Qisqichbaqasimonlarning filogeniyasi va kelib chiqishi. Qisqichbaqasimonlar bo‘g‘imoyoqli hayvonlarning eng qadimgi vakillari hisoblanadi. Ularning qazilma holdagilari kembriy davr yer qatlamlaridan topilgan.
Qisqichbaqasimonlarning oyoqlari halqali chuvalchanglar parapodiylarga xos bo‘lgan ayri shoxli. Jabra bilan nafas oluvchilar orasida tuban tuzilish belgilari jabraoyoqlilarda saqlanib qolgan. Ular tanasi gomonom bo‘g‘imlarga bo‘lingan, nerv sistemasi qorin nerv narvon tipida tuzilgan. Yuragi uzun naysimon, oyoqlari kalta ikki shoxli. Shunday tuban tuzilgan bo‘g‘imoyoqlilar turkum vakillarida ham uchraydi. Chig‘anoqli qisqichbaqasimonlar va jag‘oyoqlilar bo‘g‘imoyoqlilar evolyusiyasining ikkinchi yo‘nalishini tashkil etadi. Ularning tanasi kam miqdordagi bo‘g‘imlardan tuzilgan. Bu ikki turkum polimer halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Yuksak qisqichbaqasimonlar prof. Mavlonov, akademik Azimov ta’kidlashicha filogenetik jihatdan boshqa qisqichbaqasimonlarga qarindosh emas. Chunki ularda boshqa kenja sinf vakillariga nisbatan ham soddaroq tuzilgan belgilar (qorinoyoqlarning rivojlanganligi) ni ko‘rish mumkin.(15)
Yuksak qisqichbaqasimonlar boshqa kenja sinflari mustaqil ravishda qisqichbaqasimonlilarning eng dastlabki sodda tuzilgan ajdodlaridan kelib chiqqan.
Xelitseralilar bo‘g‘imoyoqlilarning ko‘proq quruqlikda yashovchi formalarini qamrab oladi. Ularning o‘ziga xos tuzilishi tubandagilardan iborat:
Tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Boshda olti juft oyoqlar bo‘lib, ulardan birinchisi ombursimon tuzilishda ya’ni xelitsera. Ikkinchi juft oyoqlar ozuqani ushlash vazifasini o‘taydi. Qolgan to‘rtta oyoq juft harakatlanish funksiyasini bajaradi.
Ko‘pchilik xelitseralilar qorinoyoqlarga ega emas.
Suvda yashaydiganlarning oyoqlarida jabra, ba’zilarida esa jinsiy va nafas olish organiga aylangan.
Xelitseralilarda jigar bor.
Ayirish organi bo‘lib buyraklar hisoblanadi. Xelitseralilarning buyragi qisqichbaqasimonlarning buyragiga gomologik emas. Ko‘pchilik quruqlikda yashovchi xelitseralilarda ayirish – malpigiy naylaridir. Nafas olish organi suvdagilarda jabra, quruqlikdagilarda esa o‘pka yoki traxeya. Mayda xelitseralilar teri orqali nafas oladi.
Sezgi organlari yaxshi rivojlanmagan. Ko‘zi oddiy, hid bilish, sezish hujayralar to‘plami orqali amalga oshadi. Bosh miyasi ko‘zni idora qiladigan oldingi bo‘lim xelitserani boshqaradigan keyingi bo‘limdan tashkil topgan.
Suvda yashaydiganlarda urug‘lanish tashqi, quruqlikdagilarda ichki. Rivojlanish metamorfozsiz. Xelitseralilar kenja bo‘limiga qilichdumlilar, qisqichbaqachayonlar, o‘rgimchaksimonlar sinfi kiradi.
Qilichdumlilarning lichinkasi trilobitlarga birmuncha o‘xshash. Qilichdumlilar paleozoyda keng tarqalgan, keyinchalik qirilib ketgan. Hozirgi davrda beshta turi qolgan.
Gigant qalqondorlar ya’ni qisqichbaqachayonlar paleozoy erasining silur, kembriy davr dengizlarda yashagan yirtqich bo‘lib, uzunligi 1,5 metrga yetgan. Tashqi ko‘rinishi chayonlarga o‘xshash.
Shu bilan birgalikda o‘rgimchaksimonlarning quruqlikda yashashga o‘tish jarayonida har bir turkumda o‘xshash evolyusion morfogenez ro‘y bergan. Tanani qoplovchi kutikula rivojlangan, jabra o‘rnida o‘pka yo traxeya paydo bo‘lgan, buyrak malpigi naylar bilan almashgan, qorin yaxlit holga kelgan, xelitseralar ham ixtisoslashib yurish oyoqlar shakllangan. Tashqi urug‘lanishdan ichki urug‘lanishga, metamorfozsiz, tirik tug‘ishga o‘tish, ba’zi o‘rimchaksimonlarda alohida bezlar va o‘rgimchak to‘ridan shaxsiy hayotda foydalanish paydo bo‘lgan.
Akarologiya fanining hozirgi zamondagi dalillariga ko‘ra rus olimi A.B. Lange taklif etgan xelitseralilar filogenitik yo‘nalishi tubandagicha. Suvda yashagan avlod xelitseralilardan dastlab qilichdumlilar va qisqichbaqachayonlar paydo bo‘lgan. Xelitseralilar evolyusiyasining keyingi bosqichi suvga yaqin nam joylarda yashashga moslashgan formalarni kelib chiqishiga olib kelgan.(32)
Qilichdumlilar suv muhitidan quruqlikda yashashga moslashaolmaganlar. Shu sababli hozirgi vaqtda xelitseralilar orasidagi suvda hayot kechiradigan yagona vakil qilichdumlilar hisoblanadi. Qisqichbaqachayonlarning ko‘pchiligi yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda qirilib ketgan. Ba’zilari o‘zgarib, quruqlikda yashovchi dastlabki chayonlarning kelib chiqishiga zamin yaratgan. Quruqlikka chiqqan xelitseralilarning turli-tuman vakillari o‘rgimchaksimonlar turkumiga birlashganlar.
Xelitseralilarning rivojini ikkinchi evolyusion bosqichi nam yerlarga tarqalishi bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda xelitseralilar quruqlikda yashashga unchalik moslashmagan holatda bo‘lganlar. Chunki kutikula hali o‘tkazmaslik xossasiga to‘liq ega bo‘lmagan, nafas olish organlari ajdod formalarning qorinoyoq jabralaridan hosil bo‘lgan o‘pkalar sanalgan. Evolyusiyaning bu darajadagi xelitseralilar vakillariga o‘rgimchaksimon-larning hozirgi vaqtdagi turkumlari bo‘lmish chayonlar, qiloyoqlilar, to‘rt o‘pkali o‘rgimchaklar, hamda qazilma holdagi ikki o‘pkali pichano‘rarlar, parazit ikki o‘pkali kanalarning eng qadimgi vakillari ham kiradi.
O‘rgimchaksimonlar evolyusiyasining uchinchi bosqichi quruqlikka yanada moslashish nam taqchil joylarda yashashga mos traxeya orqali nafas olishni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Quruqlikda yashashga bo‘lgan ixtisoslanish ikki o‘pkali va traxeyali o‘rgimchaklarda, pichano‘rarlarda, ko‘pchilik kanalarda yaxshi rivojlangan.
O‘rgimchaksimonlarning turli turkum vakillari polifiletik har xil ajdoddan kelib chiqqan degan qarash olimlar orasida keng tarqalgan.
Hasharotlar sinfi hozirgi zamon faunasida keng tarqalgan xilma-xil hayvonlar guruhi bo‘lib, bir milliondan ortiq turga ega. Qadimgi hasharotlarni suvdan quruqlikka chiqishi bilan yangi xossaga ega bo‘lganlar. Ularning ko‘krak sigmentidagi “teri” qoplag‘ichining burmasidan qanot hosil bo‘lib, hasharotlar havoga ko‘tarilgan. Bu esa ularni Yer yuzida keng tarqalishiga imkon bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |