GOST 2.770-68 bo’yicha mexanik yuritma elementlarining belgilanishi.
№
|
Nomlanishi
|
Belgilanishi
|
1
|
Val, o’q.
|
|
2
|
Qo’zg’almas zveno.
|
|
3
|
Detal bilan valning qo’zg’almas bog’lanishi.
|
|
4
|
Valdagi sirpanish va dumalash podshipniklari (podshipnik tipi aniq emas)
|
a)
|
Radial
|
|
b)
|
Tirak
|
|
5
|
Sirpanish podshipnigi
|
a)
|
radial
|
|
b)
|
Radial-tirak bir taraflama
|
|
Ikki taraflama
|
|
v)
|
Tirak bir taraflama
|
|
ikki taraflama
|
|
6
|
Dumalash podshipnigi
|
|
a)
|
Radial
|
|
b)
|
Radial – tirak bir taraflama
|
|
|
Ikki taraflama
|
|
v)
|
Tirak bir taraflama
|
|
|
Ikki taraflama
|
|
7
|
Mufta. Aniqmas tipining umumiy belgilanishi.
|
|
8
|
Ajralmaydigan mufta
|
a)
|
Bikr maxkamlangan
|
|
b)
|
Elastik
|
|
v)
|
Konpensastiyalovchi
|
|
9
|
Boshqariladigan (umumiy belgilanishi)
|
|
10
|
Tormoz. Aniqmas tipining umumiy belgilanishi
|
|
11
|
Bir tekislikda aylanadi- gan kulachok
|
|
12
|
Frikstion uzatmalar
|
a)
|
Silindrsimon rolikli
|
|
b)
|
Konussimon rolikli
|
|
13
|
Tasmali uzatma, tasma turi aniqmas
|
|
14
|
Tasmali uzatma
|
a)
|
Yassi tasmali
|
|
b)
|
Ponasimon tasma
|
|
v)
|
Ko’ndalang kesimi doira shaklidagi tasma
|
|
g)
|
Tishli tasmali uzatma
|
|
15
|
Zanjirli uzatma. Zanjirning umumiy belgilanishi
|
|
16
|
Silindrik tishli uzatma
|
a)
|
Tashqi ilashmali tishlari aniqmas tipining umumiy belgilanishi
|
|
b)
|
To’g’ri tishli uzatma
|
|
v)
|
Qiya tishli uzatma
|
|
g)
|
Shevron tishli uzatma
|
|
d)
|
Ichki ilashmali uzatma
|
|
17
|
Kesishuvchi o’qli konussimon g’ildirakli uzatmalar
|
|
a)
|
Konussimon uzatmaning
umumiy belgilanishi
|
|
b)
|
To’g’ri, doiraviy, spiralli tishlar bilan
|
|
v)
|
Gipoid uzatmalar
|
|
g)
|
Silindrsimon chervyakli uzatma
|
|
5. Oziq-ovqat va kimyo sanoati korxonalari mashinalari va yuk tashish qurilmalarining asosiy tavsifi
5.1. Mexanik aralashtiruvchi qurilmali vertikal apparatlar
Bu turdagi apparatlar minus 400 S dan plyus 3500 S gacha temperaturali, zichligi 2000 kg/m3 gacha va dinamik qovushqoqligi 500 Pa dan ortmaydigan suyuq moddalardagi fizik-kimyoviy jarayonlarni olib borish uchun mo’ljallangan.
Apparatlardagi shartli bosim 0,67 kPa dan 6,4 MPa gacha bo’ladi. Uning xajmi esa 0,05 dan 50 m3 gacha. Bunday apparatlar korpus, qopqoq, korpus tagi, rubashkadan (sovitish yoki isitish uchun mo’ljallangan g’ovak), suyuqlik kiruvchi va chiquvchi shtusterlardan va tayanchdan tuzilgan bo’ladi.
Uning qopqog’iga aralashtiruvchi qurilmani harakatga keltiruvchi yuritma o’rnatiladi. Yuritma esa o’z navbatida elektrodvigatel va bir necha uzatmadan tuzilgan bo’ladi. Jarayon tugagach reaktordagi maxsulot chiqarib yuborish uchun pastki shtusterdan foydalaniladi.
5.1.1. Separatorlar
Ba’zi bir texnologik jarayonlarda separatorlar asosiy ishni bajaradi. Masalan, yog’larni rafinastiyalashda, gidratastiyalashda va moylarni tozalashda. Barcha separatorlar vertikal valga o’rtatilgan va katta aylanishlar takroriyligi qiymatiga ega likopchali barabandan tuzilgan bo’ladi. Separatorlar elektrodvigatel va uzatmalardan tuzilgan mexanik yuritmalar yordamida harakatlanadi.
5.1.2. Qishloq – xo’jaligi maxsulotlarini
quritish qurilmalari
Qishloq ho’jaligi maxsulotlarini qayta ishlash va uzoq muddatda saqlash uchun har xil quritish va namlagich qurilmalaridan foydalaniladi. Bu qurilmalar yordamida o’simlik urug’larining namligi saqlanib turiladi, shuningdek mevalarni vitaminlarga boy tarkibini saqlab qolish uchun quritish kerak. Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda shaxta tipidagi DSP-32 markali quritgich bir sutkada 540 tonna o’simlik urug’larini quritadi. Quritish va namlagich qurilmalarini harakatga keltirishda mexanik yuritmalar ishlatiladi.
5.1.3. Yuritmali valetslar
Valetslar rezina sanoatida tabiiy va sintetik asosli rezina qorishmalarni tayyorlash, list shakliga keltirish va qizdirishda ishlatiladi.
Valetslarning ish bajaruvchi qismi ikki g’ovak stilindrdan tuzilgan bo’lib, ular o’zaro parallel o’qlarda o’rnatilgan. Ular har xil aylanish tezligi bilan bir-biriga teskari yo’nalishda aylanadi. Valetslarning bunday harakatiga yopiq kontur hosil qiluvchi tishli g’ildiraklar orqali erishiladi. Valetslarning yuritmasi elektrodvigatel, reduktor va sekin aylanuvchi tishli uzatmadan tashkil topgan.
Texnologik vazifasiga ko’ra valetslar bir necha turga bo’linadi. Ulardan eng ko’p ishlatiladigani, aralashtiruvchi va qizdiradigan valetslardir.
5.1.4. Maydalovchi valetsli stanoklar
(tegirmon stanoklari)
Turli qattiq va mo’rt materiallarni maydalashda, maydalovchi valetslardan foydaliniladi. Bu qurilmalar kimyo va oziq-ovqat sanoatida maxsulotlarni maydalashda keng qo’llaniladi. Valestli stanok korpusdan, bir juft valikdan, yuritma bilan bu ikki g’ildiraklar yopiq bir zanjirdan tuzilgandir. Valiklar o’zaro teskari harakatda bo’lib, bular orasidagi oraliq masofa boshqariladigan bo’ladi va yopiq kontur xosil qiluvchi uzatmali yuritmadan tashkil topgan.
Yuritma vallarining xar xil tezlik bilan bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishda aylanishini taminlaydi. Materiallarni xar xil kattalikda maydalash uchun valetslar orasidagi masofani boshqarish mumkin.
5.1.5. Neft so’rib olish qurilmasi
Bu qurilma er ostidan neft so’rib olish uchun ishlatiladi. Yuritma yordamida nasos plunjeri ilgarilanma-qaytarma harakatga keltiriladi.
Yuritma odatda elektrodvigateldan, ochiq uzatmadan, masalan, tasmali uzatmadan va reduktordan tashkil topgan.
5.1.6. Pardozlash qurilmasi
Keramikadan yasalgan maxsulotlarni tashqi tasirdan saqlash va manzarali ko’rinishga keltirish uchun qalinligi 0,15 … 0,3 mm bo’lgan oynaga o’xshash qoplama keramikaga qizdirib yopishtiriladi. Masalan, qoplama maxsulot keramik plitkani pardozlash uchun pardozlash qurilmasida maxsus xajmli idishda tirqishdan tushiriladi. Tirqishdan tushayotgan qoplama mahsulot tagiga keramik plitka zanjirli konveyer yordamida bir maromga keltirib turiladi. Zanjirli konveyerga harakat elektrodvigatel, tasmali uzatma va reduktor orqali uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |