5.2.4. Zanjirli konveyerlar
Zanjirli konveyerlar yuqori haroratli o’ta-qo’pol katta donali yuklarni va lentali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi jism sifatida har xil turdagi plastinkali va payvand zanjirlar qo’llaniladi. Odatda, plastinkali, vtulka – rolikli zanjirlar ko’proq ishlatiladi.
Zanjirli konveyerlarda har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, ballonchalar, cho’michlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar, o’rnatiladi.
6. Yuritmaning kinematik hisobi va elektrodvigatel tanlash
Sanoatda ishlab chiqariladigan elektrodvigatellar ma’lum nominal quvvat Pel (kVt) va rotorning aylanish chastotasi nel (min-1) bilan xarakterlanadi. Demak, elektrodvigatel tanlash uchun yuqoridagi ko’rsatgichlarning talab etilgan miqdorini aniqlash lozim. Elektrodvigatelni quvvati yuritma mexanizmining etaklovchi validagi quvvatni ta’minlash bilan birgalikda yuritmani foydali ish koeffistientini xarakterlovchi yuritma qismlaridagi ishqalanish hisobiga yo’qolgan quvvatni qoplash kerak. Elektrodvigatel aylanishlar takroriyligi kinematik sxemaning oxirgi validagi berilgan aylanishlar takroriyligini ta’minlash kerak.
Biroq yuritmaning birinchi pog’onasida tasmali uzatma ishlatilsa, bu uzatma uchun uzatma aylana tezlik cheklangan bo’lganligi uchun (υ≤30 m/s) elektrodvigatel aylanishlar takroriyligi n=3000 min – 1 dan kichik bo’lganlarni tanlash lozimdir.
Masala.
Quyida XChI-KL – 09—01 ga doir ikki pog’onali yuritma uchun hisoblash tartibi berilgan. Bunda birinchi pog’onada ponasimon tasmali uzatma va ikkinchi pog’onada yopiq qiya tishli stilindrsimon uzatma qo’llangan.
Topshiriq XCHI-KL – 09—01
Yuritmaning kinematik hisobini bajarib, 2–chizmada berilgan sxemadagi lentali konveyerga elektrodvigatel tanlansin. Konveyer barabanining validagi quvvati P3 (yoki valni burovchi momentini T3), barabanning aylanish takroriyligi n3 (yoki burchak tezligi ω3). Topshiriqlar namunadagidek (2-rasm) alohida varoqada ta’svirlanishi lozim.
Lentali konveyer yuritmasining kinematik sxemasi.
1. Elektrodvigatel
2. Ponasimon tasmali uzatma
3. Reduktor
4. Mufta
5. Konveyer barabani
Hisoblash uchun berilgan qiymatlar:
P3 = 8,0 kVt,
n3 = 50 min – 1 (mustaqil topshiriq bo’yicha olinadi).
Topshiriqni oldi ________ guruh talabasi __________________
F. I. Sh.
Topshiriqni bergan o’qituvchi ___________________________
F. I. Sh
|
2-rasm. Topshiriqni rasmiylashtirish namunasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |