O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY nomidagi
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi:
№____________
«____»________2013 – yil.
|
«Tasdiqlayman»
Nizomiy nomidagi TDPU
rektori _______________
«____»____________2013 – yil.
|
Matematik va kompyuterli modellashtirish asoslari
ishchi o’quv fan dasturi
Bilim sohasi: 100000 –Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 –Pedagogika
Bakalavriat
yo’nalishi: 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi
Toshkent – 2013
Kafedra nomi: “Informatika va uni o’qitish metodikasi”
Tuzuvchilar:
Taqrizchilar:
Shodimetod Xolmat
|
Toshkent temir yo’l muxandislar instituti dosenti, «Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori
|
Sharipxo’jaeva Fotma
|
Nizomiy nomidagi TDPU «Informatika va uni o’qitish metodikasi» kafedrasi dosenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.
|
Ushbu ishchi o`quv fan dasturi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidan (“O’zstandart” Agentligi) 2013 yil 30 yanvarda OzDSt 2646:2013-raqami bilan ro’yxatdan o’tgan 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishining DTS hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17 noyabrdagi 467-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va № БД 5110700-4.01 raqam bilan ro`yxatga olingan «Ma’lumotlar va bilimlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari» o`quv fan dasturi asosida ishlab chiqildi.
Dastur Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan (2013- yil «___» _____________dagi ___sonli bayonnoma).
Kirish
Mazkur ishchi o`quv fan dasturi bakalavriat yo’nalishi: 5110700 – Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishida taxlil olayotgan talabalarning o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlari va unga qo’yiladigan talablar asosida tuzilgan bo’lib, bo’lajak fan o’qituvchisi egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmuini o’z ichiga oladi:
Matematik modellashtirish real ob’ekt yoki jarayonlarni o’rganishning eng samarali va universal tadqiqot usullaridan biri sifatida shakllandi. Shu sababli hozirgi kunda fan va texnika, xalq xo’jaligi va boshqa sohalarda uchraydigan ko’pgina amaliy masalalar matematik modellashtirish vositasida muvaffaqiyatli yechilmoqda. Real ob’ektlarning modellari, modellashtirish fan va texnikada har xil g’oya va gipotezalarni tekshirish, qayta ishlashda hamda eksperiment materiallari to’plashda allaqachonlardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ammo, ob’ekt va hodisalarning bevosita matematik modelini qurish yoki ularni modellashtirish jarayoni mutaxassislardan juda katta mehnat va malaka talab qiladi. Bu jarayon bir necha bosqichdan iborat bo’lib, unda sonli usullar modellashtirish jarayonida hosil bo’ladigan matematik masalalarni yechishda eng qudratli matematik vositalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega. O’ozirgi kunda fan-texnika taraqqiyoti va bu taraqqiyot asosida sodir bo’layotgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy sohalardagi rivojlanishni axborot texnologiyalari, shu jumladan kompyuterli texnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ushbu texnologiyalar yordamida biror bir masalani hal etishda modellashtirish usul va vositalari, ayniqsa matematik va kompyuterli modellashtirish usullari keng qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |