oltin – nodir ma‘dan, oltin soat, oltin uzuk.
1-misolida oltin va ma‘dan giponimik (tur-jins) material buyum munosabatlari bilan
bog‗langan.
2-3 misollarda so‗zlarning o‗zaro aloqaga kirishuvchi o‗zbek tili uchun me‘yoriy
sintagmatik
holatdir.
Chunki
so‗z birikmalarida so‗zlarning me‘yoriy sintagmatik
munosabatlarga kirishi uchun har ikkala bog‗lanadigan so‗z orasida o‗xshash va bir-birini talab
etuvchi semalar bo‗lishi shart va zarur. Masalan, shirin qovun, shirin tatiladigan ma‘lum
predmetda mujassam bo‗lishni talab qilganidek, qovun ham ta‘m-maza aniqlovchilari bilan
aniqlanishi talab qiladi va bunday birikish me‘yoriydir.
Bunday birikishda har ikkala so‗z nutqiy ma‘nolari lisoniy denotativ va konnotativ
ma‘nolarga juda yaqin turadi. Agar o‗zaro birikkan so‗zlar tarkibida bir-birini rad etuvchi
semalar bo‗lsa, so‗zlardan har ikkalasi ham lisoniy ma‘no tarkibidagi semalarni chetlashtiradi va
chetlashgan semalarning o‗rni kuchli konnotatsiya bilan to‗ldiriladi:
oltin bosh, oltin qo‗l
.
Material – buyum so‗z birikmalari tipida qurilgan bunday so‗z birikmalarida buyumning
denotativ ma‘nodagi materiali bilan aniqlovchi atab kelgan material mos kelmaydi. Natijada
―oltin‖ so‗zidagi ma‘dan semasi chetlashtiriladi. ―Qo‗l‖ aniqlanmishi ma‘dandan kelib chiquvchi
– yumshoq, sarg‗ish attributlarini chetlashtiradi. ―Oltin soch‖ birikmasida, aksincha, naq shu
ma‘no kuchaytiriladi. Oltin so‗zida ma‘dan va uning belgilari kabi denotativ semalar
chetlashtirilgach, kamyoblik denotativ semasi va qadrli-qimmatlilik kabi semalar kuchaytiriladi.
Yuqoridagilarni jamlab aytish mumkinki, metaforaning yuzaga kelishi quyidagi unsurlarni talab
qiladi:
1. Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma‘noda) o‗xshashlik.
2. Shu o‗xshashlikning lisoniy aksi bo‗lgan mutanosib semalar.
3. Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo‗qligi.
Ana shu unsurlar ta‘minlaganda, nomning metaforik ko‗chishi yuzaga keladi. Demak,
―Metafora – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o‗xshashlikning lisoniy aksi bo‗lmish
mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o‗rnida qo‗llanishi‖.
Metaforani nom ko‗chishining boshqa usullaridan farqlovchi ―obyektiv va subyektiv
o‗xshashlik‖ ka asoslanish belgisi bir qarashda juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar
mohiyatiga nazar tashlash bu ancha murakkab hodisa ekanligini ko‗rsatadi. Bu ikki omil bilan
belgilanadi.
1. Metaforada ko‗chimning ko‗chish bazasi doim ham to‗la, aniq bo‗lavermaydi.
Masalan, oltin bosh, ko‗chayotgan so‗z ―oltin‖ aynan qaysi so‗z o‗rinda kelayapti – noaniq.
14
Balki qimmatli, aqlli, dono va hokazo so‗zlardir. Ammo bu noaniq. Sanab o‗tilgan so‗zlarning
har birida ―oltin‖ bilan mutanosib sema bor.
2. O‗xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs uchun
o‗xshashlikni tiklash qiyin kechadi va hatto umuman mumkin bo‗lmaydi. Masalan, biron kishi
o‗zi uchun suyukli shaxsni ―chumchug‗im‖ deb atasa, chumchuqni yotirmaydigan,
tanimaydigan shaxs bu metafora asosini topa olmaydi va bunday atash asosida mazax yoki
mehr yotganini farqlamaydi.
Demak, metafora asosida turuvchi o‗xshatish metafora tabiatiga ta‘sir o‗tkazar ekan.
Shuning uchun ham:
Metafora
–
o‗xshatish
ochiq
bo‗lganda,
tushunarli,
o‗xshatish
hosil
qilinganda tushunarsiz, o‗xshatish yo‗qolganda, sezilarsiz bo‗ladi.
O‗xshashlikning yo‗qolishi metaforik qo‗llanuvchi so‗zlarni oddiy nomlarga aylantiradi.
Qadim Rimda biror mansabga saylanayotgan shaxs saylovchilar oldida oq kiyimda namoyon
bo‗lgan va kandidat deb atalgan. Hozirda kandidat biror mansab (daraja, unvon) ga da‘vogar
shaxsning, u qanday rangli kiyimda bo‗lishidan qat‘iy nazar, nomi. Yuqoridagilardan
ko‗rinadiki, metafora hosil bo‗lishi uchun 3 ta asos talab etilar ekan. Metaforaning o‗xshatish
asosiga qurilganligini hisobga olib, bu jihatni quyidagicha belgilash mumkin:
tema – qiyoslanatgan narsa, ifoda vositasi – temaga qiyos bo‗lgan narsa,
qiyos uchun asos – temaga ham, ifoda vositasiga ham tegishli bo‗lgan umumiy belgi
1
.
Metaforik ko‗chayotgan nom va uning bazasi (ko‗chish o‗rni) orasidagi munosabatlar
turli-tuman bo‗lishi mumkin.
Metafora gapiruvchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. ―...birinchidan, bir narsani
nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning ―gapiradigan‖ bo‗lish zaruriyati‖. Bu yerda
nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi:
1. Nomsiz narsani nomlash.
2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi nominatsiya).
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‗tirishga hojat yo‗q. Chunki nom inson bilimi
faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi?
Bu zaruriyat mavjud bo‗lgan nom so‗zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta‘minlay
olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir:
Birinchidan, nutqni qisqa va lo‗nda qiladi, qiyoslang:
Saida – sinchalak // Saida – betinim, nozik, shaddod qiz.
Ikkinchidan, nutqni aniqlashtiradi:
1
Қобулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик талқини: Филол.фанлари номзоди ... автореф. –Тошкент,
2000. –Б. 12.
15
O‗razqul – ayiq // O‗razqul – yo‗g‗on, basavlat odam.
Ikkinchi jumlada uning yo‗g‗on va basavlatligi unga berilayotgan aniq bahoni
ko‗rsatmaydi. ―Ayiq‖ esa uning bu belgilaridan tashqari, bu belgilarining yoqimsizligini ham
ko‗rsatadi. Agar muayyan so‗zda jarayon (ikkilamchi nominatsiya) da qatnashish imkoniyati
bo‗lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‗z sememasi (ma‘nosi)
ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy mustaqillikka erisha olish qobiliyatidir. Ya‘ni
ikkilamchi nominatsiya uchun zaruriy semalar yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib
semaga ega bo‗lgan boshqa so‗z bilan sintagmatik (bevosita yoki bilvosita) aloqaga kirishadi.
Natijada ikkilamchi nominatsiya yuzaga keladi. Masalan, oyoq so‗zi quyidagi semalarga
ajratiladi:
1)
insonga xos a‘zo;
2)
eng quyi;
3)
tayanch.
Stolning ―oyog‗i‖ brikmasida 1, 3 – semalar xiralashgan va 2 – sema yorqinlashib,
nisbatan mustaqillikka erishgan va ikkilamchi nominatsiyani ta‘minlagan. Demak, so‗zning
ko‗chma ma‘nosi ikkilamchi nominatsiya natijasi emas, so‗zning ko‗chma ma‘noga erisha olish
imkoni ikkilamchi nominatsiya asosidir. Bundan anglashiladiki, metafora uchun lisoniy asos
so‗zning semantik strukturasida ekan. Inson ongida metaforik ko‗chim hosil bo‗lishi
bosqichlarini esa shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin:
1.
Nomsiz (shartli) narsa (keng ma‘noda)ni nomlash zaruriyati.
Nomning so‗zlovchi nazarida ayni nutqiy sharoitga mos kelmasligi ushbu nom denotatini
vaqtincha nomsiz qilib qo‗yadi va ikkilamchi nomlash jarayoni yuzaga keladi. (Bu haqda
to‗xtalib o‗tdik). Shuningdek, haqiqatdan ham nomsiz narsani nomlash zaruriyati ham
metaforaga asos bo‗la oladi: uzuk ko‗zi, stol oyog‗i, tog‗ etagi, ...
Inson nomsiz (yoki nomini bilmaydigan) narsani uchratganda, o‗ziga tanish boshqa
narsalar bilan qiyoslaydi va o‗xshashining nomi bilan atay boshlaydi. A.A.Potebnya bu hodisani
tretium komparatium deb yuritadi.
2.
Nomsiz narsada motivlarni ajratish.
Yuqorida aytib o‗tilganidek, inson nomsiz narsani uchratganda, o‗ziga tanish nomlar
bilan qiyoslay boshlaydi va albatta qiyoslash natijalarini parchalaydi. Masalan, uzukka
o‗rnatilgan qimmatbaho toshda quyidagi motivlarni ajratish mumkin: yumaloq, yaltiroq, chiroyli,
kosaga joylashgan (albatta, bu xil ajratish shartli, har bir nomlovchi turli xil motivlarni o‗z
tasavvur doirasiga qarab ajratadi).
3. Motivlarni turli nomlar sememasi komponentlari (semalar) bilan qiyoslash.
16
Unga tanish narsalardan ko‗z ham shunga yaqin motivlarga ega: shakli yumaloqqa yaqin,
inson yuzining ko‗rkini ta‘minlovchi a‘zolardan biri, kosaga joylashgan. Bu o‗rinda shuni
nazarda tutish lozimki, uzuk ko‗zi nisbatan ibtidoiy (primitiv) metafora bo‗lib, unda obyektiv
motivlar va lisoniy semalar mutanosibligi kuzatiladi. Ammo har bir metaforada ham shunday
bo‗lavermaydi. Yuqorida keltirilgan ―chumchuqcham‖ metaforasi bilan qiyoslang. U xil
holatlarda motivlar qiyosi semalar bilan amalga oshiriladi.
4. Ikkilamchi nomlash. Demak, uzukka o‗rnatilgan toshni ko‗z deb atash mumkin
(Ammo shuni ta‘kidlab o‗tish zarurki, bu xil nomlash kamida minimal kontekt so‗z bo‗lishini
talab qiladi).
Xulosa qilib aytganda, metaforaning yuzaga kelishi to‗rt bosqichda borar ekan.
Metaforani tushunish yoki ochish uch bosqichda olib boriladi. Tushunish va ochish
o‗zaro bir xil bosqichlarda kechsa ham, bu bosqichlarning ichki yo‗nalish maqsadi bir-biridan
farq qiladi. Tushunish shu nutq akti a‘zosi (tinglovchi) uchun ham, tadqiqotchi-nazariyotchi
uchun ham ahamiyatli. Ochish faqat nazariyotchi uchun qiziqarli bo‗lgan jarayondir. Ya‘ni oddiy
tinglovchi uchun metaforani tushunish kifoya qilsa, tadqiqotchi-tilshunos uchun uni tushunish
jarayoni ham e‘tiborga sazovor. Metaforani tushunish (ochish)ning quyidagi bosqichlarini
farqlaymiz:
Metaforani tanish: Matnda uchragan hukm uning obyektiv borliqdagi bilimlari asosidagi
hukmlardan farq qila boshlasa, bu uning qandaydir ko‗chimni uchratganidan darak beradi.
Valixon so‗fi – muloyim supurgi ... Valixon so‗fi – odam, binobarin, u supurgi bo‗la
olmaydi.
Qayta qurish. Bu jumboq (odamni supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani ko‗proq
tushunarli shaklga solib qayta qurishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |