ijaraga olib ishlayotganlarning katta qismi yerli bo’lib qoldi.Aholining barchasi ham to’q yashamayotgan yoki ma’lum qismi och holatda yashayotgan bo’lsa-da,islohot tufayli Hindiston o’z aholisini oziq-ovqat bilan asosan o’zi ta’minlash imkoniyatiga ega bo’ldi.Hindiston hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e’tibor berdi.Hindiston sanoati to’rt baravar ko’paydi, agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi. Avtomobil, avtobus, radio, televizor ishlab chiqarish yuksak sur’atlarda rivojlanmoqda. Traktor ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biriga aylandi.

2. Hindiston Respublikasi butun taraqqiyoti yillarida katta ijtimoiy –siyosiy muam-molarga duch keldi va hozirgacha ular o’z yechimini topgani yo’q. Bular: hinduiylar bilan musulmonlar o’rtasidagi diniy qirg’inlar; musulmonlarning Kashmirni Pokiston bilan birlashtirishuchun kurashi; sikxlarning siyosiy muxtoriyat uchun kurashi; Panjobning Hindiston tarkibidan ajralib chiqish uchun kurashi bilan bog’liq muammolar.

1957 yil martida bo’lib o’tgan saylovlarda J.Neru yana bosh vazir ,R.Prasad Prezidenlik lavozimiga saylandi.1964-1966 yillarda bosh vazir –L.B.Shastri, 1966-1977 yillarda, 1980-1984 yillarda bosh vazir I.Gandi saylandi. U o’z mavqeini mustahkamlash uchun 5 yillik reja qabul qildi va davlat sektorini mustahkamlash choralarini ko’rdi.14 ta bank,ulgurji savdoning bir qismi milliylashtirildi, monopo-liyalarning roli cheklandi. Ba’zi shtatlarda mayday yer uchastkalariga soliqlar bekor qilindi. Katta yer egalarining yerini maksimal darajasi pasaytirilndi.Bu tadbirlar yirik burjuaziya va monopolistlarni noroziligini kuchaytirdi. HMKda ham bo’linish yuz berdi. 1975 yilda hukumat yangi dastur e’lon qildi.Unda xalqni g’alla va boshqa tovarlar bilan ta’minlash uchun davlat ta’minot tizimini joriy qilish, yer uchastkalarining maksimal darajasini cheklash va ortiqcha yerni yersiz dehqonlarga berish haqidagi qonunni barcha shtatlarda joriy qilish,qishloq xo’jalik ishchilari-ning minimum ish haqini belgilash,uy qurish uchun bepul yer ajratish,qaram mehnatni bekor qilish,eng kambag’al dehqonlar qarzini bekor qilish shaharda yer uchastkasining maksimal darajasini belgilash, olibsotarlikka yo’l qo’ymaslik aytilgan edi.Oppozitsiyachilar Janata parti (Xalq partiyasi)ni tuzdilar va 1977 yil martida parlamentga o’tkazilgan saylovlarda Morarji Desai boshliq hukumat tuzdilar.Janata partidan ajralib chiqqan va 1980 yilda tashkil topgan Bxaratiya Janata parti (BJP)mamlakatlarda diniy o’ziga xoslikni shior qilib olgan partiyadir.Bu partiya Hindistonni faqat hinduiylik diniga e’tiqod qiluvchilar davlatiga aylantirish maqsadini ilgari surdi.Ayni paytda musulmonlarni siyosat va iqtisoddan chetlatishni targ’ib etdi.Aholisining 11% musulmonlardan iborat bo’lgan davlatda bunday g’oyaning ilgari surilishi mamlakat siyosiy birligini katta xavf ostiga qo’yadi.

Mamlakat birligiga sikxlar harakati ham jiddiy xavf solmoqda.Ular sikxlik diniga e’tiqod qiladilar.Bugungi Hindistonda 17 mln sikx yashaydi.Oz sonli bo’lsada ,davlat hayotida katta mavqega ega.1980 yil yanvardagi saylovlarda bosh vazirlikka qaytgan HMK vakili I.Gandi davrida ba’zi siyosiy xatoliklarga ham yo’l qo’yildi.U hindi tilini davlat tiliga aylantirishga harakat qildi,buni boshqamillat vakillari kamsitish debqabul qildi.Panjob shtatida yashovchi sikxlar bunga qarshi ajralib chiqish harakatini boshladilar. Ular o’z oldiga Panjobni Hindistondan ajratib olib,Xoliston deb ataluvchi davlat tuzish maqsadini qo’ydilar.Ayni paytda ular terrorni kuchaytirdi.Tabiiyki, markaziy hukumat Hindistonni bo’linib ketishiga toqat qila olmasdi.Fuqarolar urushi kelib chiqishining oldini olish maqsadida 1984 yilning 5 iyunida I.Gandi sikxlarning muqaddas joyi-Oltin ibodatxonani shturm bilan olishga buyruq berdi.Sikxlar qattiq qarshilik ko’rsatdilar.Hukumat armiyasi sikxlarning yana 37 ta ibodatxonasini egalladi.Bunga javoban 1984 yil 31 oktabrda I.Gandining sikxlardan bo’lgan shaxsiy soqchisi uni otib o’ldirdi.Onasining o’rnini egallagan R.Gandi(1944-1991)sikx terrorchiligiga chek qo’yishga qaror qildi.1987 yilning mayida Panjob markaziy hukumatga bo’ysundirildi.Bu esa shtatni muxtor vakolatdan mahrum etishni anglatar edi.Sikxlar bunga qattiq qarshilik ko’rsatdilar.Hukumat armiyasi bunga javoban 1988 yilning mayida yana Oltin ibodatxonani egalladi.Oqibatda minglab kishilar halok bo’ldi.Bu esa R.Gandining bosh vazirlik lavozimidan ketishiga majbur etdi.1991 yil 21 mayda saylov oldi uchrashuvlarida R.Gandi ham o’ldirildi.Bu kabi o’ta murakkab muammolarni bartaraf etish yo’lida jiddiy harakatlar qilindi.Hindiston, bu muammolarga qaramay,ildam taraqqiy qilib kelmoqda.

19991 yil mayidagi saylovlarda Narasimxa Rao boshliq hukumat tuzildi.U iqtisodiyotni milliylashtirdi,investitsiyani ko’paytirdi,mehnat intizomini yaxshiladi.Natijada sanoatning yillik o’sishi 10%ga ,yalpi milliy mahsulotning o’sishi 5%ga chiqdi.1998 -2003 yillarda bosh vazirlikka Atal Bexari Vajpai o’tirdi.2003 yildan bosh vazir –Monmaxon Sinx.

3.Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o’zi tashabbuskori bo’lganbesh tamoyiliga (panchachila-1955 yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o’rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi.J.Neru SEATO va SENTO bloklarini tuzilishini qoraladi.

Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq sanoat korxonalarini qurishga yordam berdi.Harbiy texnika bilan ta’minladi.

Qo’shilmaslik harakatining rahbarlaridan biri va “olti mamlakat guruhi”a’zosi bo’lmish Hindiston qurollanish poygasini to’xtatishga, qurolsizlanishga, yadro urushi xavfini yo’q qilishga, kosmosni harbiylashtirishga yo’l qo’ymaslikka ,yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatishga muhim takliflar bilan maydonga chiqdi.

Hindiston Janubiy Osiyo mahalliy hamkorligi uyushmasi (SAVAK) faoliyatida ishtirok etmoqda.

4.O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi aloqalar mustaqillikdan oldin ham ancha rivojlangan edi. Ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarning rivojlanishida O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning mustaqillik arafasidagi Hindistonga rasmiy tashrifi katta ahamiyatga ega. Hindiston yordami bilan Toshkent, Buxoro va Samarqandda

zamonaviy mehmonxonalar qurildi.Respublikamizda uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993 yilda Hindiston 10 mln. dollar mablag’ajratdi.

1993 yil N.Rao O’zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi.Oziq-ovqat ,yengil sanoat,zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi hind-o’zbek qo’shma korxonalari ochish bo’yicha 10 ta shartnoma tuzildi.Hindistonning “Modi”, “Rotan”, Shri eksport” va boshqa firmalari O’zbekistonda katta obro’ qozonmoqda.

Tayanch iboralar:Xoliston,pancha chila,HMK, Bxaratiya Janata parti(BJP).

Nazorat uchun savollar:

1.J.Neru davrida Hindistonda ahvol qanday edi?

2.Hindiston va Pokiston o’rtasidagi muammolarning asosioy sababi nima?

3.M.Dasai davrida mamlakat iqtisodiy ahvoli qanday edi?

4. “Bxarati Janati Parti”ning maqsadi nimadan iborat?
Uyga topshiriq:Mavzuni o’rganish .Vaqtli matbuotdan Hindiston haqidagi ma’lumotlarni to’plash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hidoyatov.G.A.Jahon tarixi.10-sinf uchun darslik.-T.:”Sharq”,2004.250-b

2.Lafasov.M.F.Jahon tarixi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darslik. -T.:”O’qituvchi”,2004.246-b

3.Jahon mamlakatlari.Qisqacha ma’lumotnoma.-T.:”Sharq”,2006.382-b.




Aim.uz


Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish