Jahonda 1990 yilda 2,1 trln.m3, 1995 yilda 2,2 trn.m3, 2000 yilda 2,5-2,6trln.m3 gaz qazib olindi. Gaz qazib olish bo’yicha birinchi o’nlik mamlakatlariga Rossiya, AQSH, Kanada, Niderlandiya, Turkmaniston, O’zbekiston,Buyuk Britaniya, Indoneziya, Jazoir, Saudiya Arabistoni kiradi. Qazib olinayotgan gazning 15% i eksport qilinadi[2].
Asosiy gaz eksport qiluvchi davlatlar – Rossiya, Turkmaniston, O’zbekiston, Kanada, Niderlandiya, Norvegiya, Jazoir, Indoneziya hisoblanadi. Asosiy importerlar – GFR, Yaponiya, AQSH, Franiya, Italiya hisoblanadi.
Rossiyadan SHarqiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlariga (Germaniya, Avstriya, Italiya, Franutsiya, Finlandiya) gaz quvurlari orqali gaz keltirilgan.
Jahon ko’mir sanoati. Jahonda energetika vaziyatning keskinlashganligiga bog’liq holda so’ngi yillarda ko’mir sanoati tez rivojlanadi.
Jahonning umumiy ko’mir zahirasi 1,2 trln.t. bo’lib, uning 52%i toshko’mir, 48% i qo’ng’ir ko’mir hisoblanadi. Ko’mirning 6% i iqtimodiy rivojlangan mamlakatlarga to’g’ri keladi. Dunyoda ko’mir zahiralari bo’yicha quyidagi mamlakatlar yetakchi o’rinni egallaydi. AQSH (400 mlrl.t.), MDQ mamlakatlari 280; Xitoy 105; GFR 90; Buyuk Britaniya 90; Kanada 15.
Jahon elektroenergetika sanoati.
Elektroenergetika sanoatining rivojlanishi ishlab chiqarish va uy-ro’zg’or sohalarini elektrlashtirish bilan uzviy bog’liq.
Kelajakda AESlar dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida paydo bo’lish ehtimoli mavjud. 2020- yilga kelib dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatida AESlarning salmog’i 30% ni tashkil qilishi bashorat qilinmoqda. AESlarning asosiy xom ashyosi uran hisoblanadi. Uran ochiq va shaxta usulida qazib olinadi. Boyitilgan uranni yirik ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlarga Kanada, AQSH, Avstraliya, JAR, Namibiya, Nigeriya, Gabon, hamda Rossiya va MDHning ayrim mamlakatlari (O’zbekiston, Qirg’iston, Tojikiston va Qozog’iston) kiradi.
Qora metallurgiya sanoati.
Qora metallurgiya – sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, mashinasozlik va qurilishni rivojlantirish asosi, xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarini texnik jihozlashning zaruriy shart-sharoiti hisoblanadi.
Qora metallurgiyaning joylashish xususiyatlari marmoqning rivojlanishi davomida o’zgarib bordi. Qorametallurgiya geografiyasi ikki xildagi yo’nalish ta’sirida shakllandi:
- toshko’mir havzalariga (AQSH, Yevropa, Rossiya, Ukraina, Xitoy) intilish;
- temir rudalari havzalariga (Rossiya, Ukraina, Xitoy, AQSH, Yevropa) intilish.
Rangli metallurgiya sanoati.
Rangli metallurgiya ham sanoatning eski tarmoqlaridan biri bo’lib, FTI ta’sirida uning strukturasida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ikkinchi jahon urushigacha og’ir metallar – mis, qo’rg’oshin, rux, qalay eritish ustun bo’lgan bo’lsa, 60 – 70 yillardan boshlab alyuminiy olish XX asrning oxirlariga kelib – kovalt, titan, beriliy eritishga alohida e’tibor berilmoqda.
Rangli metallurgiya texnologik jarayonining bosqichlari bo’yicha xomashyoni qazib olish va boyitish, hamda metall va metall qotishmalarini eritishni birlashtiradi.
XX asr o’rtalarida yengil rangli metallar (ayniqsa alyuminiy) metallurgiyasi tez rivojlandi.
- Rivojlangan mamlakatlar o’rtasida resurslar va xomashyo kontsentratsiyasi bo’yicha Kanada, Avstraliya, JAR asosiy o’rinni egallaydi.
Qalayning asosiy zahiralari Malayziya, Braziliya,Indoneziya, Tayland, Boliviyada joylashgan.
Misning katta zahiralari CHili, Zimbabve, Zambiya, Zair, Peru ( rivojlangan mamlakatlardan AQSH, MDH, Kanada) da to’plangan.
Boksit qazib olishda Avstraliya, Gvineya, Yamayka, Rossiya, Braziliya, glinozem qazib chiqarishda AQSH, MDH, Yaponiya, CHili, Kanada, Belgiya yetakchilik qiladi.
Jahon mashinasozlik sanoatining xalqxo’jaligidagi ahamiyati.
Mashinasozlik majmuasi xo’jalikning barcha tarmoqlari uchun jihozlar, shuningdek, ko’plab iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari majmuasidir. Xo’jalikning barcha tarmoqlarida mehnat unumdorligi va ilmiy texnika tarraqiyotini mashinasozlikning rivojlanish darajasi ko’p darajada belgilab beradi.
Mashinasozlik sanoatining joylashishiga ta’sir etuvchi omillar.
Mashinasozlik sanoatining boshqa tarmoqlaridan o’zining qator xususiyatlari bilan farq qilib, ular o’z navbatida, uning joylashishiga ta’sir ko’rsatadi.
Birinchidan, FTI davrida mashinasozlik ilmiy ishlanmalarni keng joriy etilmasdan rivojlantirilishini tasavvur etish qiyin. SHu sababdan, mashinasozlikning fantalab tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan ilmiy bazalarga tobora ko’proq yaqinlashtirilmoqda.
Ikkinchidan, mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko’p ish vaqtini va qo’l mehnatini talab qiladi. Shu sababli mashinasozlik sanoatining uskunasozlik, radioelektronika, aniq mashinalar ishlab chiqarish tarmoqlari arzon ishchi kuchi bo’lgan joylarda joylashtiriladi.
Uchinchidan, tarmoq ko’p metall sarflaydi. Shu sababli uning og’ir mashinasozlik sanoat tarmog’i qora va rangli metallurgiya sanoati markazlariga yaqinroq joylashtiriladi.
To’rtinchidan, mashinasozlikda ixtisoslashish va kooperatsiyaning roli g’oyat katta, shu sababli mashinasozlik sanoat korxonalarini joylashtirishda transportning roli katta himoblanadi.
Beshinchidan, mashinasozlik sanoatining ayrim tarmoqlari iste’molchilarga yaqin joylashtirishni (qishloq xo’jalik mashinalar, tog’-kon sanoati mashinalari) taqozo etadi.
Jahon mashinasozligining ikkinchi markazi G’arbiy Yevropa bo’lib, ishlab chiqarish hajmi bo’yicha u deyarli SHimoliy Amerikaga tenglashadi. Bu mintaqaning yetakchi mamlakatlari - GFR. Frantsiya. Buyuk Britaniya. Italiya. Ispaniya bo’lib ular ko’proq stanoksozlikka va avtomobilsozlikka ixtisoslashgan.
Uchinchi, mashinasozlik mintaqasi – SHarqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bo’lib, uning dunyodagi xissasi 1/5 ga teng. Mintaqaning asosiy mamlakati Yaponiya mashinasozlikning rivojlanish sur’atlari bo’yicha AQSH va G’arbiy Yevropadan o’zib ketdi. Shuningdek, region tarkibiga Koreya Respublikasi, Singapur, Xitoy kiradi. Mintaqa asosan eng yuqori texnologiyaga asoslangan omaviy mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
To’rtinchi mintaqa – MDH mamlakatlari. Bu mintaqa har xil mashinasozlik rivojlangan biroq fantalab mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanishi bo’yicha ushbu mintaqa boshqa mintaqalarga nisbatan ancha orqada qolgan.
Mashinasozlik sanoatining tarkibi.
Transport mashinasozligi jahon mashinasozligi va sanoatining yetakchi tarmog’idir. Uning strukturasida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Kemasozlik va avtomobilsozlik tez rivojlandi. Bunda kemasozlik va temir yo’l harakat vositalarini ishlab chiqarish sezilarli darajada rivojlanayotgan mamlakatlarga “ko’chdi”. Hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Argentina, Turtsiya lokomotivlar ishlab chiqarmoqda. Vagon ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida Meksika, Misr, Eron, Tailand, Chili, Kolumbiya ajralib turadi.
Jahon kemasozligining 20 ta yetakchi mamlakatlaridan deyarli 1/3 qismi rivojlanayotgan mamlakatlardir. Janubiy Koreya XX asrning 60 yillari oxirigacha dengiz kemalari ishlab chiqarmagan, va 80-yillar oxiriga kelib Germaniyadan o’zib ketib, dunyoda ikkinchi (Yaponiyadan keyin) o’ringa chiqdi. Undan keyingi o’rinlarni Braziliya, Tayvan, Hindiston, Argentina, Meksika egallaydi. Mehnatning arzonligi ayni paytda kemasozlikning joylashishini belgilamoqda.
Avtomobilsozlik mashinasozlik majmuasining eng yirik tarmoqlaridan biridir. Avtomobillar ishlab chiqarish tez sur’atda ko’paymoqda. Ikkinchi jahon urushidan oldin dunyoning barcha mamlakatlari 4 mln. avtomobil ishlab chiqargan bo’lsa, 1990- yillarga kelib 50 mln. avtomobil ishlab chiqarilmoqda. Buning 70% dan ko’prog’ini yengil avtomobillar tashkil qiladi. Yengil avtomobillar Yaponiya, AQSH, GFR, Frantsiya, Ispavniya, Italiya, Buyuk-Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya va Kanadada ishlab chiqariladi.
Avtomobil ishlab chiqarilayotgan ikkinchi “o’nlik” mamlakatlariga Braziliya, Meksika, Belgiya, Avstraliya, Turkiya, Argentina, Polsha, Chexiya, JAR, Ukraina kiradi.
Jahonning eng yirik avtomobil firmalari qatoriga “Ford”, “Djeneral Motor”, “Kreysler” (AQSH), “Nissan”, “Xonda”, “Tayotto” (Yaponiya), “Foltsvagen”, “Daytler-Bents” (GFR), “Fiat” (Italiya), “Reno”, “Pejo-Sitroen” (Frantsiya) kiradi.
Avtomobil eksporti bo’yicha Yaponiya, GFR, Frantsiya, Kanada, AQSH, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Rossiya yetakchilik qiladi.
Umumiy mashinasozlik, rivojlangan mamlakatlarda og’ir mashinasozlik, va mashinasozlik sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish yo’nalishiga ega.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo’jalik mashinasozligi ishlab chiqarish yo’nalishiga ega.
Stanoksozlikning yetakchi mamlakatlari GFR, Yaponiya, AQSH, Italiya, SHveytsariya hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan Janubiy Koreya, Hindiston va Braziliya ham har xil stanoklar ishlab chiqaradi.
Og’ir mashinasozlik mahsulotlari – AQSH, MDH, Yaponiya, Buyuk Britaniyada ishlab chiqariladi.
Elektronika mashinasozligida elektron industriyasi yetakchi o’rinni egallaydi. Uning tarkibida harbiy-sanoat va uyo-ro’zg’or elektronikasmi ajralib turadi. Harbiy sanoat elektron mashinalari ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlarda rivojlangan. Uy-ro’zg’or texnikasi ishlab chiqarish rivojlanayotgan mamlakat (Gankong, Janubiy Koreya, Tayvan, Mavrikiy) lar hissasiga to’g’ri keladi. Ular uy-ro’zg’or texnikasini hatto rivojlangan mamlakatlarga ham eksport qiladi.
Saot ishlab chiqarishda SHveytsariya XX asrning 70-yillarida jahonda yetakchi mamlakat edi.
Yaponiyada kvarts soatlari ixtiro qilingach, Shveytsariyada ushbu sanoat tarmog’i inqirozga uchradi va bu sohada Yaponiya dunyoda birinchi o’rinni egalladi. So’ngra Gonkong eng sodda va arzon elektron saotlarni ishlab chiqardi Yaponiyadan o’zib ketdi va hozir “birinchi o’nlikning” beshtasi Osiyo mamlakatlaridir.
Kimyo sanoatining tarkibi, xom ashyosi va ishlatilishi
Jahon kimyo sanoati quyidagi tarmoqlardan tashkil topgan: tog’ – kimyo (mineral xom ashyo qazib olish), asosiy kimyo (tuz, kislota, mineral o’g’itlar tayyorlash), organik sintez kimyo (uglevodorod xom ashyosi, yarim – fabrikatlar ishlab chiqarish), polimerlar ashyosi (plastmassa, kauchuk, turli tolalar olish), polimer materiallarini qayta ishlash.
Kimyo sanoati juda katta va xilma – xil xom ashyo bazalariga, ya’ni tog’ – kimyo xom ashyosi, neft va tabiiy gaz, metallurgiya sanoati chiqindilari, yog’och, qishloq xo’jalik xom ashyolari va boshqalar.
Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan mahsulotlar xo’jalikning ko’p tarmoqlari texnologik jarayonlarida ishlatiladi. Masalan, mashinasozlikka plastmassa, rezina, kislota, tog’–kon sanoatiga portlatuvchi moddalar, to’qimachilikka tola va bo’yoqlar, qishloq xo’jaligiga o’g’itlar, zaharli ximikatlar beradi.
Kimyo sanoatining joylashish mintaqalari
Jahon kimyo sanoatining quyidagi 4 ta asosiy mintaqasi shakllangan. Ulardan eng yirigi - G’arbiy Yevropa kimyo sanoati mintaqasi bo’lib, jahon kimyo sanoati umumiy mahsuJanubiying 2/5 qismini ishlab chiqaradi. Ushbu mintaqada birinchi jahon urushigacha asosiy kimyo sanoati Germaniyada edi. Urushdan keyingi yillarda chetdan keltirilgan xom ashyoga asoslanib, neft – kimyo sanoati tez rivojlandi. Oqibatda neft – kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari dengiz portlariga (Rotterdam, Marsel va b) yoki magistral neft quvurlari yaqiniga ko’chdi.
O’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoatining joylashishi
Jahon o’rmon sanoati yog’ochni tayyorlaydigan, yog’ochni qayta ishlaydigan, tsellyuloza – qog’oz, o’rmon – kimyo korxonalarini birlashtiriladi va yog’och, taxta, yog’och buyumlari, qog’oz va o’rmon – kimyo mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Jahonning o’rmon va yog’ochni qayta ishlash sanoati asosan o’rmon resurslarining joylashishi bilan belgilanadi. Yer sharida ikkita o’rmon mintaqasida ( shimoliy va janubiy) joylashgan.
Shimoliy o’rmon mintaqali asosan Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning ignabargli (tayga) rayonlarini egallaydi.
Janubiy o’rmon mintaqasida asosiy o’rinni keng bargli daraxtlar egallaydi.
SHimoliy mintaqada Rossiya, Kanada, Shvetsiya va Finlyandiya yog’ochni qayta ishlash sanoati xalqaro ahamiyatga ega.
Yog’ochni qayta ishlash sanoatining tarkibi va joylashishi.
Jahon bo’yicha 1965 yilda 2 mlrd.kub.m. yog’och tayyorlangan bo’lsa, 1990 yillarda buning hajmi 3,5 mlrd.m3ga yetdi. XX asr o’rtalarida yog’och va yog’och mahsulotlarini tayyorlash asosan Shimoliy mintaqaga to’g’ri kelgan bo’lsa, hozirgi kunda bu asosan Janubiy mintaqaga to’g’ri kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |