Nuriddinova xalima mavzu: metafora va uning badiiy matnda ifodalanishi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana27.04.2022
Hajmi0,64 Mb.
#585335
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti tilshunoslik ka

jarohati
bitib ketadi. (―Shahri Dilorom‖) 
Ushbu she‘riy parchada qo‗llangan 
jarohat
so‗zining asl ma‘nosi ko‗chma ma‘noga 
shunday mohirlik bilan singirilganki, kitobxon bir qarashda metaforik ma‘noni ko‗zdan 
qochiradi. So‗zning asl ma‘nosi ―shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy‖ bo‗lib, bu 
o‗rinda mazkur so‗z 
katta zarar, ziyon-zahmat
ma‘nosida ko‗chma ma‘noda qo‗llangan. Negaki, 
she‘rda 1966 yil Toshkent shahrida bo‗lib o‗tgan zilzila oqibatlari qalamga olingan. Demak, 
jarohat so‗zi ―katta zarar‖ ma‘nosida ko‗chma ma‘noda berilgan. Biroq gapdagi 
bitib ketish
harakati so‗zning asl ma‘nosi bilan semantik bog‗lana oladi. Ko‗rinadiki, bu misrada so‗zning 
ko‗chma va asl ma‘nolari mohirlik bilan uyg‗unlashtirilgan. Bu o‗rinda shoir zilzilaning 
insonlarga yetkazgan jismoniy va ma‘naviy zararini, shuningdek, shahar uchun keltirilgan 
moddiy talafotlarni shu birgina so‗z bilan niqoblaydi. Bu holat kitobxon qalbini larzaga soladi, 
unda achinish hissini uyg‗otadi. 
E.Vohidovning ―Sirdaryo o‗lani‖ she‘ridagi metaforik qo‗llash o‗ziga xos tarzda berilgan. 
Unda insonlar uchun eng aziz ona timsoli daryoga ko‗chiriladi: 


31 
Sen bizlarga axir mangu keraksan, 
Oqib turgan, qurib qolma, 
onajon. 
Bu o‗rinda shoir Sirdaryoning qurib qolmasligi yurt uchun nechog‗lik katta ahamiyatga 
ega ekanligini insonlar uchun onaning o‗rni qadar muhimligi bilan qiyoslaydi va yurt nomidan 
uni onajon deb nomlaydi. Bu metaforik qo‗llash xalqning daryoga bo‗lgan mehri, g‗ururi va 
fidoyiligi kabi munosabatlari izhori sifatida yuzaga chiqadi. 
O‗zbek tilida metaforaning mazmuniy jihatdan bir turi sifatida farqlanuvchi jonlantirish 
san‘ati ham badiiy mantga obrazlilik, emotsional-ekspressivlik baxsh tuvchi vositalardandir. 
Mazkur metaforik qo‗llashda insonga xos xarakter, xususiyat, holat va harakatlar jonsiz 
predmetlarga ko‗chiriladi. Bu esa nutqning ta‘sirchanligini, demak, konnotativligini yuzaga 
chiqaradi. E.Vohidov she‘riyatida bunday o‗xshatishlar ko‗plab kuzatiladi. M: 
Rahmi kelib 
bulutning
 
Yig‗lab to‗kar yoshini. 
Qushlar qochar, majnuntol 
Ko‗taradi boshini
. (―Manzara‖) 
Rahmi kelish, yig‗lash, yosh to‗kish, bosh ko‗tarish 
kabi xususiyatlar insonlarga xos 
bo‗lib, shoir ularni bulut va majnuntolga ko‗chiradi. Bu holat tabiat manzarasining shunchaki 
tasvirini emas, uning inson qalbi tomonidan qanday qabul qillinishini ifodalash maqsadida 
berilgan. Bunda inson faqatgina kuzatuvchi emas, ona tabiatning dardkashi sifatida jonlanadi va 
xuddi shu tuyg‗u kitbxon ruhiyatiga ham ko‗chadi. 
Nozik didli faqatgina insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsalarga emas, hayvon va 
qushlar jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni insonga ko‗chirish usullaridan ham unumli 
foydalanadi. Ma‘lumki, sayrash kushlarga xos harakatdir. U metaforik yo‗l bilan insonlarga ham 
ko‗chirish mumkin. Bunda mazkur so‗z nutq vaziyatiga ko‗ra gapirish harakatiga nisbatan 
so‗zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda qo‗llaniladi. Masalan: 
Hay‘atlarda kekkayib, 
Yayrab yurar Matmusa. 
Biz undoq, biz bundoq deb, 
Sayrab yurar Matmusa. (―Matmusaning charxpalagi‖) 
Bu misrada sayramoq leksemasi ko‗p 
gapirmoq, maqtanmoq, vaysamoq
ma‘nolarida 
qo‗llanganligi sababli konnotativ ma‘no yuzaga chiqqan. Shoir aynan sayramoq so‗zini tanlash 
orqali baho munosabatini ifodalab pragmatik ma‘no hosil qilgan. 
E.Vohidov she‘riyatida sifatlarning metaforik ma‘noda qo‗llanishi konnotativ ma‘noga 
yo‗l ochadi. Quyida kishining yosh belgisini ifodalovchi qari leksmasi muayyan predmetning, 
ya‘ni dunyoning belgisi sifatida qo‗llangan: 


32 
Ne davronlar kechmish qoldirib shuhrat, 
Barchasiga shohid bu 
qari
dunyo (―Iltijo‖)
Bu o‗rinda 
qari 
leksemasi
uzoq umr ko‗rgan kishi 
ma‘nosini anglatmaydi. Uning 
dunyo
so‗ziga nisbatan qo‗llanishi natijasida dunyoning qadimiyligi, uning ko‗p voqealarga shohid 
bo‗lganligi ifoda etiladi. Shoir mazkur o‗xshatish orqali dunyoning boqiyligi to‗g‗risidagi oddiy 
haqiqatga ishora qiladi. Natijada, qari leksemasining metaforik qo‗llanilishi pragmatik 
mazmunga yo‗l ochgan. Pragmatik mazmunning yashirin ko‗rinish kasb etishi esa she‘rning 
ta‘sirchanligini yanada oshirgan. 
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov o‗z she‘rlarining ta‘sirchanligini, obrazliligini 
oshirishda, umuman, konnotativ ma‘no hosil qilishda metaforalardan unumli foydalangan. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish