Ноябрь 2020 7-қисм
Тошкент
O’ZBEK TILI DARSLARINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA
TASHKIL ETISH.
Raximova Shahnoza Ravshanovna
Toshkent shahar Mirobod tuman 175-maktab
O’zbek tili fani o‘qituvchisi. Tel:+998903711875
Annotatsiya: ushbu maqolada rus sinflarida o‘zbek tilini o‘qitishda interfaol ta’lim
metodlaridan foydalanish usullari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, muammoli vaziyat, kelajak avlod, interfaol metod.
“Til kishilarning eng muhum aloqa vositasi” jumlasida tilning ijtimoiy mohiyati, uning
vazifasi to‘la o‘z ifodasini topganligi barchaga ayondir. Til oddiy aloqa vositasi bo‘lmasdan,
balki kishilarning eng muhum aloqa vositasi hamdir. Darhaqiqat, kishilar o‘zaro aloqada turli
vositalardan foydalanadilar. Ammo bular ichida til eng muhum vositadir. Til faqat kishilargagina
xos, u faqat kishilar aloqasi uchun xizmat qiladi.
O’z navbatida til faqat ayrim shaxslarning aloqa vositasi bo‘lmay, millatlararo aloqa quroli,
to‘plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish vositasi hamdir. Tilning bu vositasi
uning akkumulyativ (lotincha accumulare-to‘plash) funktsiyasi hisoblanadi. bu gnesologik
(bilish jarayoni) vazifasidir!
Shu zamon donishmandlarining biridan xalqning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ilmiy
jihatdan yuksalayotganini qanday bilish mumkinligi to‘g‘risi da so‘ralganda, donishmand uch
narsani sanagan ekan. birinchisi, o‘sha xalqning qahramonlik eposi jonli ijroda yozib olingan
bo‘lishi, ikkinchisi, o‘sha xalq tiliga oid izohli lug‘at tuzilgan bo‘lishi, va nihoyat, shu xalqning
Milliy ensiklopediyasi mavjud bo‘lishi lozim ekan. Shukrki, bizda har uchalasi bor. E’tibor
bersak, bularning asosida til turibdi. O‘tgan davr mobaynida biz ona tilimizning fonetika sini,
sintaksisini, morfologiyasini, dialek tologiyasini, etimologiyasini va boshqa bo‘limlarini muayyan
darajada o‘rgandik, o‘rganyapmiz. Endi tilni shunchaki aloqa vositasi sifatida emas, uni millat
nufuzi sifatida ko‘tarishimiz kerak.
bugungi ta’lim jarayonini interfaol usullarsiz tasavvur etish qiyin. Ta’lim jarayonida
qo‘llaniladigan interfaol usullar muayyan guruhlarda o‘qitiladigan o‘quv fanining bosh
maqsadiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Aks holda, qo‘llanilgan interfaol usul hech qanday
ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. O‘qituvchi tanlagan usul dars davomida bolaning faolligini,
kattalar va tengdoshlari bilan to‘g‘ri muloqot qila olishini ta’minlashi, tilda mavjud, biroq
o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan yangi so‘z va iboralarning mazmunini anglash, eslab qolishga,
muloqot jarayonida qo‘llashga harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur. O’zbek tili
darslari oldiga qo‘yiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish yo‘llari samarador usullar bilan
o‘quvchilar ongiga singdirilgandagina kutilgan natija berishi mumkin.
bugungi kunda zamon talabi darajasida dars o‘tish uchun barcha o‘qituvchilarga quyidagi
omillarga rioya qilish tavsiya etiladi.:
- Didaktika va tarbiya nazariyasi bilan puxta qurollanish;
- Innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
- O’z fani bo‘yicha yangiliklardan boxabar bo‘lish;
- Dars o‘tishning noan’anaviy usullarini amaliyotda qo‘llash;
- O’quvchilarning bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga mos tarzda ta’lim mazmunini
yangilash;
- O’qitishda kompyuterlarni joriy etish;
- Nutqiy jihatdan barkamol bo‘lish, ishontirish, isbotlash, malakalarini egallash.
Noan’naviy dars tashkil etishda muammoli vaziyat yaratilsa, aniqlansa va bartaraf etish
choralari ko‘rilsa o‘quvchilar mavzuni puxta o‘zlashtiradilar. O’zbek tili darslarida muammoli
vaziyat yaratishning usullari xi;lma-xildir. O’zbek tili darslarida muammoli vaziyat yaratishda
quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish;
- Til materiallarini sintez qilish asosida muammoli vaziyat yaratish;
- Til faktlarini qarama-qarshi qo‘yish va taqqoslash orqali muammoli vaziyat yaratish;
- Innovatsion texnologiyalardan foydalanib, muammoli vaziyat yaratish;
88
Do'stlaringiz bilan baham: |