Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana27.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#585335
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik ka

odamning oyog‗i 
— 
stolning oyog‗i, odamning ko‗zi — uzukning 
ko‗zi, ko‗ylakning etagi — tog‗ning etagi 
kabi. Demak, lisoniy metaforalar lingvopoetik nuqtayi 
nazardan jiddiy qimmatga ega emas. 
Xususiy-muallif metaforalari esa yangi va okkazional, kutilmagan bo‗ladi. Ularni 
yozuvchining o‗zi estetik maqsad, ya‘ni borliqni subyektiv munosabatini ham qo‗shib obrazli 
ifodalab nomlash asosida yaratadi. Ular uslubiy jihatdan bo‗yoqdorlikka va voqelikni obrazli 
tasvirlash xususiyatiga ega bo‗ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his-
tuyg‗ularini ta‘sirchan, yorqin bo‗yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Shuning 
uchun ham bunday metaforalar badiiy matnning lingvopoetik tahlilida favqulodda muhim o‗rin 
tutadi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma‘no aniq holda ifodalanadi. 
Ayrim tadqiqotchilar 
ot, eshak, qo‗y, it, bo‗ri, tulki, yo‗lbars, boyo‗g‗li, musicha, burgut, 
lochin, qaldirg‗och, bulbul 
kabi so‗zlar ko‗chma ma‘nolarda keng qo‗llanishini aytib, shunday 
mulohaza bildiradilar: ―Otning baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo‗yning yuvoshligi, itning 
vafodorligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi, 
lochinning ko‗zi o‗tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik 
usulda ko‗chiriladi, natijada konnotativ ma‘no yuzaga keladi hamda matnning ta‘sirchanligi 
oshadi‖
1
. To‗g‗ri, bunday metaforalar asosidagi ko‗chma ma‘nolar, albatta, konnotativ ma‘noga 
ega, shuning uchun matnning ta‘sirchanligiga yordam beradi. Lekin ular an‘anaviy 
metaforalardir, xususiy-muallif metaforalari emas, ya‘ni ko‗p qo‗llangan, yangi, original emas. 
Shunga ko‗ra ularning badiiy matndagi lingvopoetik salmoq darajasi xususiy-muallif 
metaforalariga qaraganda ancha pastdir. Masalan, 
buqlamun 
so‗zining metaforik ko‗chma 
ma‘nosi "o‗zgaruvchan (odam)" demakdir, bu ma‘no lug‗atlarda ham qayd etilgan. Ayni ma‘no 
tarkibida konnotativlik bor, shuning uchun 
buqalamun bilan uchrashuv 
(S.Ahmad.) 
birikmasidagi ifoda ta‘sirli. Lekin bu ma‘noning yuzaga kelishi yozuvchiga bog‗liq emas, u 
oldindan ma‘lum. Yangi, kutilmagan, ijodkorning o‗ziga xos metaforalar badiiy matnda kuchli 
darajada poetik ta‘kidga ega bo‗ladi. Aytaylik, yozuvchi tomonidan yaratilgan 
kelinlar 
ko‗zgoloni 
(S.Ahmad.) birikmasidagi 
qo‗zg‗olon 
so‗zida yuzaga kelgan metaforaning poetik 
1
Мамадалиев М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол.фан. номз. дисс... –Тошкент: 
1998. –Б.12.


22 
kuchi oldingidan ortiq. Shuning uchun ham aynan xususiy-muallif metaforalarining poetik 
salmog‗i jiddiydir. 
Metaforalarning odatiy, sinestetik metaforalar va jonlantirish tarzida tilshunoslikda 
farqlanadigan barcha turlari
2
badiiy matnda ijodkor mahorati bilan o‗ziga xos tarzda yaratiladi va 
kuchli darajada poetik aktuallashadi, badiiy mazmunning ifodalanishida faol ishtirok etadi. 
Ijodkorning o‗zi tomonidan yaratilgan odatiy metaforalar juda to‗q obrazli badiiy 
ma‘nolarni yuzaga keltiradi. Masalan: 

 Qaqragan lablarda olovli nafas
Kechalar kechmishin ayladi ko‗mir.
Parishon sochlari yor ko‗ksi emas, 
Muzdayin bolishda qoldi birumr 
(A.O.). 
Parchadagi 
kechmish, ko‗mir, parishon 
so‗zlari betakror bir tarzda metaforik qo‗llangan. 
She‘rdagi yaxlit badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu so‗zlardagi metaforalar badiiy 
ustunlar vazifasini bajargan. Hatto bu metaforalar tufayli reallashayotgan badiiy ma‘nolarni 
konkret so‗zlar vositasida tavsiflash ham mushkul. 
Quyidagi misollarda ham ana shunday metaforalarni kuzatish mumkin: 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish