1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.
“Matematika va kompyuterli modellashtirish asoslari” fanini o’qitishdan maqsad - bakalavrlarda amaliy masalalarni hal etishda modellashtirish usul va vositalaridan foydalanish, hususan matematik va kompyuterli modellashtirish texnologiyalarini chuqur o’zlashtirib olish, ta’lim tizimiga oid ilmiy izlanishlarda ulardan unumli foydalana olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat.
Matematika va kompyuterli modellashtirish asoslari fanining vazifasi:
fizik, matematik va boshqa modellarni tuzish, formallashtirish, amaliy masalalar va ularni kompyuterda yechish, kompyuterda modellashtirish, hisoblash eksperimentni o’tkazish matematik modellarni yechish usullari, sonli usullar, kuzatish natijalarini qayta ishlash, matematik dasturlash, chiziqli dasturlash, kompyuterli modellashtirish texnologiyasi, kompyuterli modellashtirishning dasturiy vositalari, o’quv kompyuterli modellar, kompyuterli modellarni ishlab chiqish va ulardan o’quv jarayonida foydalanish va ulardan muayan foydalanish haqida ma’lumot berishdan iborat.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.
«Matematika va kompyuterli modellashtirish asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
model tushunchasi va uning turlari, fan va texnikada modellashtirish asoslari, fizik va matematik modellarining turlari, ularning formallashtirish yo’llari, modellarni qurishning asosiy tamoyillari va qossalari, amaliy masalalar va ularni kompyuterda yechish bosqichlari, matematik va axborotli modellashtirish tushunchalari, kompyuterli modellashtirish tushunchasi va bosqichlari, qisoblash eksperimenti tununchasi va uning etaplari, eksperiment natijalarining aniqliligi va ishonchliligi, modelning taqlil qilish asoslarini, matematik modellarni yechish usullari, sonli usullari, algebraik va transsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, vatarlar, urinmalar va iterasiya usullari, tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usullari, funksiyalarni interpolyasiyalash va yaqinlashtirish, sonli differensiallash va integrallash, kuzatish natijalarini qayta ishlash usullari, matematik dasturlash asoslari, chiziqli dasturlash masalasi va uni yechish usullari, kompyuterli modellashtirish texnologiyasi, kompyuterli modellashtirishning dasturiy vositalari, O’quv kompyuterli modellari, kompyuterli modellarni ishlab chiqish yo’llari va ulardan O’quv jarayonida foydalanish usullarini bilishlari kerak;
- fizik va matematik modellarini tuzish, ularning formallashtirish va ularni kompyuterda yechish, qisoblash eksperimentini o’tkazish, eksperiment natijalarining aniqliligi va ishonchliligi asoslash, modelni taqlil etish, matematik modellarni yechish, sonli usullaridan foydalanib algebraik va transsendent tenglamalarini yechish, tenglamalar sistemasini taqribiy yechish, funksiyalarni interpolyasiyalash va yaqinlashtirish, sonli differensiallash va integrallash, kuzatish natijalarini qayta ishlash, matematik dasturlash va chiziqli dasturlash masalalarini yechish, kompyuterli modellarni ishlab chiqish va ulardan o’quv jarayonida foydalanish bo’yicha etarlik ko’nikmalariga ega bo’lishlari kerak;
fizik va matematik modellarini yaratish, formallashtirish, amaliy masalalar va ularni kompyuterda yechish, qisoblash eksperimentini o’tkazish, eksperiment natijalarining aniqliligi va ishonchliligi asoslash, matematik modellarni yechish usullaridan foydalanish, sonli usullaridan foydalanish, matematik dasturlash va chiziqli dasturlash masalasini yechish usullari, kompyuterli modellashtirish texnologiyasi, kompyuterli modellashtirishning dasturiy vositalari va ulardan o’quv jarayonida foydalana olish malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |