So`rg`ichlilar tanasi bargsimon yassilashgan, sirti qalin kutikula bilan qoplangan parazit yassi chuvalchanglar. Voyaga yetgan so`rg`ichlilar tanasi sirtida kipriklar bo`lmaydi, og`iz va qorin so`rg`ichlari rivojlangan



Download 19 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi19 Kb.
#712429
Bog'liq
So`rg`ichlilar-WPS Office

So`rg`ichlilar tanasi bargsimon yassilashgan, sirti qalin kutikula bilan qoplangan parazit yassi chuvalchanglar. Voyaga yetgan so`rg`ichlilar tanasi sirtida kipriklar bo`lmaydi, og`iz va qorin so`rg`ichlari rivojlangan. Shu sababli ular so`rg`ichlilar deyilgan. Ularning hazm qilish, ayirish, nerv va jinsiy sistemasi rivojlangan. 5000 ga yaqin turi ma'lum. Bir qancha turlari yovvoyi va uy hayvonlari, shuningdek, baliqlar jigarida, ayrim turlari esa odam jigari va vena qon tomirida yashovchi xavfli parazitlar hisoblanadi.



Tuzilishi. Jigar qurti (Fasciola hepatica)ning tanasi bargsimon yassi bo`lib, uzunligi 3-5 sm keladi . U ko`pchilik sutemizuvchilar, jumladan, qo`y, sigir, ot, tuya, echki, kiyik, quyon, cho`chqa kabi uy hayvonlari, ko`pchilik yovvoyi hayvonlar va ba'zan odam jigarining o`t yo`llarida parazitlik qiladi. Parazitlik qilib yashash munosabati bilan jigar qurtida ikkita so`rg`ich rivojlangan. Ulardan biri tanasining oldingi uchida, ikkinchisi undan keyinroqda - qorin tomonida joylashgan. Ikkala so`rg`ich yordamida jigar qurti o`t yo`llariga yopishib oladi.
Jigar qurtining og`iz teshigi og`iz so`rg`ichining o`rtasida joylashgan. Og`zi qisqa halqum bilan tutashgan. Halqumdan ikki shoxli ichak boshlanadi. Ichakning har qaysi shoxi yana ko`p yon shoxlarga ajraladi. Shoxlarning uchi berk bo`lib, oziq qoldig`i og`iz teshigi orqali chiqib ketadi. Jigar qurti o`t suyuqligi va qon so`rib oziqlanadi. Uning ayirish, nerv va jinsiy sistemalari oq planariyanikiga o`xshash tuzilgan bo`ladi.
Rivojlanishi. Jigar qurti germafrodit hayvon. Uning urug`langan tuxumlari xo`jayin jigari o`t yo`llaridan ichakka va undan tezak bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Tuxumlar suvga tushganida ulardan mikroskopik
mayda mirasidiy lichinkasi chiqadi. Lichinkalar kipriklar bilan qoplangan bo`lib, suvda erkin suzib yuradi. Bunday lichinkalar chuchuk suv shillig`ini topib, uning tanasiga kirib oladi va kiprikchalarini tashlab, ikkinchi lichinkalik davri - rediyga aylanadi. Lichinkalar shilliq ichida rivojlanish bilan birga ko`paya boshlaydi. Bu davrda lichinka tanasida yana ko`p lichinkalar hosil bo`ladi. Bu lichinkalar dumli bo`lib, serkariy deb ataladi. Ular molluska tanasidan suvga chiqadi va birmuncha suzib yurgach, dumini tashlaydi, qalin qobiqqa o`ralib, sista hosil qiladi. Sistalar suv yuzasida qalqib yurishi yoki o`simliklarga yopishib olishi mumkin. Bunday sista suv yoki oziq bilan hayvonlarning ichagiga tushib qolganida uning qobig`i erib, lichinkalar ichak bo`shlig`iga chiqadi. Lichinka ichak devoridan qon orqali jigarga boradi va o`t yo`llariga yopishib, parazitlik qilishga o`tadi.
Shunday qilib, jigar qurti ikkita organizmda rivojlanadi. U jinsiy voyaga yetgan davrida turli chorva mollari va yovvoyi hayvonlar, ba'zan odam jigari o`t yo`llarida parazitlik qiladi. Shuning uchun odam va sutemizuvchi hayvonlar jigar qurtining asosiy xo`jayini hisoblanadi. Parazit lichinkasi suv shillig`i tanasida parazitlik qiladi. Suv shillig`i jigar qurtining oraliq xo`jayini bo`ladi.
Jigar qurti chorva mollari va uy hayvonlarida keng tarqalgan xavfli parazit hisoblanadi. Odam ham dalada ko`lmak suvlardan ichganida yoki yaylovdagi o`tlardan tatib ko`rganida unga jigar qurti yuqishi mumkin.
Tasmasimon chuvalchanglar tana shakli tasmaga o`xshash yassi va uzun bo`ladi. Tanasi bo`g`imlarga bo`lingan. Parazit hayot kechirishi tufayli ularning tuzilishi juda o`zgarib ketgan. Chunonchi, tanasining oldingi qismida xo`jayin ichagi devoriga yopishib olishga moslashgan har xil so`rg`ichlar va ilmoqchalar rivojlangan. Hazm qilish sistemasi yo`qolib ketgan. Ular tana yuzasi orqali xo`jayin ichagida hazm bo`lgan tayyor oziqni so`rib oladi. Jinsiy sistemasi juda kuchli rivojlangan bo`lib, har bir tana bo`g`imida takrorlanadi. Tasmasimon yassi chuvalchanglar odam va turli hayvonlarning ichki organlari va to`qimalarida parazitlik qiluvchi 3300 ga yaqin turni o`z ichiga oladi. Tipik vakili qoramol tasmasimoni hisoblanadi
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish