yuk bo‗lib bosibdi
yillar.
Quralay ko‗zlarda tubsiz bir charchoq,
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko‗ngillar.
Xalqimizda ―yuk bosmoq‖ degani ―og‗ir ahvolga tushib qolmoq‖, ―og‗ir dardga
chalinmoq‖ kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonch-e‘tiqodlar bilan bog‗lanadi.
Xuddi shu tushuncha she‘rda umridap ko‗p qiyinchiliklar ko‗rgan va yoshlik tarovatini ancha tez
yo‗qotgan ayolga nisbatan ishlatiladi, ya‘ni inson umriga ko‗chiriladi. Bundan tashqari, ―elkadan
yuk bosishi‖ degani real holatda adl qomatni egadi, xuddi shu narsa she‘rdagi ―yoshlik -
27
keksalik‖ ziddiyatini kuchaytiradi hamda ―ajin‖, ―soch oqi‖, ―ko‗zlardagi tubsiz charchoq‖ bilan
uyg‗unlashadi.
A.Oripov o‗z she‘rlarida sifatdosh oboroti bilan ifodalangan metaforalardan ham
mohirona foydalangan. Masalan, shoirning ―Seni ona dedim...‖ nomli she‘rida metafora
sifatdosh oboroti bilan ifodalangan. Unda, garchi ko‗chma ma‘no asosi so‗z bo‗lsa ham,
ko‗zlangan metaforik ma‘no o‗sha sifatdoshli birikma butunligida yuzaga chiqadi. Shunday
satrlarni o‗qiymiz:
Hech vaqt unutilmas, o‗sha qirg‗in choq
Zafarga chorlagan nurli timsoling.
Reyxstag ustiga tikilgan bayroq
Asli sen silkitib qolgan ro‗moling.
Shoir ushbu to‗rt misrada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‗alabadagi ayollar
hissasini yuksak mahorat bilan umumlashtirib, oborazli ifoda etolganini ta‘kidlosh lozim. Bu
ifodada esa oxirgi ikki misradagi ―bayroq – ro‗mol‖ qiyosi asos bo‗lib xizmat qiladi. Lekin shu
ikki so‗z o‗z holicha shoir ifodalagan ma‘noni bermaydi. Zero, gap umuman bayroq haqida
emas, ―Reyxstag ustiga tikilgan‖ bayroq haqida; umuman ro‗mol haqida emas, ayollarimiz
farzandlari, aka-ukalari, yorlarini frontga uzatayotib ―silkitb qolgan" ro‗mol haqidadir. Shuning
uchun ham sifatdoshli birikma yaxlit butunlikni tashkil qiladi va shu butunlikgina shoir
yetkazmoqchi bo‗lgan mazmunni ifodalaydi.
D.Quronov ko‗chimlar ishlatilish faolligi, badiiy bo‗yoqdorligi, ta‘sirchanlik darajasi kabi
jihatlardan bir-biridan jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan
ko‗chimlar; 2) an‘anaviy tarzda ishlatiluvchi ko‗chimlar va 3) xususiy-muallif ko‗chimlarini
ajratadi.
1
Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi ham
uchrashi tabiiy. Chunki til hodisasiga aylanib bo‗lgan metaforalarni shu til egasi sifatida,
an‘anaviy metaforalarni she‘riyatimizning ming yillik an‘analari davomchisi o‗laroq, individual-
xususiy metaforalarni esa yorqin iste‘dod egasi sifatida qo‗llaydi. Albatta, Bu uchala guruhga
mansub metaforalar hissiy bo‗yoqdorlik, estetik ta‘siri jihatidan teng emas. Ma‘lumki, badiiy
matnga jalb etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi oddiygina so‗zlar ham poetiklik kasb
etadi. Bu narsa lisoniy metaforalarga ham xos. Jumladan, tilimizda "umr o‗tar" jumlasi juda
ko‗p qo‗llanadi, ko‗p qo‗llanaverganidan odatiy bo‗lib ketgan. Balki, uni til metaforasi deyish
qiyindir, lekin shu maqomga yetib qolgani shubhasiz. Unda ajoyib ma‘no nozikligi bor: guyo
―inson yonidan tutqich bermay o‗tib boradigan narsa‖ haqida gap borayotgandek tuyuladi.
Holbuki, inson o‗sha umr bilan birga o‗tib boradi, lekin yana ―umr o‗tar‖da o‗zidan tashqaridagi
1
Қуронов Д. Адабиѐтшуносликка кириш. –Тошкент., 2007. –Б.127.
28
narsani his qilaveradi. A.Oripov she‘rlarida ushbu metafora juda ko‗p ishlatilganki, ayrimlarini
qayd etamiz:
Umr o‗tib borar misoli ertak,
Ertakning ketidan kelib qolar shom. (I, 144)
Bir kun shahanshohlik tekkan gadoday,
Umr o‗tar, dedimu dunyoga boqdim. (I, 202)
Umr-ku o‗tadi gulduros solib,
Uning qaytganini kim ham ko‗ribdi. (I, 231)
Umr o‗tayotir,
Hushyor bo‗l, bolam.
Endi qayshayotir otang asabi. (I, 122)
Keltirilgan parchalarda ―umr o‗tar‖ metaforasi mazmunan har qancha yaqin bo‗lmasin,
turlicha emotsional-ruhiy holatlar, lirik-falsafiy xulosalar: birinchisida umrning o‗tkinchiligini
eslatib, g‗aflatda yotmasdan, to‗laqonli yashashga da‘vat; ikkinchisida umrning har lahzasini
qadrlab, go‗zallikdan zavq olib yashashga undash; uchinchisida umrini hasadu ig‗voga sarf etib,
uning o‗tib borayotgaini o‗zi anglamayotgan insonlarga hayronlik; to‗rtinchisida umr bilan birga
o‗z ham oxir manzil tomon borayotganini yurakdan his-etayotgan insonning iztirobu tashvishlari
ifodasiga xizmat qiladi. To‗g‗ri, metafora yangi emas. Lekin, birinchidan, bu she‘rlarning
hammasida ―umr o‗tar‖ metaforasi mazmunning o‗q tomiri deyish mumkin.
Ikkinchidan,
she‘rlarning har biri uchun uchun alohida va yangi kontekst, uni boshqa so‗zlar o‗rab turgani
uchun har safar yangi bir emotsional bo‗yoq, shu bo‗yoq tufayli yangicha jilo beruvchi qirrasini
namoyon etaveradi. Yuqoridagi she‘rlar bilan ―Umr‖ nomli she‘r kontekstlarini birlashtirsa,
―umr o‗tar‖ metaforasi endi tamom yangicha va kutilmagan mazmun kasb etadi.
Inson tug‗iladi asli belibos,
Bir parcha bo‗lib kelar jahonga,
Libosu hashamdan bo‗lgay u xalos,
Ketar chog‗ida ham so‗nggi makonga.
Lekin o‗rtadagi umr-chi, umr...
O‗chmas tamg‗a bo‗lib qolgay toabad.
Balki yog‗ar unga rahmat degan nur.
Balki ko‗mar uni malomat, nafrat. (II, 120)
Ko‗rinib turganidek, bunda ―umr o‗tar‖ metaforasi ishlatilmagan, faqat ―umr-chi,
umr‖dan keyingi ko‗p nuqta bir qur ―umr o‗tar‖ni yodga keltiradi. Lekin bu kontekstga u
sig‗maydi, kontekst buning aksini ifodalashga moyil: inson o‗tib ketadi – umri qoladi: qilgan
29
yaxshi yo yomon amallarida, rahmat yo nafratga sazovor bo‗lib davom qilaveradi. Demak, ―umr
o‗tar‖ metaforasi she‘rda ishlatilmaganiga qaramay, u mazmunni ifodalash uchun asos bo‗lib
xizmat qiladi. Faqat buning uchun kontekstni kengroq, A.Oripovning lirik ijodi doirasida olish
lozim, chunki shoir yaratgan asarlar o‗zaro dialogik aloqada yashaydi: biri ikkinchisiga javob,
izoh yo sharh, to‗ldirish, inkor kabi munosabatlarda turadi.
Ma‘lumki, ko‗chimlarning eng keng qo‗llanuvchi turi – metafora nutqda ma‘lum stilistik
maqsad uchun xizmat qiladi. So‗zlarni metaforik ma‘noda qo‗llashning asosiy vazifasi nutqning
obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo‗lsa, shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga
keluvchi
emotsional-ekspressivlik
konnotativ
ma‘nodir. Demak, metaforik qo‗llash
konnotatsiyani yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli.
E.Vohidov ham nutqning obrazliligini oshirishda metaforadan unumli foydalanadi.
Metaforik qo‗llashda biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o‗xshash tomoni boshqa
bir predmetga ko‗chiriladi. Yuqorida ta`kidladiki, manbalarda metaforaning ikki turi farqlanadi:
lingvistik va xususiy-muallif metaforalar.
1
Lingvistik metaforalar obrazlilik, tasviriylikdan holi bo‗lsa, xususiy-muallif metaforalari
ayni shu xususiyatlar asosiga quriladi.
E.Vohidov xususiy metaforik ko‗chimlari bilan asarlarining badiiy qimmatini oshirishga
muvaffaq bo‗lgan. Jumladan, shoirning metaforani hosil qilishda ot so‗z turkumidan keng
foydalanadi. Masalan:
Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo
Chiroylik yolg‗onga qarsak urishlar.
Soxtalikning iliq muhiti aro
Yayrab ko‗payadi manfur viruslar. (―Viruslar‖)
Bu misrada virus so‗zi metaforik ma‘noda qo‗llangan bo‗lib, uning asl ma‘nosi faqat tirik
xujayralarda ko‗payib, odam, xayvon, o‗simliklarda yuqumli kasalliklar qo‗zg‗atuvchi
mikroorganizmdir. Shoir eng razil, jirkanch insonlar, ya‘ni yulg‗ichlar, shuhratparastlar
mansabdor, loqayd shaxslarni viruslarga o‗xshatadi. She‘rning nomi ham ―Viruslar‖ deb ataladi.
Shoir oddiy viruslarni yo‗q qilish mumkin, lekin manfur. Mudhish viruslarni quritib
bo‗lmasligini uqtiradi:
Mansab savdosi ham klassik virus,
Kiritsa arziydi tibbiy darslikka.
Sharsimon virusni mumkin o‗ldirish,
Chora yo‗q yumaloq xudparastlikka.
1
Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. –Т.: Фан, 1976, -Б.13. Абдураҳмонов Ш. Ўзбек бадиий нутқида
кулги қўзғатувчи лисоний воситалар. НДА. –Т., 1997. –Б.14-15.
30
Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak:
Muhabbat otashini
Hech qachon do‗zaxga teng qilmam,
Nechunkim, menga nurli –
Tal‘ating jannat bilan tengdur (―Muhabbat birla...‖)
Mazkur misrada otash so‗zi metaforik ma‘noda qo‗llangan bo‗lib, O‗TILda uning o‗z
ma‘nosi ―o‗t, olov‖, ko‗chma ma‘nosi esa ―dilni yondiradigan, o‗rtantiradigan harortli his-
tuyg‗u‖ tarzida izohlangan. Shoir muhabbat otashi birikmasini ko‗chma ma‘noda qo‗llab, ijobiy
munosabatni bildirgan. Uning do‗zax so‗zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada
oshirgan.
Oshiq o‗lding, ey ko‗ngil,
G‗am lashkaridan ko‗rqmagil,
Bari chopqu oldda, Erkin,
Ne uchun vahm alading? (―Kipriningdan o‗q uzib...‖)
Bu she‘riy parchada esa g‗am lashkari birikmasi metaforik ma‘noda qo‗llangan. G‗am
so‗zi o‗z ma‘nosida, lashkar so‗zi esa ko‗chma ma‘noda berilgan. Ma‘lumki, lashkar so‗zi juda
ko‗p askarlardan tashkil topgan qo‗shin ma‘nosini bildiradi. G‗am lashkari birikmasi perifrastik
metafora bo‗lib, lashkar so‗zining semantik tarkibidagi ―son-saoqsiz‖ semasi oshiq ko‗nglidagi
g‗am-alam tuyg‗usining cheksizligiga ishora qiladi.
E.Vohidov ba‘zan so‗zning asl va ko‗chma ma‘nolarini hamohang olib boradi: Masalan:
Sendek mehribonim bor ekan, demak,
Toshkent
Do'stlaringiz bilan baham: |